Zamonaviy kompyuterlarning apparat va dasturiy ta’minoti. 2-Ma’ruza: zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi


Ma’lumotlarni saqlash: bit va bayt. Kompyuter portlari va razyomlari (ulagichlari)


Download 37.01 Kb.
bet12/13
Sana13.09.2023
Hajmi37.01 Kb.
#1677421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish chiqarish qurilmalari-fayllar.org

Ma’lumotlarni saqlash: bit va bayt. Kompyuter portlari va razyomlari (ulagichlari).
Kiritish-chiqarish portlari – shaxsiy kompyuterning tizim interfeysiga qarashli joylar bo’lib, mikroprostessor ayni shu nuqtalar orqali boshqa qurilmalar bilan axborot almashinadi.Mikroprostessorda jami 65536 ta portlar bo’lishi mumkin. Har bir port, xotira uyasining manziliga mos keluvchi manzilga, ya’ni port raqamiga ega. Ushbu manzil (port raqami) asosiy xotira qurilmasining bir bo’lagi emas, balki kiritish-chiqarish qurilmasining ushbu portdan foydalanuvchi qismi sanaladi.Barcha qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari shinagategishli ajratkichlar (slotlar) orqali bevosita yoki maxsus kontrollerlar (adapterlar)
Tashqi qurilmalar kompyuterga kiritish-chiqarish portlari deb nomlanadigan maxsus ajratkichlar orqali ulanadi. Ushbu portlar esa, o’z navbatida, parallel va ketma-ket turlarga bo’linadi.
LPT1 – LPT4 ko’rinishida belgilanadigan parallel kiritish-chiqarish portlari, odatda, kompyuterga turli printerlarni ulash uchun xizmat qiladi.
SOM1 – COM4 ko’rinishida belgilanadigan ketma-ket kiritish-chiqarish portlarga esa sichqon, modem va shu kabi boshqa qurilmalar ulanadi.
Portlar. Portlar kompyuter sistema blokining orqa tomonida joylashtirilgan bo’ladi. Ular kompyuterga monitor, klaviatura, "cichqoncha", printer, skanerlarni ulash moslamalaridir. Portlar maxsus o’lchamdagi "tuynuk"chalar ko’rinishida bo’ladi.
Parallel portlar (PS/2). Bu portlarga sichqoncha va klaviatura ulanadi. "Cichqoncha" ulanadigan PS/2 porti yashil, klaviaturaniki esa siyoh rangida bo’ladi. Bu tezkor portlarda signallar ikki yo’nalishda 8 ta parallel yo’llar orqali uzatiladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 800 Kbit/sek dan 16 Mbit/sek gacha boradi. Parallel portlar sxemalarda LP1, LP2 v.h. nomlar bilan belgilanadi.
Ketma-ket portlar. Bu portlarda ma’lumotlar vaqtning har bir momentida faqat bir yo’nalishga qarab uzatiladi. Bu vaqtda ma’lumotlar ketma-ket tartibda dastavval bir tomonga, so’ngra ikkinchi tomonga uzatiladi. Bu portlarga ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni talab qilmaydigan - klaviatura, "cichqoncha" va modem kabi qurilmalar ulanadi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 115 Kbit/sek. Bu portlar sxemalarda COMk1, COMk1 v.h. nomlar bilan belgilanadi.
USB porti. Bu universal ketma-ket keluvchi port bo’lib, u foydalanuvchilarga kompyuterning istalgan qurilmalarini ulash imkoniyatini beradi. USB portining ma’lumotlarni uzatish tezligi 1,1-12 Mbit/sek. ni tashkil qiladi.
AT/MIDI porti. Bu portga raqamli musiqa asboblari (musiqa klaviaturasi va sintezator) ulanadi.
Fire Wire porti. Bu portning ma’lumotlarni uzatish tezligi 400 Mbit/sek. ni tashkil qiladi. Bu port kompyuterga video qurilmalarni ulash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari katta hajmdagi axborotlarni tez uzatish talab qiladigan qurilmalarni masalan, tashqi qattiq disklardan foydalanishda yuqori samara beradi.
Bu portlarning stol kompyuterlari uchun 6 kontaktli, noutbuk kompyuterlarda o’rnatiladigan 4 kontaktli tiplari mavjud.

Download 37.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling