“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
161
Milliy markazlar bazasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik tafakkurini
shakllantirishda
ta’lim va tarbiya jarayonining uzluksizligi, davomiyligi, maqsadli tashkil qilinishi, kompleksliligi,
fuqarolik ta’limining davlat ta’lim standartlari bilan muvofiqlashuvi, ularning barchisi fuqarolik jamiyati
institutlarining pedagogik faoliyatiga integratsiya qilinganligi,
jamiyatda tolerantlik, millatlararo totuvlik va
diniy bag‘rikenglik muhitining mavjudligi kabi omillarga aloqador tarzda rivojlanadi. Mazkur
pedagogik
shart-sharoitlarda belgilangan maqsadni amalga oshirishda, ta’lim jarayoni xususiyatlari va metodlarini
nazarga olgan holda, ularning bir-birining mazmunini to‘ldirishini nazarga olish darkordir. Masalan,
mazkur
jarayonda fuqarolik jamiyati institutlari, oila, ta’lim tizimi, mahalla integratsiyasini oladigan bo‘lsak,
mahalla
faoliyatiga tortilganlik orqali bola turli inqirozli vaziyatlar yechimini ko‘radi, mahalladagi tadbirlar orqali
bolaning ilmiy bilimlari rang-barang hayotiy voqealar bilan boyitiladi, bola
pedagogik mazmunning turli
qirralarini turli hayotiy vaziyatlar asosida o‘rganish va qabul qilish, muhimi o‘zi
mustaqil xulosalar va
qarorlar qilishga o‘rganadi. Bu vaziyatlarni quyidagi jadval orqali ham ko‘rsa bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: