Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”


Download 3.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/270
Sana28.10.2023
Hajmi3.48 Mb.
#1732433
TuriСборник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   270
Bog'liq
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
22
Hakim at-Termiziy ota-onasining yolg‘iz farzandi bo‘lib, 27 yoshida do‘stlari bilan Bag‘dodga o‘z 
ilmini mukamallashtirish maqsadida safarga otlanadi. Lekin onasining betobligi tufayli uni tashlab keta 
olmaydi. Manbalarda uning oilaparvar va insoniylik xususiyatlari, oltita farzandi, fozila va oqila ayoli haqida 
ma’lumotlar keltirilgan
6
.
Abu Nasr Forobiy (873-950) O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkiri, islom falsafasining yirik vakili, 
insonparvarlik va axloq ta’limotini yaratgan allomadir. Faylasufning falsafiy, ijtimoiy, siyosiy, axloqiy 
qarashlarida insonparvarlik ruhi sezilib turadi. Ayniqsa, uning “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv 
haqida”, “Fuqarolik siyosati”, “Buyuk kishilarning naqllari”, “Baxt-saodatga erishuv yo‘llari haqida risola” 
kabi asarlarida insonparvarlik haqida qimmatli fikrlarni ilgari surgan.
Forobiy ta’lim faqat so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshirilishini 
aytadi va tarbiyani har bir xalq, millatning amaliy malakalaridan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga 
o‘rganishdan iborat, deb hisoblaydi.
“Baxt-saodatga erishishning birdan bir yo‘li barcha ezgu ishlarni xayrli niyatlar ila bajarish, fazilatli 
amallarga tayanish barobarida razolat va baxtsizlik kelib chiqarish mumkin bo‘lgan ishlardan o‘zini tiya 
bilishidir”
7
, – deydi mutafakkir.
Abu-l-Lays as-Samarqandiy (911-985) fiqh ilmida yuksak martabaga erishgan alloma bo‘lib, u ma’rifatli 
oilada tavallud topgan. Uni ilmga bo‘lgan qiziqishini dastlab otasi uyg‘otgan. Abu-l-Lays avlodlari ham 
ilm ahillaridan tashkil topgan. Oiladagi ilmiy muhit uni kelajakda 30 dan ortiq islom ilmlarining barchasini 
o‘zida qamrab olgan fiqh, tafsir, hadis, zuhd bo‘yicha asarlar yaratishiga zamin bo‘lib xizmat qilgan
8
.
Ibn Sino ta’lim-tarbiya va axloqqa oid “Tadbir al-manozil” (“Turar joyni boshqarish choralari”), “Risola 
fi ilm al-axloq” (“Axloqqa oid risola”), “Risola fi al-ahd” (“Burch haqida risola”), “Risola fi tazkiyat an-nafs” 
(“Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola”), “Siyosat al-badan” (“Badanni boshqarish”), “Kitob al-ansof” 
(“Adolat haqida kitob”). “Al-urjuza fit-tibb” (“Tibbiy urjuza”) asarlari mavjud.
Ibn Sinoning “Axloq haqida risola” asarining qo‘l yozmalaridan biri O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi 
Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutining kitob fondida mavjud bo‘lib, bu asar 1908-yili 
Misrda Ibn Sinoning “Hikmat va tabiatga oid to‘qqiz risolasi” kitobi ichida (152-156-betlar) nashr qilingan. 
Ibn Sino o‘zining “Axloq haqidagi risola”sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha’n, qadr-qimmat
qanoat, saxiylik, g‘ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo‘lish, ochiqlik, 
vijdonlilik, do‘stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma’naviyatining toifalariga 
ta’rif berib chiqadi. Masalan, 

Download 3.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling