Zardushtiylik mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi mavzu: Zardushtiylik Darsning texnologik xaritasi


-topshiriq. Ushbu xalqlar qayerlarda yashagan?


Download 0.69 Mb.
bet4/5
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366953
1   2   3   4   5
Bog'liq
Zardushtiylik DARS ISHLANMA

3-topshiriq. Ushbu xalqlar qayerlarda yashagan? O’quvchilar hududini yozishadi
Sug’diyona –
Xorazm –
Baqtriya –
Massagetlar –
saka-tigraxauda -
saka-tiay-taradarayya -
saka-xaumovarka -


4-topshiriq. Qadimgi shaharlar yurtimizning qaysi hududlarida joylashgan edi
Afrosiyob -
Yerqo‘rg‘on –
Uzunqir -
Ko‘zaliqir -
Qiziltepa -


5-topshiriq. Aqliy hujum : tezkor savol – javob. Bunda guruhlardagi o’quvchilar tezkor javob orqali guruhiga ball olib berishadi
1. Qadimgi Baqtriya davlati qachon tashkil topgan? –
mil.avv. VII asrda;
2. Mil.avv. VII asrda Marg`iyona va So`g`diyona qayerning madaniy ta’siri ostida bo`lgan? –
Baqtriyaning;
3. Qadimgi Xorazmda qaysi sohalar yuksak darajada rivojlangan? -
hunamandchilik, binokorlik va savdo-sotiq;
4. Qadimiy Afrosiyob shahriga qachon asos solingan? –
mil.avv. VIII-VII asrlarda;
5. Nimaning natijasida mil.avv. VII-VI asrlarda qadimgi shaharlar rivojlangan? –
hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida;


III.Yangi dars mavzusini tushuntirish:
Yangi mavzu bayoni quyidagi reja asosida kichik ma'ruza shaklida (aqliy hujum asosida) tushuntiradi.
Ma'ruza rejasi:.




Mitra

Anaxita

Axriman

Ea




+




Shamash

+







Set







+

Ishtar




+




Amon – Ra

+







Apis

+

+




Xapi




+





Mil. avv. 1- ming yillikda O‘rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. Bu din hali odamlar tabiatni ilohiylashtirgan kezlarda kurtak yoza boshlagan edi. Zardushtiylar olov, tuproq, suv va yulduzlarga sig‘inishgan, ularni muqaddas hisoblashgan. «Zardushtiylik» so‘zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. U mil. avv. 1-ming yillikning birinchi yarmida yashab o‘tgan tarixiy shaxs. Keyinroq Yunonistonda Zardushtning ismi «Zoroastr» shaklida jaranglaydi (yunoncha «astron» – «yulduz»), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, munajjim sifatida bilishgan.


Zardushtiylik paydo bo‘lishi haqida shunday bir afsona bor. Bir kuni erta tongda Zardusht suv olish uchun daryo bo‘yiga boribdi. Zilol suvda u Ahuramazda elchilaridan birining siymosini ko‘rib qolibdi, siymo nur bilan qaysi tomonga borishga yo‘l ko‘rsatibdi. Zardusht sehrli nur izidan ergashibdi, ko‘p o‘tmay oliy iloh Ahuramazda qarshisiga borib qolibdi. Ahuramazda xudosi uning ezgu amallari haqidagi bilimlarni tarqatish uchun Zardishtni tanlaganini ma’lum qilibdi. Shu tarzda Zardusht 30 yoshida yangi diniy ta’limot payg‘ambariga aylangan. «Payg‘ambar» so‘zining o‘zi esa «ezgu amallar haqida xabar beruvchi» ma’nosini anglatadi.
Zardushtiylik tarqala boshlagan paytlarda ibodatxonalar va odamlar duo matnlarini o‘rganishi uchun maxsus kitoblar ham bo‘lmagan. Diniy marosimlar ochiq osmon ostida, gulxan yonida yoki uydagi o‘choq olovi atrofi da o‘tkazilgan. Avval turli qabilalarni istilochilarga qarshi kurashga birlashtirish uchun Zardusht ularni birlikka da’vat qilgan.
Zardushtning so‘nggi va’zlari din xizmatchilari – kohinlar tomonidan yozib olingan. Zardushtiylik kohinlari diniy matnlarni yod olib, dindorlarga o‘qib berishgan. Zardushtning vafotidan keyin bir necha asrlar o‘tgach, barcha dini marosimlar, madhiyalar va duolar zardushtiylar uchun muqaddas bo‘lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi «Avesto» bo‘lib, «qat’iy belgilangan qonun-qoidalar degan ma’noni anglatadi. «Avesto»ning ilk qismi mil. avv. IX – VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi mil avv. III asrda 21 ta kitobda jamlangan, bu kitoblar «Avesto» asosini tashkil etgan edi. «Avesto» matnlariga sharh esa «Zand» deb yuritiladi.
Olimlarning izlanishlari tufayli bugungi kunda biz zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto» matnlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Fransuz olimi A.Dyuperronilk marotaba «Avesto»ning alohida qismlarini tarjima qilgan.
Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramazda zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra – Quyosh va yorug‘lik xudosidir. O‘tli chaqmoqlar yordamida u yovuzlik va o‘lim xudosi bo‘lmish Ahrimanbilan jang qiladi. Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi qarashlari takomiliga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Zardushtiylar umrining tub ma’nosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amaldan iborat bo‘lgan. Insonning asosiy burchi eng avvalo adolatli turmush tarzi hisoblangan.




  1. Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling