Zarur adabiyotlar va jihozlar: N. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov. Menejment (o’quv qo’llanma). T.: «Tafakkur-bo‘stoni»


BOSHQARUVNING ASOSIY USULLARI. BOSHQARUV VA QAROR QABUL QILISH JARAYONLARI


Download 91.02 Kb.
bet4/11
Sana17.06.2023
Hajmi91.02 Kb.
#1529145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

BOSHQARUVNING ASOSIY USULLARI. BOSHQARUV VA QAROR QABUL QILISH JARAYONLARI


Bu harajatlar va natijalarni muayyan solishtirish yordamida ijrochilarga ta’sir ko‘rsatish usul va uslublaridir (moddiy rag‘batlantirish va jarimalar, moliyalashtirish va kreditlash, ish haqi, tannarx, foyda, narx). Bunda jarayon ishtirokchisi o‘zining shaxsiy manfaatlaridan tashqari jamiyatning manfaatlari, guruh manfaatlarini ham ko‘zlab ish tutishini hisobga olish kerak.


Bu yerda boshqaruvning asosiy usullari sifatida ijrochining faoliyat natijalari bilan maksimal darajada bog‘liq bo‘lishi lozim bo‘lgan mukofotlash va ish haqi tizimi namoyon bo‘ladi. Menejer mehnatiga haq to‘lashni uning javobgarlik sohasidagi faoliyati natijalari yoki butun tashkilot faoliyati natijalari bilan bog‘lash maqsadga muvofiq.
Boshqaruvning tashkiliy-idora usullari. Bu usullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish usullari bo‘lib, majburiy, buyruq harakteriga ega hisoblanadi. Ular intizo’l, javobgarlik, hokimlik va majbur qilishga asoslanadi.
Tashkiliy usullar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
- tashkiliy loyihalashtirish,
- reglament belgilash,
- bir me’yorga keltirish.
Bunda bajaruvchi muayyan shaxslar va muayyan bajarish muddatlari ko‘rsatilmaydi.
Idora usullarida (buyruq, ko‘rsatma, instruktaj) muayyan bajaruvchilar va bajarish muddatlari ko‘rsatiladi.
Tashkiliy usullar namunaviy vaziyatlarga, idora usullari esa ko‘proq muayyan vaziyatlarga asoslanadi. Odatda idora usullari tashkiliy usullarga asoslanadi.
Tashkiliy reglament belgilashning mohiyati bajarish uchun majburiy bo‘lgan hamda tashkiliy faoliyatning mazmuni va tartibini belgilab beruvchi qoidalarni (korxona haqidagi qoidalar, tashkilot nizo’li, firmadagi ichki standartlar, qoidalar, yo‘riqno’lalar, rejalashtirish va hisobga olish qoidalari va hokazo).
Tashkiliy bir me’yorga solish tashkilot faoliyat jarayonlarida resurslar harajatlari me’yor va normativlarini qamrab oladi.
Reglament belgilash va bir me’yorga solish yangi va faoliyat ko‘rsatayotgan firmalarni tashkiliy loyihalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Idora usullari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- buyruq,
- qaror,
- farmoyish,
- instruktaj,
- ko’landa,
- tavsiya.
Ishlab chiqarishni boshqarish ishlab chiqarish jarayonidagi tashkiliy, mulkiy, mehnat va boshqa munosabatlarga taalluqli bo‘lgan huquqiy me’yorlar aosida amalga oshiriladi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari. Boshqaruv jarayoni ishtirokchilari odamlar bo‘lishi sababli ijtimoiy munosabatlar va ularni aks ettiruvchi mos keluvchi boshqaruv usullarining ahamiyati katta bo‘lib, ular boshqaruvning boshqa usullari bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi.
Ular qatoriga quyidagialrni kiritish mumkin:
- axloqiy rag‘batlantirish,
- ijtimoiy rejalashtirish,
- ko‘ndirish,
- ishontirish,
- shaxsiy namuna,
- shaxslararo va guruhlararo munosabatlarni tartibga solish,
- jamoada axloqiy muhit yaratish va qo‘llab-quvvatlash.

Download 91.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling