Zarur adabiyotlar va jihozlar: N. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov. Menejment (o’quv qo’llanma). T.: «Tafakkur-bo‘stoni»
Download 91.02 Kb.
|
4.2. Boshqaruv jarayonining mazmuniBoshqaruv jarayoni ma’lum bir tizimga birlashtirilgan bosharuv subyektlari tizimi bo‘lib, boshqaruv usullaridan foydalangan holda belgilangan funksiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan tashkilotning maqsadlariga erishishga yo‘naltiriladi. Qoidaga ko‘ra, tashkilotni boshqarish usullari juda rangba-rang, ko‘p o‘lchamli va murakkab strukturaga ega bo‘ladi (ko‘p sonli bosqichlardan iborat bo‘ladi). Umumiy ma’noda boshqaruv jarayoni boshqaruv sikllariga birlashuvchi umumiy boshqaruv funksiyalaridan iborat. Boshqaruv jarayonida qarornig o‘rni. Qaror bu butun boshqaruv jarayonining asosini tashkil qiladi. Aytish mumkinki, menejer kasbining mohiyati qaror qabul qilishdan iborat. Bu tushuncha keng ma’noda qarorni tayyorlashni (rejalashtirish) qamrab olsa, tor ma’noda muqobil variantlar to‘plamni anglatadi. Istiqbolli rejalashtirish doirasida asosiy qarorlar (nima qilish kerak?) qabul qilinadi, keyin esa joriy rejalashtirish, tashkil qilish, motivatsiyalag, tartibga solish, muvofiqlashtirish va rejalarni o‘zgartirish jarayonida tor ma’noli qarorlar (qanday qilib?) qabul qilinadi. Amaliyotda qaror qabul qilish muammosi vaqtning kutib turmasligi, qaror qabul qilish uchun axborot yoki malakaning etishmasligi, usullarning ishonchli emasligi, menejerlarning kundalik ishlarga moyilligi, qaror qabul qiluvchi shaxslar o‘rtasidagi ziddiyatlar tufayli o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Boshqaruv jarayonida qabul qilinuvchi barcha qarorlarni ko‘plab belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: - qaror obyekti bo‘yicha (asosiy strukturaviy yoki vaziyatli maqsad yoki vositalarga yo‘naltirilgan); - boshlang‘ich axborotning ishonchliligi bo‘yicha (ishonchli, riskli va ishonchsiz axborot asosida); - amal qilish muddati bo‘yicha (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli); - rejalashtirish ierarxiyasi bilan aloqa bo‘yicha (strategik, taktik, operativ); - takrorlanish tezligi bo‘yicha (tasodifiy, takrorlanuvchan, kundalik); - ishlab chiqarish miqyosi bo‘yicha (butun tashkilot uchun, tor ixtisoslashgan); - qabul qilish jarayonidagi qarorlar soni bo‘yicha (statik, dinamik, bir va ko‘p pog‘onali); - LPR (bir kishi to’lonidan, guruh bo‘lib, menejerlar to’lonidan, ijrochilar to’lonidan); - ma’lumotlar o‘zgarishini hisobga olish bo‘yicha (qat’iy, moslashuvchan); - mustaqillik darajasi bo‘yicha (avtono’l, bir-birini to‘ldiruvchi); - murakkabligi bo‘yicha (oddiy va murakkab). Firmalar menejerlari to’lonidan qabul qilinuvchi eng tipik qarorlarni quyidagicha tasniflash mumkin (1983 yilda Germaniyada o‘tkazilgan tadqiqotlar): - vaziyatli, kundalik, idoraga oid qarorlar; - o‘rtacha murakkablikdagi qarorlar (faoliyat sohasidagi joriy aniqlashtirishlar, stress ostida va vaqt kamligida qabul qilingan qarorlar, istisno holatdagi qarorlar); - innovatsion va belgilab beruvchi qarorlar. Download 91.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling