Zarur adabiyotlar va jihozlar: N. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov. Menejment (o’quv qo’llanma). T.: «Tafakkur-bo‘stoni»
Download 91.02 Kb.
|
Xulosa
M e n e j m e n t - bu h amma menejment tizimlarining uzluksiz faoliyat ko'rsatishi jarayoni. Bu boshqaruv apparati xodimlarining ish jarayoni. Menejment jarayoni uzluksiz amalga oshiriladi. Menejment funksiyasi deganda boshqaruvga doir ma’lum masalani yechishga yo'naltirilgan bir turli ishlar yig'indisi tushuniladi. Menejment jarayonlarining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini aniqlaydi. Bozor munosabatlarining shakllanishi ishlab chiqarish va menejment funksiyalarini o ‘rganishni talab qiladi. Menejment funksiyasini tako’lillash tirish - bu to’l ma’noda ijodiy jarayon, aniq holatlar hisobini olish. TASHKILOTLAR VA ULARNING ICHKI, TASHQI MUHITIBiz menejmentni o‘rganishni uning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan tashkilot tushunchasini o‘rganishdan boshlaymiz. “Tashkilot” degani nima va nima uchun tashkilotni boshqarish kerak? Tashkilot — bu umumiy maqsadga ega bo’lgan odamlar guruhi. Tashkilot deb hisoblanishi uchun guruh quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1. Guruhda hech bo’lmaganda o‘zini guruh a’zosi deb hisoblaydigan kamida ikki kishining mavjudligi. 2. Guruhning barcha a’zolari uchun umumiy hisoblangan hech bo’lmaganda bir maqsadning (ko‘zda tutilgan natija) mavjudligi. 3. Hamma uchun ahamiyatga ega bo’lgan maqsadga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarining borligi. Bu fikrlami birlashtirib, biz quyidagi muhim ta’rifga ega bo’lamiz: tashkilot — bu umumiy maqsad yoki maqsadlarga erishish uchun faoliyatini ongli ravishda muvofiqlashtiradigan odamlar guruhi. Yuqoridagi ta’rif rasmiy tashkilotlar uchun to‘g‘ridir. Rasmiy tashkilotlardan tashqari norasmiy tashkilotlar ham mavjud. Ular o‘z-o‘zidan paydo bo’ladi. Norasmiy tashkilotlar barcha rasmiy tashkilotlar ichida bo’ladi va ularning rahbari bo’lmasa ham, kata ahamiyatga ega. Norasmiy tashkilotlar haqida keyingi mavzularda batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Tashkilot deganda esa, faqat rasmiy tashkilot nazarda tutiladi. Har qanday tashkilot guruhning barcha a’zolarini qiziqtiradigan hech bo’lmaganda bitta umumiy maqsadga ega bo’ladi. Murakkab tashkilotlar o‘zaro uzviy bog’liq va bir-birini qo’llab-quvvatlovchi bir qancha maqsadga ega. Hamma murakkab tashkilotlar umumiy xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar muvaffaqiyatga erishish uchun tashkilotni boshqarish zarurligini tushunishga yordam beradi. Download 91.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling