Zavqiddin ivadullayev etnologiya fanidan amaliyot hisoboti bajardi: zavqiddin ivadullayev


Download 98.51 Kb.
bet1/6
Sana06.09.2023
Hajmi98.51 Kb.
#1673534
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZAVQIDDIN IVADULLAYEV




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM
VAZIRLIGI



MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI

TARIX FAKULTETI
TARIX(sirtqi) 2-KURS TALABASI
ZAVQIDDIN IVADULLAYEV

ETNOLOGIYA
FANIDAN AMALIYOT
HISOBOTI
BAJARDI: ZAVQIDDIN IVADULLAYEV
TASHKENT-2023
Kirish

  1. Samarqand vohasining arxeologik urganilishi tarixi.

  2. Samarqand vohasi tarixi yozma manbalarda.

  3. Voha tarixini yoritishda arxeologiya materiallarining o`rni.

Xulosa.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro`yxati.


KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqil respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini, shuningdek boshqa xalqlar tarixini haqqoniy va to`laqonli o`rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov respublikamizning etakchi tarixchi olimlari bilan o`tkazgan uchrashuvida va boshqa mazkur soha bilan bofliq yifilishlarda bir necha marta ta`kidlab o`tgan1. Shuningdek, bu vazifalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida ham o`z aksini topgan2.
Yaqindagina O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati «Arxeologiya merosi ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`frisida»gi Qonunni ma`qulladi. Bu qonun amaldagi «Madaniy meros ob`ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`frisida»gi qonun bilan hamohangdir, chunki arxeologiya merosi ham madaniy merosimizning bir qismi. Lekin madaniy meros – bu juda keng tushuncha va u O`zbekistonning qadimiy arxeologik va me`moriy obidalari, muzeylarda saqlanyotgan yuzlab turdagi noyob topilmalar, qadimiy kitoblar va boshqa yozma yodgorliklar, barcha-barchasini qamrab oladi. Yangi qonun madaniy merosimizning alohida bir qismi, O`zbekistonning katta va bebaho milliy mulki – uning betakror arxeologik yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga qaratilgan.
O`zbekistonning arxeologiya merosi va undan foydalanish keyingi yillarda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. O`zbek davlatchiligi tarixini o`rganishda arxeologiya yodgorliklari bosh omil bo`lib xizmat qilganligi barchaga ma`lum. Keyingi yillarda mamlakatimizning Termiz, Buxoro, Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700, Marfilon shahrining 2000, Samarqand shahrining 2750 va Toshkent shahrining 2200 yilligi sanalari bu qadimiy shaharlar xarobalari bo`lgan arxeologiya yodgorliklarda olib borilgan uzoq yillik murakkab arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
Mavzuning o`rganilish darajasi. “Mustaqillik yillarida bosib o`tgan va to`plagan tajribamizni xolisona baholash,qo`lga kiritilgan yuksak marralarimizni tahlil etish mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo`yicha biz tanlagan modelning naqadar to`fri ekanini va shu yo`ldan bo`ndan bo`yon ham ofishmay qat`iyat bilan borishimiz zarurligini yaqqol ko`rsatmoqda”3.Samarqand tarixini o`rganish dastlab Akram Asqarov,Mirza Abdulla Buxoriy,Abu Said Maxsum kabi qiziquvchi,usha davrning ziyoli kishilaridan boshlangan.Masalan, Akram Asqarov N.I.Veselovskiyga Afrasiyobni va atrofdagi yodgorliklarni o`rganishda yaqindan yordam bergan.1887 yilda “Rus arxeologiya jamiyati”Akrom Asqarovni “Arxeologiya rivojiga qo`shgan xissasi uchun” kichik kumush medali bilan taqdirlaydi.Samarqandlik hattot o`fli Abu Said Mahsum shaxsan sharqshunos V.V.Bartold bilan hamkorlik qilgan.Uning yordamida Guri-Amir va Shoxi-Zinda maqbaralari yozuvlaridan nusxa ko`chirilgan.XX asrning birinchi o`n yilligi oxirlarida V.L.Vyatkin rahbarligida Ulufbek rasadxonasi qoldiqlari topildi.AbuSaid Mahsum V.L.Vyatkinga rasadxona joylashgan tepalikni aniq ko`rsatib bergan. Abu Said Mahsum V.L.Vyatkin bilan birga Afrasiyobning qazish ishlarida umrining oxirigacha qatnashgan. 1895 yil Toshkentda V.V.Bartold tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiston arxeologiyasi xavaskorlari to`garagi ham o`lkani o`rganishda mo`ayyan hissa qo`shgan ilmiy jamoatchilik tashkiloti sifatida tarixda qolgan. Ma`lumki Turkiston xalqlari qadim tarixini o`rganish bilan dastlab o`z davrining taniqli nsonlari olimlari sharqshunoslari,qadimshunoslari N.P.Ostroumov, V.L.Vyatkin, A.A.SemyonovV.V.Bartold, N.I.Veselovskiy, M.SAndreev, A.A.Divaev, N.S.Likoshin, N.G.Mallistkiy kabi atoqli olimlar shufillanganlar. V.L.Vyatkin Afrasiyob shaxar xarobasini (1925.1929.1930) urgandi.Samarqand shaxrini o`rganishda Urta Osiyo Davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi ( 1940 yildan,keyinchalik TashGU,(O`zMU), O`zFA Arxeologiya instituti olimlarining ham hissasi doimiy ravishdagi ishlari juda kattadir.Ushbu dargoh B.A.Litvinskiy,V.M.Masson,V.I.Sarinidi,Yu.F.Buryakov,E.V.Rtveladze,B.D.Kochnev,R.H.Suleymanov,A.A.Sagdullaev,S.B.Lunina,A.A.Asqarov,T.Mirsoatov,A.Muhammadjonov,O`.Islomov,M.Qosimov,M.Juraqulov,A.Abduhamidov,M.Isoqov,M.H.Isamiddinov va boshqa etuk olimlarni etishtirib berdi.
Bugungi kunda ham Samarqand shahri va uning atrofidagi yodgorliklaridan topilgan noyob me`morchilik inshootlari va san`at asarlari namunalarini o`rganish va tadqiq etish davom etmoqda.


Download 98.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling