Zavqiddin ivadullayev etnologiya fanidan amaliyot hisoboti bajardi: zavqiddin ivadullayev


II. Bob. Mustaqillik yillarida Samarqand vohasida olib borilgan yangi arxeologik tadqiqotlar


Download 98.51 Kb.
bet4/6
Sana06.09.2023
Hajmi98.51 Kb.
#1673534
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZAVQIDDIN IVADULLAYEV

II. Bob. Mustaqillik yillarida Samarqand vohasida olib borilgan yangi arxeologik tadqiqotlar.
2.1. Afrosiyob-Samarqand tarixini yoritishda asosiy maskan.

Ko`plab horijiy olimlar tomonidan «Markaziy Osiyoning yuragi» deb atalgan Sug`d – Sug`diyona o`lkasining qadimiy tarixiga e`tibor mustaqillik yillarida yanada kuchaydi. Markaziy Osiyoning qadimiy shaharsozlik madaniyati beshiklaridan hisoblangan bu yurtda bir vaqtda to`rtta shahar paydo bo`lgan va gullab yashnagan. Aynan mana shu shaharlar tarixi yurtimizning shaharsozlik madaniyati va davlatchiligi tarixining shonli bosqichini namoyon etadilar. Bular Marakanda, Basileya, Ko`k-tepa va Kish shaharlaridir. Bu maqola ushbu shaharlar to`g`risida, ularning xarobalari bizning kunlargacha qaysi arxeologik yodgorliklar ko`rinishida yetib kelganlar va ularning tarixi qay darajada o`rganilganligii xususida.


Bu jarangdor nomlar hozirgi zamon tillari va tovushlari nUqtai - nazaridan qaralganda yevropacha atamalarga o`xshab ketsada, ular bizning o`lkamizda bir paytlar muomilada bo`lgan qadimiy mahalliy tillarda nomlanganlar. Bu shaharlar nomlari etimologiyasi deyarli noma`lum.
Marakanda. Samarqandning qadimiy nomi sug`d tilida «Smarakansa», «Smarakanda» atamalari bilan yuritilgan va ko`plab tadqiqotchilarning fikrlariga ko`ra bu atamalar «uchrashuv, yig`ilish joyi» degan ma`noni beradi. Marakanda nomi esa yurtimizni bosib olgan Aleksandr Makedonskiy – Iskandar Zulqarnayn armiyasi bilan birga bu tuproqqa qadam bosgan yunon tarixchilari asarlarida, bu yurtda kechgan turli-tuman tarixiy voqeliklarni hikoya qilinishi jarayonida ko`plab marta tilga olinadi. Bu shaharning xarobalari bo`lmish Afrosiyob salkam bir asrdan beri o`rganiladi va mana shu tadqiqotlar natijalari bois o`tgan asrning 70-yillarida Samarqand shahrining 2500 yilligi sanasi nishonlangan. XX asrning 70-yillarigacha qo`lga kiritilgan arxeologik moddiy manbalar va tarixiy ma`lumotlar mana shunday ilmiy xulosa chiqarishga asos bo`lganlar. Arxeologik materiallarning yetarli emasligi bois o`zoq yillar davomida tarixshunoslik va arxeologiya fanlarida «O`rta Osiyoda qadimda shaharlar qurilmagan, shaharsozlik madaniyati bizning yurtimizga Ahmoniylar imperiyasi hUqmronligi davrida Yaqin Sharq va Eron tomonidan kirib kelgan degan» xulosa hUqmronlik qilib kelgan. 2500 yillik sana ham mana shu xulosaning tasdig`idek edi.
O`tgan asrning 80–yillarda O`zbekiston Fanlar aqademiyasi Arxeologiya instituti olimlari tomonidan olib borilgan murakkab arxeologik tadqiqotlar natijasida Surxondaryo viloyati SHerobod tumani hududida ilk shaharlarga xos ko`plab xususiyatlarni o`zida aks ettirgan va yoshi deyarli uch yarim ming yilga teng bo`lgan shaharmonand (protogorod – R.A.) Jarqo`ton yodgorligi topildi. Bu o`lkan kashfiyot O`rta Osiyoda qadimiy shaharsozlik madaniyatining shakllanishi Ahmoniylar kelishidan ming yillar avvalroq boshlanganligini ilmiy isbotlab berdi. Keyingi yillardagi tadqiqotlar esa bu kashfiyotning to`g`riligini yanada mustahkamladi.
O`tgan asrning 90-yillarida Samarqandning qadimiy o`rni bo`lmish Afrosiyobda, shahar arkining janubiy-sharqiy qismida, Ahmoniylar davrida qurilgan 2500 yillik devorlar ostidan bo`lkasimon shaklga ega bo`lgan yirik xom g`ishtlardan qurilgan yanada qadimgiroq shahar mudofaa devorlari qoldiqlari, ularning ostidan esa loydan ko`tarilgan devorsimon inshoot (rus tilida – val) topildi. Xom g`ishtli g`oyat mahobatli bu devorning qalinligi 7 – 10 metrni tashkil etgan. Bu devorlar bunyod etilgandan keyin ma`lum muddat o`tgach ta`mirlanganlar va yana 3 - 4 m qalinlashganlar. Mana shu asosda Samarqand Rim tengdoshi ekanligi va uning yoshi 2750 yildan kam emasligi ilmiy isbotini topdi.
Ahmoniylar hUqmronligi davriga kelib ancha eskirib, ba`zi joylari nuragan ushbu shahar devorlari xarobalari ustidan butunlay yangi xususiyatga ega, ichida koridori bo`lgan yangi devorlar bunyod etilgan. Ba`zi joylarda esa eski devorlar ta`mirlangan.
Eramizdan avvalgi 329 yilda Smarakandaning shahar mudofa devorlari ostida Aleksandr Makedonskiy boshliq yunonlar armiyasi paydo bo`ldi. Aleksandr Sug`diylarning qarshilik ko`rsatish kuchlarini hisobga olmasdan avval Smarakandani ishg`ol etish uchun dastlab lashkarboshi Menedem boshchiligidagi qo`shinni yuborgan. Bu qo`shin sug`diylar tomonidan tamomila qirib tashlangan. Qudratli Ahmoniylar imperiyasining asosiy harbiy kuchlarini qisqa muddatlarda tamomila tor-mor qilgan iste`dodli sarkarda Aleksandr, bu saltanat tarkibiga kirgan o`zoq, bir viloyatda bu qadar kuchli va jangavor xalqlarga ro`para kelishini xayoliga ham keltirmagan edi. Yunon tarixchisi Kursiy Rufning yozishicha bu mag`lubiyat Aleksandrning sharqqa yurishidagi dastlabki eng katta mag`lubiyati edi.
Sug`diylar va ular bilan O`rta Osiyoda yonma-yon umr kechirayotgan mahalliy qadimiy xalqlar, yarim ko`chmanchi va ko`chmanchi qabilalar Iskandar qo`shinlariga qarshi Spitamen va nomlari bizgacha yetib kelmagan boshqa sarkardalar boshchiligida bir necha yillar davomida matonat bilan kurashganliklari tarixdan ma`lum. Lekin biz bu o`rinda ushbu jangavor voqealar tafsilotlariga to`xtalib o`tirmaymiz.
Samarakanda ishg`ol etilgandan keyin Iskandar tomonidan bu shaharda katta qurilish ishlari amalga oshiriladi, ko`plab inshootlar yunon me`morchiligi asosida bunyod etiladi, ko`plab shaharlarda ahmoniylar va undan oldin bunyod etilgan mudofa devorlari tubdan ta`mirlanadi, ko`plab shaharlar atrofida yangi mudofa devorlari paydo bo`ladi. Shu davrda sof ellinistik ko`rinishdagi bir qator shaharlar ham bunyod etilgan. Bunday qurilishlarga sabab, birinchidan, Iskandarning sharqqa yo`naltirilgan istilochilik yurishlaridagi bosh maqsadlaridan biri mana shu o`lkalarga ellin madaniyatini joriy etish bo`lsa, ikkinchidan, bu devorlar Iskandarning hujumlari paytida o`z shaharlari va qishloqlarini tashlab ketgan mahalliy aholi va ularga ittifoqchi bo`lgan jangavor va jasur qabilalarning hujumlaridan bu shaharlarga joylashtirilgan yunon qo`shinlarini himoya etishlari lozim edi.
Marakandaning keyingi davrlarga oid boy tarixiga to`xtalib o`tirmaymiz va bu maqolaning maqsadi emas. Eramizdan avvalgi VIII asrning o`rtalarida paydo bo`lgan Marakanda (Samarqand) shahri Sug`dning asosiy poytaxti sifatida deyarli ikki ming yil davomida bir joyda faoliyat ko`rsatgan va 1220 yilda Chingizxon boshliq mo`g`ullar qo`shinlari tomonidan tamomila vayron qilingan. Uning xarobalari bizning kunlargacha Samarqand shahri hududi joylashgan mashhur arxeologik obida - Afrosiyob yodgorligi ko`rinishida yetib kelgan.
Vayronaga aylangan Samarqand o`z o`rnini o`zgartirib qadimiy shaharning janubida joylashgan o`rta asr rabodi o`rnida qaytadan tiklangan. Amir Temur davrida esa shahar tamomila qaytadan qurilgan va sohibqiron tomonidan bunyod etilgan o`lkan saltanatning poytaxtiga aylangan.
Shu tariqa Samarqand Sharqning eng go`zal shaharlaridan biri sifatida hozirgi kunlarda ham faoliyat ko`rsatmoqda.
Birok O`zbekiston madaniyati tarixi mo`zeyini qurish vaqtida arxeologlar nazorat kaziashma ishlarini alib borib, Registonning markaziy qatlam laridan nodir materiallar topishdi, bu olimlaning yUqoridagi bahsiga oydinlik kiritdi. Madaniy qatlam larniig 8 metrlik qatlam i ostida arxeologlar O`rta asr torevt ustaxonasi qoldiqlariga duch keldilar. Bular metall eritish va quyishda ishlatiladigan mis va kumush ko`rgoshinning kotib qolgan doglari bo`lgan metallsozlar o`chogi. asboblar — turli shakldagi kiskichlar, sandoilar, nodir metallarni tortadigan tarozilar, nokshsimon kurinishdagi buyni ingichka ko`rgoshindan va sopol idishchalar — simob va simob rudasi saklaqadigan simob ko`zacha, torevt kolipi va tayr maxsuloti, eritilgan detallar, yigilgan, lekin xali bezatilmagan buyumlar va boshqa ko`p ashyolar edi. Bular badiiy ishlov berilgan metall bevosita Samarqandning o`zida tayyorlanganligini isbotlaydi.
Tayyor maxsulotlar orasida yaltirok jezdan yasalgan nafis buyumlar bor. Bejirim uyib ishlangan jimjimador likopcha e`tiborni tortadi, unga kumush va oltin qadab naksh solingan. Uning O`rtasiga yosh yigitning shohona komati zarxal doira ichiga uyib tushirilgan, u turkcha-mugulcha kiyimda, taxtda bezanib utiribdi. Shohlarning taxtda utirgan holdagi tasviri, eng sara askarlarning to`la qurollangan holdagi kurinishi, boshi ayol, tanasi kush qiyofasidagi suv larilarini eslatuvchi afsonaviy jonzotlar — bular Sug`d torevtikasi belgilari bo`lib, ilk O`rta asrlar davridan malumdir. Torevt ustaxonasida, shuningdek, kildek ingichka kumush bezak koplangan nafis koshikcha, medalyonpar bilan bezatilgap chiroyli cho`mich, oltin, kumush qadama nakshlari bilan bezatilgap juda ko`plab ko`zalar ham topildi. Ulardan birida iti bilan ov qilayotgan chavandoz tasvirlangan. Tasvir atrofidagi yaxshi niyat bildirilgan bitiklar oltin va kumushga yozilib, tepa qismida ayollar boshi yoki kush dumlari tasvirlangan. Ayrim koliplarda buyurtmachi nomi ham bitilgailigi ko`zga tashlanadi. U bilan yonma-yon yerda Amir Temur tasviri ilk zarb qilingan (1370 yil) kichkina kumush tangacha topildi. Bu maxsulotlardan tashkari temuriylar davrining ro`zgor sopol idishlarining parchalari ham uchraydi.
Amir Temur savdo-Iqtisodiy munosabatlarni jadal rivojlantirish maksadida o`zi doimiy diplomatik yozishmalar olib borib, turli mamlakatlarning raxbarlariga yaxshi niyat bilan savdo ishlarini yulga quyishni taklif etgan. U savdo yullarini obod qilish va ko`riklash to`grisida kaygurardi. Amir Temur halqaro ipak yo`li utgan joylarni egallab, u yerlarda obodonchilik tadbirlarini karvonlarning bexatar harakatlanishini ta`minlagya choralarini kurdi. Karvonsaroylar va bozorlar qurilish iga katta e`tibor berdi. Klavixo Samarqand markaziy bozorining qayta qurilish i tugrisida hayajon bilan hikoya qilib bergan bu yerda Temurga xos shijoat bilan ko`pdan-ko`p gumbazlar, rastalar, savdo kuchalari bunyod kilindi. Hammayokning ko`kalamzorligidan xayratga tushgan Klavixo 1403 yil shunday deb zgandi: “Butun shahar bog va o`zumzorlar ogushida. Bog va o`zumzorlar bu yerda shunchalik ko`pki, shaharga yaqinlashayotganingda baland daraxtlar urmonini va ular O`rtasidagi shaharni kirasan...” Bu shahar bogu oromgoxlar bilan bezangan davr edi. Shahar va uning atrofsda soqib kiron 14ta bog — ayvonli chorboglar, gulzor qilingan va suv xavzalari bilan saroylar bunyod ettirdi. Avlodlari Amir Temur yulidan bordi. Shaharga shimoli-Sharq tomondan tutash bulgan Cho`ponota tepaligi yonbagirlarida Ulugbekning mu`jaz bogi yaratildi, uning mashxur “Chinnixona” deb atalmish xonasi ham bor edi.
Amir Temur goyasi buyicha Samarqand dunyoning eng yirik shaxri bo`lib kolishi kerak edi. Shahar atrofida Sharq mamlakatlari poytaxtlari nomida dimishk—Damashk, Bagdod, Forish, Misr va shu kabi maxsus qishloqlar bunyod etilgani bejiz emas. Soqib kiron niyatiga zrishdi ham ! Samarqand Sharq Iqtisodiy oti va madaniyatining yetakchi markazi bo`lib qoldi. Bu yerga eng yaxshi me`morlar va kuruvchilar, zargarlar va metallsozlar to`planadi, olimlar, rassomlar, shoirlar. voizlar, rakkos va musikachilar kela boshladi Yevropa va Sharq davlatlaridan elchilar tashrif buyurdi. Movarounnaxrnnng o`ziga xos betakror madaniyati asosida Samarqand Yaqin va O`rta Sharq ijodiy kuchlarining asosiy markaziga aylangani sayin badiiy tafakkur, me`morchilik va san`atning gurkirab usishi yo`z berdi, bu Sharq uygonishi davri sifatida tarixga kirdi.


Xulosa
Samarqandning qadimgi aholisi bo`lgan sufdiylar va boshqalar tarixi haqidagi bilim va ma`lumotlar, tarixiy dalillar uzoq yillar mobaynida to`plangan. Ularning aksariyati qadimiy Sharq va Farb manbalariga, XIX-XX asr boshlaridagi sayyohlarining ma`lumotlariga asoslangan. XX asrning boshlaridan Samarqand hududida olib borilayotgan keng miqyosli arxeologik tadqiqotlar uning qadimiy va ilk o`rta asrlar tarixi, madaniyatini butunlay yangicha yoritish, uning shakllanish va rivojlanish tadrijini kuzatish imkonini berdi. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida Samarqand xalqlari xususidagi o`rta asrlardaagi yozma manbalarda keltirilgan ma`lumotlar bilan arxeologik topilmalar qiyoslanib, quyidagicha xulosaga kelindi:

Download 98.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling