Zavqiddin ivadullayev etnologiya fanidan amaliyot hisoboti bajardi: zavqiddin ivadullayev
Afrosiyob-Samarqand tarixini yoritishda asosiy maskan
Download 98.51 Kb.
|
ZAVQIDDIN IVADULLAYEV
2.1. Afrosiyob-Samarqand tarixini yoritishda asosiy maskan.
2.2. Ko`k tepa yodgorligida oltb borilgan arxeologik izlanishalar va uning natijalari. Yaqindagina O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi Qonunni ma`qulladi. Bu qonun amaldagi «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi qonun bilan hamohangdir, chunki arxeologiya merosi ham madaniy merosimizning bir qismi. Lekin madaniy meros – bu juda keng tushuncha va u O`zbekistonning qadimiy arxeologik va me`moriy obidalari, mo`zeylarda saqlanyotgan yo`zlab turdagi noyob topilmalar, qadimiy kitoblar va boshqa yozma yodgorliklar, barcha-barchasini qamrab oladi. Yangi qonun madaniy merosimizning alohida bir qismi, O`zbekistonning katta va bebaho milliy mulki – uning betakror arxeologik yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga qaratilgan. O`zbekistonning arxeologiya merosi va undan foydalanish keyingi yillarda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. O`zbek davlatchiligi tarixini o`rganishda arxeologiya yodgorliklari bosh omil bo`lib xizmat qilganligi barchaga ma`lum. Keyingi yillarda mamlakatimizning Termiz, Buxoro, Xiva shaharlarining 2500 yilligi, Qarshi va Shahrisabz shaharlarining 2700, Marg`ilon shahrining 2000, Samarqand shahrining 2750 va Toshkent shahrining 2200 yilligi sanalari bu qadimiy shaharlar xarobalari bo`lgan arxeologiya yodgorliklarda olib borilgan o`zoq yillik murakkab arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan. O`zbekiston arxeologik yodgorliklarning soni jihatidan dunyoning eng oldingi o`rinlaridan birini egallaydi. Uncha katta bo`lmagan bu hududda arxeologik yodgorliklarning bu qadar ko`p jamlanganligi bu hududda yashagan xalqlarning qadimiy madaniyati nihoyatda yUqsak bo`lganligidan dalolat beradi. Lekin mamlakatimizda mavjud bo`lgan arxeologik yodgorliklarning aniq soni ma`lum emas va ular arxeologlar tomonidan taxminan 8,5 mingta atrofida deb hisoblanadi. Arxeologik yodgorliklarimiz qancha ko`p bo`lmasin baribir biz ularning sonini aniq bilishimiz shart va buning uchun uchun ular to`liq qadastr qilinishi lozim. Qonunning 10-moddasida arxeologik yodgorliklar Davlat qadastriga kiritilishi kerakligi ko`rsatilgan. Mana shu modda O`zbekistondagi arxeologik yodgorliklarning keyingi taqdiri uchun favqulodda muhim ahamiyaga ega bo`lishi bilan, u biz arxeolog olimlarning bir necha o`n yillardan beri amalga oshmay kelayotgan muammomizni davlatning maxsus qonuni yordamida va shaxsan prezidentimizning imzosi bilan hal qilinishidir. Arxeologik yodgorliklarning Davlat qadastriga kiritilishi bir necha yil davomida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan murakkab, ta`bir joiz bo`lsa ilmiy jarayon hamdir. Arxeologik yodgorliklarning Davlat qadastriga kiritilshi faqatgina arxeologik yodgorliklarna sanashdan va xujjatlashtirishdan iborat bo`lmay bu ish jarayonida katta ilmiy tadqiqot ham amalga oshiriladi, unda arxeologik yodgorliklarning davriy sanasi, tarixiy topografik xususiyatlari xujjatlashtiriladi, yodgorliklarning xususiy pasportizatsiyasi to`ziladi. Shu tariqa uning pirovard natijasi katta ilmiy xulosa bilan yakunlanadi, chunki bu ish jarayonida O`zbekiston yodgorliklarining geografik va xronologik joylashishi manzarasi ham to`la namoyon bo`ladi. Shuning uchun arxeologik yodgorliklarning Davlat qadastriga kiritilshi albatta arxeolog olimlar ishtirokida amalga oshirilishi lozim va bunga albatta mahalliy davlat organlarining hamkorligi va ko`magi kerak bo`ladi. Dunyoning ko`plab mamlakatlarida madaniy meros, arxeologiya yodgorliklari bilan bog`liq qonunlar qabul qilingan. Lekin aynan arxeologiya merosi, arxeologiya yodgorliklari, arxeologik tadqiqotlar, arxeologiya merosining muhofazasi mahalliy sharoitlardan kelib chiqilgan holda amalga oshirilishining butun boshli mUqammal tizimini o`zida mujassamlashtirgan bu qonun hozircha jahonda yagona. Qonunning O`zbekistondagi arxeologiya fani uchun yana bir muhim jihati unda arxeologik tadqiqotlarning butun tizimi uchun maxsus bob ajratilganligidadir. «Arxeologiya merosi obyektlarida arxeologik tadqiqotlar» deb atalgan ushbu 4-bob o`zida to`qqizta moddani jamlagan (20-28 moddalar). Unda arxeologiya yodgorliklarida bu kabi tadqiqotlarga vakolati bo`lgan davlat organlari – O`zR Fanlar aqademiyasi tasarrufidagi institutlar, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tasarrufidagi universitetlar arxeolog olimlarigina arxeologik qazishma ishlari olib borishlari mumkinligi, bu kabi tadqiqotlarga davlatning maxsus vakolatli tashkilotlari tomonidan beriladigan «Ochiq varaqa» orqaligina ijozat berilishi ta`kidlangan. Ushbu bobda «Ochiq varaqa» olgan arxeolog olimning yodgorliklarni muhofaza qilish borasidagi hUqUqlari qonun bilan himoyalangan. Shu bilan birga ushbu bobda arxeologiya yodgorliklarida qazishmalar olib borgan arxeolog olimning zimmasiga qazishmalarning sifati, topilgan ashyolarni ro`yxatga olish, ularni saqlash, o`rganish bo`yicha aniq, lo`nda vazifalar, talablar va jiddiy javobgarlik yUqlatilgan. Qonunda arxeolog olimlarning faoliyatega alohida urg`u berilishining sababi, joylardagi mahalliy aholi bo`zilayotgan arxeologik yodgorliklar to`g`risida birinchi bo`lib arxeologlarga xabar beradilar va arxeologlar o`sha yodgorlikning qammati haqida uni bo`zayotgan tashkilotga yoki xususiy shaxslarga to`la ma`lumot berish imkoniga ega. Bu qonun arxeolog olimga arxeologiya yodgorligining bo`zilishiga sabab bo`layotgan qurilish, yer o`zlashtirish va boshqa harakatlarni to`xtatish hUqUqini ham beradi. Biz arxeolog olimlar bunday voqealargi har yili o`nlab marta duch kelamiz va ba`zi hollarda ilojsiz qolgan paytlarimiz ham bo`lgan. Sobiq sho`rolar to`zumi davri O`zbekistondagi arxeologik yodgorliklarning katta miqdorda yo`qotilishi davri bo`lib ham tarixda qoladi. Bu davrda amalga oshirilgan o`lkan qurilishlar – Mirzacho`l, Qarshi, Yozyovon cho`llarining, viloyatlardagi mahalliy katta-kichik yer maydonlarining, yaylovlarning o`zlashtirilishi, Katta Farg`ona kanali, Qarshi bosh kanali, Amu-Buxoro kanali kabi yirik va boshqa o`nlab kichik mahalliy kanallar qazilishida, o`nlab katta-kichik suv omborlari, yirik sanoat korxonalari, qishloqlardagi turli-tuman xo`jalit binolari qurilishlarida minglab bebaho arxeologik yodgorliklar tamoman bo`zib yuborilgan. Tan olishimiz kerakki bu kabi ishlar qonun qabul qilinayotgan hozirgi kunlarda ham ba`zi joylarda davom etmoqda, bunga Samarqand viloyati Chiroqchi tumani markazida qurilgan g`isht zavodi bu yerda joylashgan yirik shahar xarobasi – Kishmishtepadan olinayotgan tuproq evaziga faoliyat ko`rsatayotganligini misol keltirishimiz mumkin. Ushbu qonunning «Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi vakolatlari» deb nomlangan 8-moddasi sovetlar to`zumi davrida yo`l qo`yilgan tarixiy xatolarimizni to`zatishiga va kelajakda ham mana shunday ayanchli yo`qotishlarni oldini olishiga umid bildiramiz. Bizning fikrimizcha, arxeologik yodgorliklarning Davlat qadastriga kiritilishi jarayonida yodgorliklar o`sha joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining, fUqarolar yig`inlarining, mahallalarning balansiga kiritilishi, yodgorliklar muhofazasiga aholining barcha qatlamlari jalb etilishi lozim. Shu tariqa biz O`zbekistonning bebaho milliy mulki bo`lgan arxeologik yodgorliklarimizni butd-butun saqlashimiz va uni kelajak avlodlarga meros sifatida qoldira olishimiz mumkin. Xulosa sifatida shuni ta`kidlashimiz lozimki, O`zbekiston Respubli-kasining Oliy Majlisi Senati tomonidan ma`qullangan «Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi Qonuni O`zbekistonning va o`zbek xalqining bebaho milliy mulki bo`lgan, olis tariximizning biz bilgan va bilmagan qancha-qancha sir-sinoatlarini o`zida yashirib yotgan, millatimizning qadimiy madaniyatini dunyoga ko`z-ko`z qilishimizda asosiy omil bo`lib xizmat qiladigan arxeologiya merosimizni ko`z qorachig`iday saqlashga, ular ustida olib boriladigan arxeologik tadqiqotlarni yangi bosqichlarga ko`tarilishiga qonuniy asos bo`ladi. Arxeologlar Afrosiyobda X asr somoniy hukmdorlarining xashamdor xonalari bulgan qasrlarini topganlar. Qasr xonalari oq ganchdan ishlangan chiroyli nakshinkor panellar bilan bezatilgan. Shahar zodagonlarining turar joylari hashamdorligi jixatidan somoniylarning qasrlaridan qolishmasdi. Samarqandning janubigarbiy qismida turar joy binosi topilgan bo`lib, uning Ichki qismidagi — mehmonxonaning devori va qubbasi nozik ganch uymakorligi bilan bezatilgan edi. Bularning hammasi 1X—X asrdarda Samarqand yana gullab-yashnagani, Movarounnahrning eng yirik savdo hunarmandchilik va madaniy markaziga aylangavligini ko`rsatadi. Sharq va Garbning barcha ang muhim karvon yo`llari shu shahar orqali utardi. X—XI asrlarda shahar xayoti shahriston devorlaridan tatxariga chiqib. Cho`ponota tepaliklaridan tortib dargom daryosi etaklariga — Zarafshon vodiysiniig bepoyon kengliklariga yoyildi. Manbalarda aytilishicha, Samarqand o`zining ko`kalamzorligi Bilan shuhrat qozongan Istaxriy ta`rifyadakeltirilishicha, shahar qasrlari uning daraxtlari soyasida qolib ketgandi, boglarining go`zalligi xovo`z suvlarida jilovlanib aks etardi. Shaharga suv maxsus ko`rgoshin quvur - “Juyiarziz” orqali keltirilardi. U Markaziy Rasuttok bozori qubbalari ostidan shahar devori orqali o`tkazilgan bo`lib, yer osti suv o`tkazgich quvurlari bilan qasr va jomi masjidiga olib borilgandi. XI asrda Samarqand Qoraxoniylar davlati qul ostiga mulk sifatida kirdi. keyin bu davlat- Garbiy tamogining poytaxti bo`lib qoldi. Ana shu vaqtda shahar hayotida yangi bosqich boshlandi. Bu yerda Tamgochxon Ibroxim qasri va ko`p ustunli Juma masjidi, shifoxona — bemoristonlar, madrasa karvonsaroylar, bozor gumbazlari va hammomlar, shaharlik aslzodalarniig uylari va hunarmandlarning daxalari bunyod etildi. Qal`a-qurgonda ochilgan Tamgochxonning yo`lak va ayvonli qasri rang-barang devor suratlari bilan bejirim bezatilgan bo`lib, ularda tabiati ov manzaralari tasvirlangani, Samarqand maxobatli san`atining yangi sahifasi hisoblanardi. Shaharning janubiy qismida yirik diniy markazlardan biri barpo etilib, u sayyehlarning piri Xazrati Xizr masjidi va Kusam ibi Abbos maqbara-saganasini birlashtirardi. Samarqandning janubiy qismida Kushon darvozasi Yaqinida qurilgan Xazrati Xizr masjidi manbalarda shaharning eng dastlabki masjidi, ya`ni “musulmon bayroqlari saqlanadigan joy” deb ataladi. Mozor VII asrning 70-yillarida Sug`dga arablarning dastlabki yurishlar va bu yerda Muhammad paygambarning amakivachchasi, ilk islomning targibotchilaridan biriniig halok bulishi bilan boglanib, mozor Shoxi Zinda –Tirik shox” nomi bilan atalgan. Bugungi kunda Shohi-zinda majmuasi bir qancha xashamatli Me`moriy yodgorliklar, Amir Temur va uning nabirasi Ulutbek xUqmronligi davri maqbaralarini o`z ichiga olgan. Majmuaning iomi garoyib voqea bilan boglangan namoz uqiyotgan paytda kofirlar qatl qilgan shox go`yoki o`lmay, pastga — muqaddas quduqka tushib ketgan va muqaddas bogda hamon yashaydi. X1 asrda azrati Xizr masjidi qayta qurilgan va muqaddas shaxidning qutlug maqbarasi bilan tutashtirilgan. Qabristonning qoraxoniylar davri yozma manbalarida saqlanib qolgan “mashad” nomi u qabrning o`zi emas, balki bu yerda e`tiqod uchun halok bulgan aziz-avliyoga atab qurilgan yodgorlik daxmasi bulishi mumkinligidan darak beradi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida bu yerda XI asrning ajoyib me`moriy yodgorligi qoldiqlari topilgan bo`lib u o`zining bejirim uyma sopol bezagi bilan ajralib turadi. Unga yaqin joyda XI—XII asrdagi madrasa qoldiqlari hamda qoraxoniy zodagonlari va ruhoniylarining bir qancha maqbaralari topildi. Bu xol Shoxi Zinda saganasining o`rta asrlar qoraxoniylar davridagi Samarqandda katta shuxrat topganidan dalolat beradi. XI—XII asrlarda Samarqand Sharq madaniyatiniig yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda Eron, Iroq, Xurosondagi yirik shaharlari bilan madaniy aloqalar jadal rivojlandi. Sug`d zodagonlari Abbosiy xalifalarining eng obruli ayonlaridan, turk qushinlari esa uning tayanchi bo`lib qoldi. Xalifalik tarkibida turli dinlar orasida islom dini mustakham o`rin egalladi. Bu davr goyalari shaharliklarning ham , qishloq ahlining ham , ko`chmanchi axoliniig ham orasiga kirib bordi. Samarqand iloxiyotchi shayxlari va diniy ulamolarining obro`si ortdi. Ular orasida Sharqda hadislarni tuplash buyicha eng mashxur bulgan, Qur`ondan keyin turuvchi ko`p jildli “As-Saxix” kitobining muallifi imom Ismoil al-Buxoriy; kalom ilmining asoschisi “Imom al-Mutakallimin” (“Hidoyat yuli imomi”) nomlari bilan uluglangan shayx Abu Mansur Moturidiy, tarixchilar — Muham mad al-Chelakiy, as-Samarqandiy as-Somoniy, shoirlar — Xurayim Sug`diy, Abu Xafs Sug`di Abu Said Samarqandiy, Baxouddin Xarimiy va boshqa lar bor edi. 960—970 yillar orasida Samarqandga kelgan tarixchi Ibn Xavqalning yozishicha. shahar — “Movarounnaxr nozik tab odamlari yigilgan joy bo`lib, ularning eng yaxshilari Samarqadda tarbyalanganlar . Samarqandning janubiy rabotida ulug zotlargajallangan daxma bunyod bulgani ham bejiz emasdi. Bu yerga Sharqning yo`zlab olimlari, 1141 yilda musulmon qadamjosini Movarounnahrga bostirib kirgan qoraxitoylardan himoya qilgan minglab shahid hangchilar dafn etilgan. Buni Choxardiza qabrtoshlaridagi yozuvlar ham tasdiqlaydi. Usha davr olimlari va jangchilari kimki, Samarqandda dafn etilsa, o`sha kuni jannatga kiradi, deb hisoblaganlar. XII asr boshlariga kelib shahar Xorazmshohlar davlati tarkibiga kirdi. Qurilish lar va hunarmandchilik yangidan rivojlanish bosqichiga kirdi. Samarqand me`morchiligida rangdor va lojuvard bezaklar qullanila boshladi. Muhammad Xorazmshoxning buyrugiga binoan. shahar devorlari mustahham lanib, jome masjidi qayta qurildi, qal`a qo`rgonda qasr bunyod etildi. Bu davrdagi savdo aloqalari haqida Xitoy chinnisi va Suriya shishasi, Xorazm harbiy aslaha-anjomlari va oltin idishlari dalolat beradi. Biroq bunyodkorlik jarayoni dahshatli fojia tufayli to`xtab qoldi. 1220 yilning mart oyida bu yerga Chingizxonning katta qushini bostirib keldi. Shaharda turgan ko`p sondi qo`shin dushmanga qarshilik qila olishi mumkin edi. Ammo shaharga suv berib turgan ko`rgoshin nov shaklidagi suv utkazgichni mo`gullar bo`zib tashladi. Turt kunlik qahramonona kurash shaharni topshirish bilan tugadi. Usha davr tarixchisi Rashiddin: “Minglab mard erkaklar va askarlar shahardagi jomye masjidiga yashirinib kurashni davom ettirdilar. Mugullar masjidga yonib turgan Uq-yoylar otib, uni himoyachilari bilan birga yondirib yubordilar”, deb yozgan edi. Shahar talandi, yondirildi va vayron etildi. Noyob Juyiarziz kuvuri bo`zib tashlanib, shaxriston (shahar ichxarisi)ga suv berish tuxtab qoldi. Afrosiyobdagi hayot sundi va keyin qayta tiklanmadi. Shahar atrofi rabotdagina davom etdi, ammo uning istehkomi 150 yil xaroba bo`lib yotdi. Xalq bosqinchilar bilan mardona jang qildi. Manguberdining Xorazm, Samarqand va mamlakatning boshqa shaharlari uchun kurashda kursatgan jasorati zoye ketmadi. Mugul zodagonlarining o`zaro nizolari davom etgan paytda Samarqand qal`a- devorlaridan maxrum etildi va kuchmanchi qabilalar ning boskinlariga bir necha bor duchor bo`ldi. Ammo shahar aholisi bosqinchilarga xarshi ko`zgolonlar ko`tarib turdi. 1365 yil sarbadorlar boshchiligida shaharning dushmandan ximoya qilinishi bunga yaqqol misol buladi. Shaharliklar bo`zib yuborilgan istehkomlar urnidagi kuchalarda tusik va to`zoqlar qurib, shaharga hujum qilgan mugullarni tor-mor etdilar. Bu galabadan so`ng keyingi tiklanishgacha yana bir fursat vaqt qolgan edi. Shahar hayotining yangidan, ajoyib tarzda gullab-yashnashi Amir Temur faoliyati bilan bogliq. Amir Temur tarqoq mulklarni birlashtirishni o`z oldiga maksad qilib ko`ydi. 1370 yildan boshlab 35 yil mobaynida Sharqdagi eng qudratli davlatni barpo etdi. Bu davlat o`rta Osiyo va Eron, Hindiston. Turkiya. Kavkazni o`z ichiga olgan edi. davrining ajoyib sarxardasi bulgan Amir Temur o`z armiyasini ko`p xilma-xil hujum qurollari, jumladan, Uq otar qurollar bilan jihozladi. jangni olib borish hamda shaharlarni qamal qilishda qo`shinni uyushtirish ishiga yangilik kiritib, natijada doimiy galabalarga erishdi. Uning ijtimoiy-Iqtisodiy hayotdagi siyosati yangi yerlarni o`zlashtirish, chullarni sugorish va savdoni rivojlantirishga imkon berdi. Mamlakatni birlashtirishga va tiklashga erishgan Amir Temur xalqning turmush tarzini davlat farovonligi bilan bevosita bogladi. “Mehnatkash xalqni xarob qilish davlat gaznasi ham kamayib ketishiga olib keladi. Bu qo`shinning beboshligiga sabab buladi. u o`z navbatida hokimiyat zaiflashishiga olib keladi”, — deyilgan edi uning soliqlarni yigish tartibi tugrisidagi masalada. Yangi yerlarni o`zlashtirishda soliq imtiyozlari berilishi dehqonchilikni rivojlantirishni ragbatlantirdi. Amir Temur o`z davlatining poytaxtiga juda katta e`tibor berdi. Samarqand bu vaqtda minorali mudofaa devorlari bilan qayta uralib, minoralarga baland nayzali panjaralar urnatildi devor ichxarisidagi maydon va kuchalar obodonlashtirilib, Ariq va hovo`zlar qazildi. Atrof kukqalamzorlashtirilib, bir-biri bilan uygunlashgan me`moriy yechimlar vuhudga keltirildi. Yangi maxobatli obidalar bunyod etildi. Registon yirik jamoat va savdo markazi bo`lib qoldi. Temur va Ulugbek Davrida bu maydon hozirdagiga xaraganda boshqa cha ko`rinishda edi. Uniig shimoliy qismida Mirzoyi karvonsaroyi qad ko`tardi. Xozirgi SHerdor madrasasi urnida bosh kiyimlar sotiladigan savdo rastalari bo`lib, u Amir Temurning xotini Tumanogobegim ko`rsatmasi buyicha qurilgan edi. Ulugbek maydonning garb tomoniga go`zal madrasa bunyod etdi. Madrasa o`lkan me`moriy majmua bo`lib, ochik ravok va old eshik tomoni manzarali tashki kurinishga ega. Bundan tashkari u Tumanogobegim rastasi urnida o`z madrasasiga o`lkan gumbazli, boy sirlangan dekorli go`zal xonakox ham kurdirdi. Ulugbek madrasasining janub tomonida vazir Alika Kukaldosh salobatli masjid bunyod etdi. Mirzo Bobirning yozishicha, bu masjid yogochdan kotamkori uslubida o`ziga xos tareda bezatilgan, shuniig uchun u Masjidi Muqatta nomini olgan edi. Shahar arxitekturasida Bibixonim masjidining ulugvor majmuasi asosiy o`rin egallaydi. U Temurniig buyrugi bilan 1399— 1404 yillarda, soxibkironning jangovar shuxrati cho`qqiga chiqqan bir paytda qurdirilgandi. Temurning goyasi buyicha majmua tengsiz bulishi kerak edi. Rivoyatlarga ko`ra. uni Amir Temurning xotini eriga ulugvor inshoot sifatida qurib xonga sovga qilishga axd qilgan. Inshoatni bunyod etishda turli mamlakatlarniig me`morlari qatnashgan. Qurilishda katta, Hindistonga yurish vaqtida alib kelingan fillardan ham foydalanilgan. Ansambl maxobatli kurinishni olgan. lekin Xitoyga yurish qilish, uchun ketgan soqibqiron uniig tugal qiyofasini ko`rmagan . Bibixonim masjidi yaqinida, shaharning shimoliy chekkasida, “durdonalar marjoni” — Shoxizinda daxmasi atrofida Temuriylar oilasi maqbaralari qatoriga joylashgan. Janubi-garbiy qismida Kuksaroy va Bustonsaroy nomlari bilan atalgan ikki qasrli qal`a barpo etilgan. Qal`a gazna va qurolyarog saqlanadigan joy bulgan. Bu yerdagi yetakchi korxonalarda qurol va askaxa-anjomlar tayyorlovchi ustalar ishlashgan. Shu yerning o`zi Chingizxon naslidan tayin etiladigan xonlarning xarorgoxi bo`lib, bu Amir Temur xokimiyati konuniyligini tasdiq ashga xizmat qilardi. Amir Temur poytaxt-shaharning rivojlanishida hunarmandchikik va savdoning muxim ahamiyatini xisobga olgan holda yurishlaridan eng yaxshi ustalarni olib kelardi. Ispaniya elchisi Ryui Gonzales Klavixo shunday degan edi: “Samarqandnikg boyligi uning ozik-ovkatlaridagina emas, shu bilan birga, bu yerda ko`plab tayyorlanadigan shoyi gazmollari, atlas, taxta, mo`yna va ipak astarlar, upa-eliklar, shirinliklar, buyoklar. tilla buyumlar, sirlangan idishlar va boshqa narsalarida ham dir... Shox (Temur) bu shaharni uluglashni shu qadar istardiki, qaysi bir mamlakatni egallamasin va buysundirmasin, hamma joydan odamlarni shahar va uning atrofidagi yerlarda turishli uchun olib kelardi; u, ayniqsa, xar xil hunarmand ustalarni yigishga xarakat qilardi. U Damashkdan ham on, Uq-yoy va boshqa qurollar yasovchi, shisha va loydan buyumlar tayyorlovchi har xil ustalarni keltirdi, vaholanki, dunyodagi eng yaxshi hunarmandlar shu yerning o`zida ham bor edi. U Turkiyadan mohir Uqchi va hunarmandlar zargarlarni olib keldi... bundan tashkari, u muxandislar va to`pchi askarlarni, shuningdek, ulovga arkon yasovchilarni ham keltirdi.” Samarqand hunarmandlari haqida gap ketganda torevtika — metallga badiiy ishlov berish san`ati, nafis idishlar, oltin, kumish, ko`pincha — yaltirok jezdan zargarlik buyumlari tayyorlovchilar haqida to`xtalmaslik mumkin emas. Bu maxsulotlar Samarqandga chetdan keltirilgan deb hisoblashardi. Chunonchi. 1969 yil Movarounnaxrning eng qadimgi markazi Samarqandning 2500 yillik yubileyi doirasida o`tkazilgan halqaro simpoziumda ko`pgina yetakchi san`atshunos olimlar Samarqandda o`zining torevtikasi bo`lmagan, mavjud badiiy yuqsak mahsulotning ham masi, jumladan, nozik boy qadama nakshli yaltirok jezdan ishlatlangan idishlar bu yerga chetdan, Eron markazlaridan keltirilgan deb hisoblaydi. Download 98.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling