Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Download 485.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana10.09.2020
Hajmi485.48 Kb.
#129139
1   2   3   4   5
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida qoshma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari


Supertaksema (supertaxeme) – tarkibida to’rtta monotaksema mavjud bo’ladi. Ularning 

ikkitasi bog’langan, ikkitasi ergash gap bo’ladi. 

 

We know who we are but we don’t know who will be in future. 

                                                                             (W.Shakespeare, ―Hamlet‖,83-b) 

 

Ultrataksema (ultrataxeme) – o’zida ko’pgina sintaktik birliklarni mujassamlashtirgan 

bo’lib, tarkibida beshta monotaksema mavjud bo’ladi, ulardan  uchtasi ergashgan va ikkitasi 

bog’langan bo’ladi yoki aksincha. 

 

The walls were paneled, because this was the office of the department chairman and 

this department  was physics the panels held small engraved portraites of Newton, Leibnitz, 

Faraday and other scientist but there is nobody in this room. 

 

Arxitaksema (architaxeme) – o’zida ko’pgina sintaktik birliklarni mujassamlashtirgan 

bo’lib, tarkibida oltita monotaksema bo’ladi. Ulardan uchtasi ergashgan, uchtasi esa bog’langan 

bo’ladi yoki aksincha. 

 

Pooh was very proud when he heard this and he felt that Heffalump was as good as 

caught already but there was just one other thing which had to be thought about. 

 

Sinkrotaksema (synchrotaxeme) – gaplarning ma’no jihatdan qorishgan turi. 

 

Singlim yirtib qo’ymasin deb, kitoblarimni yashirib qo’ydim. 

 

Qo’shma gap komponentlari asosan bog’lovchilar, bog’lovchi vositasidagi so’zlar 



yordamida birikadi. 

1.  Bog’langan qo’shma gaplar quyidagi bog’lovchi vositalari  yordamida bog’lanadi: 

A) Coordinating conjunctions (and, or, else, but) 


19 

 

B) Conjunctive adverbs (otherwise, yet, still, therefore) 



For example: 

The darkness was thinking, but the street was still dimply lighted. 

 

He knew there were excuses for his father, yet he felt sick out heart. 

 

2.  Bog’lovchi vositalarsiz bog’langan qo’shma gaplar: 

The rain fell softly, the house was quit (Collins) 

The month was July, the morning fine, the glass–door stood ajar, through it played afresh 

breeze. (CH. Bronte) 

Ingliz tilida komponentlarning bog’lanish xususiyatiga qarab gaplar quyidagi turlarga bo’linadi: 

1.  The Compound sentence (Bog’langan qo’shma gap) 

2.  The Complex sentence (Ergashgan qo’shma gap) 

Ammo professor G’.M. Hoshimov qo’shma gaplarni 3 turga bo’lgan. 

1.  The Compound sentence (Bog’langan qo’shma gap) 

2.  The Com;plex sentence (Ergashgan qo’shma gap) 

3.  The Mixed sentence (Aralash qo’shma gap)  

Turli  bog'lovchi  vositalar  yordami  bilan  o'zaro  bog'langan  uch  va  undan  ortiq  gaplarning  bir 

butunligi murakkab qo'shma gap sanaladi.Murakkab qo'shma gaplar to'rt guruhga bo'linadi:  

1) bir necha ergash gapli murakkab qo'shma gaplar; 

2) bir necha bosh gapli murakkab qo'shma gaplar;  

3) aralash murakkab qo shma gapiar; 

4) qismlari uyushgan murakkab qo'shma gapiar. 

Masalan: 

Kampirning katalakday hovlisi misoli tandir: quvosh lovullab qizdiradi-yu atrof uylar bilan 

o'ralgani uchun, qilt etgan shabada yurmaydi. 

O'qishlar har xil bo'ladi: Birov ermak uchun o'qiydi, birov 

hordiq chiqarish uchun, birov o'qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish 

uchun, birov bo'lak mashg'ulot bo'lmaganidan vaqt o'tkazish uchun, 

birov asardagi voqeaga, qahramonning taqdiriga qiziqib o'qiydi. 

 

 



BIR NECHA ERGASH GAPLI MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR 

Tarkibida ikki va undan ortiq ergash gaplari  mavjud bo'lgan gaplar bir necha ergash gapli 

murakkab qo'shma gap sanaladi. 


20 

 

       1. Odamlarimizning huquqiy ongi yuksak bo'lsa, har kim o'z haqini tanisa va o'zini-o'zi 



himoya qilishni bilsa, demokratik jamiyatga erishgan bo'lamiz. 

      2.  Agar  siz  yoqtirgan  odam  sizga  mehr-muruvvatini  ayamasa,  e'tibor  bilan  qarasa,  bu 

olam-olam quvonch bag'ishlaydi. (Qamchibek Kenja) 

    4.  Kun  shu  qadar  isidiki,  chumchuqlarning  ham  ovozi  chiqmay  qoldi,  hamma  o'zini 

salqinga oldi. (M.Pirmatov) 

 

 



BIR NECHA BOSH GAPLI MURAKKAB QO’SHMA GAPLAR 

Tarkibida ikki va undan ortiq bosh gap mavjud  bo'lgan qo'shma gaplar bir necha bosh gapli 

murakkab qo'shma gap hisoblanadi. 

       1.Chindan ham odam yurakdan yayrab  kulsa,  sog’lig'i  yaxshilanadi,  yengil tortadi,  ruhi 

tetiklashadi, ishtahasi ochiladi, umri uzayadi. (G'afur G'ulom) 

      2.  Shirinsuxanlik  shunday  boylikki,  u  senga  obro'  keltiradi,  u  orqali  bitmagan  ishlaring 

bitadi, do'stlaring ko'payadi. 

     3.  Kimki  umid  bilan  daraxt  o'tqazsa,  bir  kuni  kelib  bu  daraxt  shig'il  meva  beradi,  uni 

ekkan egasiga olqish-u rahmatlar yog'diradi. 

ARALASH MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR 

Tarkibida ergashgan, bog’langan yoki bog’lovchisiz qo'shma gaplar mavjud bo’lgan gaplar 

aralash murakkab qo'shma gaplar hisoblanadi. 

          1.Qiz  avval  qo'rqdi,  otasi  uning  Sidiqjon  bilan  so'zlashib  turganini  emas,  boqqa 

tushganini bilsa ham, terisiga somon tiqadi — bu xususda otasining qamchisidan qon tomar 

edi; keyin yangi bir olamga kirib, otasining qamchisini ham,  jingul ostida pusib yotgan kurk 

tovuqni ham unutdi. (Abdulla Qahhor)  

       2.   She'r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir; uning 

bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir. (A. Oripov) 

      3.  Birov sening aybingni yuzingga aytsa, so'zini qaytarma, chunki u sening uchun 

ko'zgudir; ko'zgu xira bo'lib qolsa, boshqa aybingni ko'rsatadimi? (Navoiy) 

 

QISMLARI UYUSHGAN MURAKKAB QO'SHMA GAPLAR 

Bir  turdagi  uch  va  undan  ortiq  gaplardan  tashkil  topgan  gaplar  qismlari  uyushgan  murakkab 

qo'shma qaplar deyiladi. 



1.Umr  o'tar,  vaqt  o'tar,  Xonlar  o'tar,  taxt  o'tar,  Omad  o'tar,  baxt  o'tar,  Lekin  hech  qachon 

chiqmas yodimdan, Sening yurishlaring, sening kulishlaring. 

(Omon Matjon) 

21 

 

 



2.Ayol — tig', toshlarni mumdek tilguvchi, 

Ayol — nur, qalblarni yoqib ketguvchi, 

Quyoshga bas kelar bitta kulgichi,   

Ayol omon bo'lsa, dunyo go'zaldir. 

 

Ko’rib  turganimizdek,  shunga  guvoh  bo’ldikki  ingliz  va  o’zbek  tillarida  qo’shma  gaplarning 

hajm jihatdam murakkab (complex) turlari mavjud ekan.    

 

 



 

Ikkinchi bob. 

Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va tarjimasi masalalari. 

2.1. Ingliz va o’zbek tillarida qo’shma gaplar hajmi qiyosiy 

tahlili………………………………………………………… 



 

 

Biz yuqorida bir nechta misollar yordamida, ingliz tilidagi qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima 

qilish  masalalarini  ko’rib  chiqdik.  Ko’rinadiki,  ingliz  tilidan  tarjima  qilingan  qo’shma  gaplar 

o’zbek  tilida  sodda  yoyiq  gaplarga  ham  aylanishi  mumkin.  Ya’ni  ergsh  gap  hususiyatini 

yo’qotishi mumkin ekan.  

 

Shuningdek, ingliz tilida kesim ergash gaplar vergul bilan ajratilmaydi, o’zbek tilida esa 



kesim  ergash  gap  bosh  gapdan  albatta  vergul  bilan  ajratiladi.  Bu  holat  ularning  o’zaro  farqli 

jihati  hisoblanadi.Quyda  ingliz  tilida  mavjud  qo’shma  gaplarni  o’zbek  tiliga  tarjima  qilish 

usullarini ko’rib o’tamiz.  

 

Compound sentences:   



     My mother and I went to the village, but the people there did not want to help us. [      ] 

(subject,  predicate,  adverbial  modifier  of  place,  conjunction,  subject2,  attribute,  predicate2, 

dir.object,indir.obj. ) 

Oyim  va  men  qishloqqa  bordik,  lekin  u  yerdagi  odamlar  bizga  yordam                berishni 

xohlashmadi. 

          (ega, o’rin holi, kesim, bog’lovchi, aniqlovchi, ega, to’ldiruvchi,to’ldiruvchi kesim)     

Ushbu qo’shma gap  komponentlari har ikkala tilda ham bir hil, o’zgarishsiz qolmoqda. 

In twenty – four hours he was attacked by  a fever, and died three days afterwards.[      ] 

    (adv.mod. of time, subject, predicate, object, conjunction, predicate, adv.mod. of time)           



   U yigirma to’rt soat davomida istimaladiva uch kundan so’ng vafot etdi. 

( ega, payt holi, kesim, bog’lovchi , payt holi, kesim) 



22 

 

Bu  qo’shma  gap  tarkibidagi  ―was  attacked  by  a  fever‖  birikmasi  o’zbek  tilida  ―istimaladi‖ 



so’ziga  to’g’ri  kelyapti,  va  ingliz  tilidagi  ―object‖  tushib  qolyapti.  Ingliz  tilidagi  qo’shma 

gapning birinchi qismi  biroz qisqardi  



I was so angry, I left the house immediately 

[      ] 

(subject, predicate, subject, predicate, object, adv.mod) 

Jahlim chiqdi, xonani darhol tark etdim. 

(kesim, to’ldiruvchi, hol, kesim) 

Ushbu gapda gap komponentlari soni qisqargan, ingliz tilidagi ega o’zbek tilida tushib qolgan

lekin kesimdan anglashiladi, ya’ni “jahlim chiqdi”, “tark etdim” kesim tarkibidagi  –im shaxs- 

son qo’shimchasi orqali egani aniqlab olishimiz mumkin. 

He went, but immediately returned  with a letter. 

[       ] 

(subject, predicate, conjunction, adv.mod., predicate, complement) 

U ketdi, lekin tez orada xat bilan qaytdi. 

(ega, kesim, bog’lovchi, hol, to’ldiruvchi, kesim) 

Ushbu qo’shma gap tarkibi o’zgarishlarsiz, to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinyapti. Gap 

komponentlari har ikkala tilda ham bir hil. 

Ergash gapli qo’shma gaplar(Composite sentences). 

One night, as soon as I finished my work on the ship, I went to get some fruit from the barrel 

[       ] 

`Bir kuni tunda kemadagi ishlarimni yakunlashim bilanoq bochkadan biroz meva olishga 

ketdi[       ] 

Payt ergash gapli qo’shma gap o’zbek tiliga kengaygan birikmali sodda gap tarzida tarjima 

qilinyapti. 

When I got on the coach, the driver had not taken his seat, and I saw him talking to the 

landlady 

[      ] 

Avtobusga chiqqanimda haydovchining hali o’z joyini egallamaganini, mehmonxona egasi 

bilan gaplashayotganini ko’rdim. 

[    ] 

Bu aralash turdagi qo’shma gap, ya’ni bir qismi ergash gapli qo’shma gap, bir qismi esa 

bog’langan qo’shma gap. O’zbek tiliga tarjima qilinganda esa, kengaygan birikmali sodda 

gapga aylanyapti. 

He mumbled out that the money had been sent in a letter, and that was all he knew. 

23 

 

    (B.Stoker. Dracula. 145-b)           



U pullar xat bilan jo’natilganligini va boshqa hech narsa bilmasligini aytib ming’irladi 

         (B.Stoker. Dracula145-b) 

Bu qo’shma gap o’zbek tilida to’ldiruvchi uyushgan sodda gap shakliga ega.    

Our demand is that taxes shouldn’t be risen up and the government should do something about 

it. 

 

Talabimiz shuki, soliqlar ko’tarilmasin va hukumat bunga qarshi nimadir qilishi kerak. 

 

The  to  be  settled  on  now  is  whether  anything  can  be  done  to  save  him  or  whether 

everything is up to him. 

 

Hozir  hal  qilishimiz  kerak  bo’lgan  narsa  shuki,  uni  qutqarish  uchun  biror  narsa 

qilinadimi yo’qmi yoki hamma narsa uning o’ziga bog’liq  

 

The trouble was that he get mixed, and he never told truth. 

 

Muammo  shunda  ediki,  u  hamma  ishga  aralashaverardi  va  hech  qachon  haqiqatni 

gapirmas edi. 

 

That was what he could neither write nor read, and he came to school rarely. 

 

Muammo shunda ediki, u na yoza olardi na o’qiy olardi, va maktabga ham kam kelardi

 

Ko’rib turganingizdek ingliz tilida uyushgan kesim ergash gaplar o’zbek tiliga uyushgan 



ergash  gaplar  yordamida,  shuningdek,  teng  bog’lovchilar  (ayruv,  zidlov)  yordamida  tarjima 

qilinishi mumkin ekan. 

 

Tarjima  jarayonida  ingliz  tillaridagi  uyushgan  kesim  ergash  gaplarning  strukturasi 



buzulmay, uyushgan kesim ergash shaklida o’zbek tiliga tarjima qilinishi mumkin ekan.  

 

 



2.2. Ingliz tilida qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjimasi masalalari. 

 

 

Tarjima—bir  tildagi  matnni  boshqa  tilda  qayta  yaratishdan  iborat  adabiy  ijod  turi 



sanaladi.  Tarjima  millatlararo  muloqotning  eng  muhim  ko’rinishi.  Asliyat  va  qayta  tiklangan 

matn hususiyatiga qarab  badiiy tarjima, ilmiy tarjima va boshqa turlarga ajratiladi.  Asl  nusxani 

aks  ettirish  tarziga  ko’ra  tafsir,  tadbil,  sharh  kabi  ko’rinishlarga  ham  ega  bo’lishi 

mumkin.Tarjima qadimiy davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasida o’zaro aloqa, muloqot 

ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu og’zaki turi hozirda ham saqlangan.  

     Tarjimaning xillari: 

1.Bir tildan ikkinchisiga qardosh yoki qardosh bo’lmagan tilga tarjima qilish. 

2.Adabiy  tildan  uning  biron  shevasiga  va  biron  shevadan  adabiy  tilga  yohud  bir  tilning 

shevasidan boshqa adabiy tilga tarjima qilish. 


24 

 

3.  Qadimiy  davr  tilidan  o’sha  tilning  hozirgi  zamonaviy  holatiga  tarjima  qilish      (masalan, 



qadimgi o’zbek tilidan hozirgi o’zbekchaga tabdil etish) 

Asl nusxada ifodalangan fikr bo’lak tilda ham xuddi aslidagiday to’la, aniq va ta’sirchan 

bo’lishi  lozim.  Bundan  tashqari  tarjima  o’sha  asr  o’girilgan  tilning  me’yoriga  mos,  muvofiq 

bo’lishi lozim.Tarjimaning bosh xossasi uning boshqa til vositalari bilan qayta yaratishdan iborat 

ijodiy jarayon, so’z san’ati ekanligidir. 

Zamonlar osha tarjimaga bo’lgan talablar yangilana boradi, ammo uning ijodiy xarakteri, qayta 

yaratish  sa’nati  ekanligi  o’zgarmaydi.Tarjimani  qo’llash  va  uningtaraqqiyoti  har  bir  xalqning 

ma’rifiy  darajasiga  bog’liq  va  o’z  navbatida,  u  millatning  ijtimoiy  tafakkuriga  samarali  ta’sir 

etadi. ―Tarjima‖ termini bir tildagi matnni ikkinchi tilga o’girish jarayonining, shuningdek tayyor 

tarjima asarini anglatadi. 

Hozirgi davrda har bir taraqqiy etgan xalqda jahondagi yuzlab xalqlar tilidan o’z ona tiliga ilm-

fan  va  madaniyatning  o’nlab  sohalariga  oid  materiallarini  tarjima  qilinadi.  Tarjima  nusxa 

ko’chirish  emas,  tarjimaning  estetik  ehtiyoji  uning  ixtiyoridan  tashqari,  tarjimada  iz  qoldiradi. 

Yozuvchi  hayot  voqealaridan  olgan  mushohadalarini  tilda  badiiy  ifodalasa,  tarjimon  asliyat 

matnni til vositasida qayta gavdalantiradi. Buning uchun u asarda tilga olingan voqe’likni muallif 

darajasida  puxta  bilishi  shart.Har  bir  xalq  adabiyotining  rivojlanishida  tarjimachilikning  ta’siri 

katta bo’ladi. Zero tarjima adabiyot tarihi bilan tengdosh. 

 

O’zbek  tarjimashunosligi  ham  qadimiydir.  O’zbekistonda  tarjimashunoslik  maxsus  ilm 



sifatida  o’tgan  asrning  ikkinchi  yarmida  shakllandi.  O’zbek  tarjimashunosligida  asosan  adabiy 

yo’nalishi  taraqqiy  etgan.  Tarjimaning  insoniy  jihatlari  keyinroq  o’zbek  tiliga  ko’pgina  xorijiy 

tillardan bevosita o’girishga yo’l ochilgandan so’ng rivojlana boshladi. 

 

Tarjima  xoh  u  yozma  bo’lsin,  xoh  og’zaki  bo’lsin,  u  millatlar  va  xalqlar  o’rtasidagi 



muhim  aloqa  vositasi  hisoblanadi.  Har  qanday  tarjimaning  asosiy  vazifasi  asl  tilda  so’zlovchi 

yoki  yozuvchi  tomonidan  bildirilgan  komunikativ  maqsadni  o’zga  tarjima  tilida  to’la  va  aniq 

ifoda etilishidan iborat.  Tarjimaning aniq va mukammal bo’lishida tilning grammatik qurulishi, 

unga  muofiq  til  birliklarning  mavjud  ekanligi  yoki  emasligi,  tilning  ob’ektiv  borliqni  ifoda  eta 

olish  imkoniyatlarining  miqyosi  bir  xil  ekanligi  yohud  bir  xil  emasligi  kabi  omillar  qatorida 

tarjimaning mahorati katta ahamiyat kasb etadi.  

 

Shu  ma’noda,  tarjimon  nafaqat  asliyat  tarjima  tillarning  Grammatik  qurilishi,  leksik 



boyligini,  balki  o’sha  tillarda  gapiruvchi  xalqlar  tarihi,  urf-odatlari,  an’anasi  haqida  bilimlarga 

ega  bo’lishi  lozim.Til  birliklarining  funksional  jihatlari    haqida  ham  mukammal  bilimlarga  ega 

bo’lishi kerak.  

 

Tarjima jarayonining oson yoki qarindosh yoki qarindosh emasligi, tipologik jihatdan bir 



yoki boshqa –boshqa til tizimlariga mansubligi ham katta ro’l o’ynaydi. 

25 

 

 



Analitik  qurulishga  ega  bo’lgan,  ingliz,  fransuz,  ispan  kabi  tillarning  grammatikasi  va 

Grammatik  qurulishi  o’xshash  tomonlarining  ko’pligi  tarjima  jarayonini  osonlashtirsa, 

agglyutinativ  tillarga  mansub  hozirgi  zamon  o’zbek  tilida  va  analitik  qurilishga  ega  bo’lgan 

hozirgi zamon ingliz tili asosida amalga oshiriladigan tarjimalarda bu jarayon qiyinroq kechishi 

mumkin.  Hozirgi  kunda  tarjima  jarayonining  miqyosi  ancha  kengaydi.  Leksik  tarjimon  o’z 

faoliyatida  barcha  sohalarni  qamrab  olish  imkoniyatiga  ega  emas.  Shu  bois,  tarjima  to’laqonli, 

aniq  va tabiiy  chiqishida ixtisoslashuvning ahamiyati beqiyos  ekan. Bu borada tarjimon ko’zda 

tutilgan malakaviy amaliyot borasida ham ancha-muncha islohotlarni amalga oshirish lozim deb 

o’ylayman. Amliyot jarayonining 3 bosqichga bo’linishi maqsadga muofiq bo’ladi: 

 

1-bosqich  davrida  talabalarda  zarur,  turli  hayotiy  vaziyatlarni  o’z  ichiga  olgan 

monologik,  diologik  nutqlarga  nisbatan  sodda  tuzulishiga  ega  matnlar,  ertak  va  hikoyalarni 

og’zaki va yozma tarjima qilish ko’nikmalari va malakalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi.  

 

2-bosqichda  talabalarda  siyosiy-publitsistik,  rasmiy  xabarlar,  badiiy  adabiyotlar, 

munozaralarni o’girish malakalari singdiriladi. 

 

3-bosqichda  esa  talabalarning  ilmiy-ommobop  matnlar  va  diplomatik  hujjatlar  va 

uchrashuvlarda  tarjimonlik  qilish  qatorida  tarjimonning  talaba  tanlagan  sohasi  bo’yicha 

ixtisoslashuvga yo’naltirish maqsadga muofiq. 

 

Shu bosqichlar sirasiga (ikkinchi bosqichga) grammatik materiallarni tarjima qilishni ham 



kiritishimiz  mumkin.Ingliz  tilida  quyidagi  qo’shma  gaplar  o’zbek  tiliga  o’zbek  tilidagi  kesim 

ergash gaplar vositasida tarjima qilinadi: 

 

The trouble was… he got mixed. 

 

Hamma balo shundaki, u hamma narsaga aralashaverardi. 

 

Ingliz tilidagi  kesim ergash gapli qo’shma  gapni o’zbek tiliga tarjima qilishda bosh  gap 

bilan  ergash  gapni  bog’lashga  kishilik  va  so’roq  olmoshlari  ishlatiladi.  Bunda  kishilik  yoki 

so’roq olmoshlarning barchasi emas, balki ayrimlari: Shu, (shuki, shundaki), kim kabi turlarini 

qo’llash mumkin. Lekin ingliz tilida bosh gap tarkibida keluvchi to be bog’lama fe’li uni kesim 

ergash gap tarkibidagi ishlatiluvchi teng bog’lovchilar va so’roq olmoshlari esa ikkala bo’lakni 

bog’lovchilar  hisoblanadi.  Va  o’zbek  tiliga  yuqorida  aytib  o’tganimizdek  so’roq  va  kishilik 

olmoshlari yordamida (shu, shuki, shundaki, kim) tarjima qilinadi.  

Ergash gapli qo’shma gaplarni tarjima qilganimizda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini 

quyidagi misollar orqali ko’rib chiqamiz. 



One night, as soon as I finished my work on the ship, I went to get some fruit from the barrel 

[     ] 

`Bir kuni tunda kemadagi ishlarimni yakunlashim bilanoq bochkadan biroz meva olishga 

ketdim 

26 

 

[     ] 



Payt ergash gapli qo’shma gap o’zbek tiliga kengaygan birikmali sodda gap tarzida tarjima 

qilinyapti. 

Misollar: 

 

1.The trouble is that I have lost his address. 



 

Muammo shundaki, uning manzilini yo’qotib qo’ydik. 

 

2.The question is whether they will be able to help us. 

 

Masala ular bizga yordam bera oladilarmi yo’qmi shunda. 

 

3.The weather is what it was yesterday. 

 

Havo kechagidek. 

 

4.My dear boy, the difference between you and me is that you give too easily. 

 

O’g’lim, sen bilan mening o’rtamdagi farq shundaki sen juda ham oson taslim bo’lasan. 

 

5.Our attitude simply is that facts are facts. 

 

Bizning munosabatimizning soddaligi shundaki, fakt bu fakt. 

 

6.The thing to be settled on new is whether anything can be done to save him. 

 

Hozir hal qilishimiz kerak bo’lgan narsa uni qutqarish uchun biron bir narsa qilinadimi 

yo’qmi. 

 

7.It seems as if all these years I have been living under false pretences. 



 

O’tib  borayotgan  bu  yillar    menga  huddi  yolg’on  qarama-qarshiliklar  ostida 

yashayotganday tuyilyapti. 

 

8.I felt as if death had laid a land onme. 

 

Men o’lim menga huddi soya solayotgandek his etdim. 

 

9.But this time, just about sunset, was always what I loved best. 

 

Aynishu payt, quyosh botish payti, men eng yoqtirgan payt edi. 

 

10.The question was how the matter to be kept quiet. 

 

Masala muammoni qanday qilib tinch yo’l bilan hal qilmoqda edi. 

          11.That was why you were not one bit frightened. 

 

Masala sizni nima uchun biroz bo’lsada qo’rqmaganligizda. 

 

12.The problem was that whether they had come to us. 

 

Muammo ularning biznikiga kelishi yoki kelmasligida edi. 

 

13.The cause of his coming to us is that he has never been here for along time. 

 

Uning biznikiga kelishining sababi shundaki, u ancha vaqtdan beri bu yerda bo’lmagan 

edi. 

 

14.The new information is that he never drops the study .  

 

Yangi xabar shuki, u hech qachon o’qishni tashlamaydigan bo’ldi. 

27 

 

 

Biz yuqorida bir nechta misollar yordamida, ingliz tilidagi qo’shma gaplarni o’zbek tiliga 

tarjima  qilish  masalalarini  ko’rib  chiqdik.  Ko’rinadiki,  ingliz  tilidan  tarjima  qilingan  qo’shma 

gaplar o’zbek tilida sodda yoyiq gaplarga ham aylanishi mumkin. Ya’ni ergsh gap hususiyatini 

yo’qotishi mumkin ekan.  

 

Shuningdek, ingliz tilida kesim ergash gaplar vergul bilan ajratilmaydi, o’zbek tilida esa 



kesim  ergash  gap  bosh  gapdan  albatta  vergul  bilan  ajratiladi.  Bu  holat  ularning  o’zaro  farqli 

jihati  hisoblanadi.Quyda  ingliz  tilida  mavjud  qo’shma  gaplarni  o’zbek  tiliga  tarjima  qilish 

usullarini ko’rib o’tamiz.  

Ko’rib turganingizdek ingliz tilida  kesim ergash gaplar o’zbek tiliga ergash gaplar yordamida, 

shuningdek, teng bog’lovchilar (ayruv, zidlov) yordamida tarjima qilinishi mumkin ekan. 

 

Tarjima  jarayonida  ingliz  tillaridagi    kesim  ergash  gaplarning  strukturasi  buzulmay, 



kesim  ergash  gap  shaklida  o’zbek  tiliga  tarjima  qilinishi  mumkin  ekan.  Bu  hol  bog’langan 

qo’shma gaplarda quyidagicha: 



My mother and I went to the village, but the people there did not want to help us. [    ] 

Oyim  va  men  qishloqqa  bordik,  lekin  u  yerdagi  odamlar  bizga  yordam                berishni 

xohlashmadi. 

In twenty – four hours he was attacked by  a fever, and died three days afterwards. 

[     ] 

U yigirma to’rt soat davomida istimaladiva uch kundan so’ng vafot etdi. 

Bu  qo’shma  gap  tarkibidagi  ―was  attacked  by  a  fever‖  birikmasi  o’zbek  tilida  ―istimaladi‖ 

so’ziga  to’g’ri  kelyapti,  va  ingliz  tilidagi  ―object‖  tushib  qolyapti.  Ingliz  tilidagi  qo’shma 

gapning birinchi qismi  biroz qisqardi  



I was so angry, I left the house immediately 

[           ] 

Jahlim chiqdi, xonani darhol tark etdim. 

 

Ushbu gapda gap komponentlari soni qisqargan, ingliz tilidagi ega o’zbek tilida tushib qolgan, 

lekin kesimdan anglashiladi, ya’ni ―jahlim chiqdi‖, ―tark etdim‖ kesim tarkibidagi  –im shaxs- 

son qo’shimchasi orqali egani aniqlab olishimiz mumkin. 



  He went, but immediately returned  with a letter. 

[                  ] 

U ketdi, lekin tez orada xat bilan qaytdi. 

 

Ushbu qo’shma gap tarkibi o’zgarishlarsiz, to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinyapti. Gap 

komponentlari har ikkala tilda ham bir hil. 


28 

 

 



 

 

 


Download 485.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling