Zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti


Ingliz tilida sodda gaplar o’zbek tilidagi sodda gaplar tizimiga mos keladi


Download 485.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana10.09.2020
Hajmi485.48 Kb.
#129139
1   2   3   4   5
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida qoshma gaplar hajmi qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari


Ingliz tilida sodda gaplar o’zbek tilidagi sodda gaplar tizimiga mos keladi.  

She works.                    I write a letter. 

U ishlaydi.                   Men hat yozaman. 

Biz  hozirgi  paytdagi  qo’shma  gaplarni  o’rganib  ularni  qiyoslashga  harakat  qilamiz. 

Tilshunoslikda  bu  turdagi  gaplar  ko’pchilik  olimlar  tomonidan  o’rganib  kelinayotgan 

hodisalardan biridir.  



10 

 

Qo’shma gaplar va ularga ta’riflar ko’plab olimlar tomonidan ancha yillardan beri talqin qilib 



kelinayotgan  bo’lsada,  hozirgi  kunda  ham  bu  masala  muhokamali  mavzulardan  biri  bo’lib 

qolmoqda. 

XIX  asrning  o’rtalarida  gaplar  tuzilishiga  ko’ra  tasniflangan  va  ular  murakkab  gaplarni 

tashkil  etgan  bo’laklar  ―Clause‖  lar  ega  va  kesimdan  iborat  ekanligini  ko’rsatganlar.  Bu 

masala bilan HUZ, FRUZ kabi olimlar ham shug’ullanganlar.  

Bizga ma’lumki, bizgacha qo’shma gaplar har ikki tilda ham mukammal o’rganilgan. Qo’shma 

gaplarni ko’plab olimlar o’rganib, bog’langan qo’shma gaplar, ergash gapli qo’shma gaplar, 

bog’lovchisiz qo’shma gaplar kabi turlarga ajratganlar. Rus olimi Kaushanskaya bog’langan 

qo’shma gapni quyidagicha ta’riflagan:‖ A Compound sentence is a sentence which consists of 

two or more clauses coordinated each other.‖ 

        Ikki va undan ortiq sodda gaplarning birikuvidan hosil bo’lgan gaplar gaplar qo’shma 

gaplar deyiladi.  Sodda gaplarda monopredikativ  munosabat mavjud bo’lsa, qo’shma gaplarda 

esa polipredikativ munosabatlar mavjud. Ya’ni                       G.G. Pocheptsovning 

ta’kidlashicha, ―Sodda gaplarda monopredikativlik, qo’shma gap tarkibida esa polipredikativlik 

xususiyatlari namoyon bo’ladi‖. 

        Qo’shma gap qismlarining ikki xil birikish usullari mavjud: 

A)  Parataksis (parataxis) 

B)  Gipotaksis (hypotaxis) 

      Parataksis – grekcha so’z bo’lib,bog’lanish,qator tizish degan ma’noni ifodalaydi. Bunday 

qurilmalar qismlari orasida turli mazmun munosabatlarining ifodalanishida shu qismlar 

tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi va o’rinlashishi, ularning semantik va grammatik o’zaro 

munosabati , ayrim leksik tarkibidagi gap bo’laklarining ma’nosi  va o’rinlashishi, ularning 

semantik  va grammatik o’zaro munosabati, ayrim leksik elementlarning qo’llanilishi, gaplarning 

intonatsiyasi kabi omillar asosiy rol o’ynaydi. 



Kecha o’zining qora pardasini yig’ishtira boshladi va ufq oqara boshladi 

The door of Henry’s lunch-room opened and three men came in. 

Gipotaksis so’zi ham grekcha bo’lib, gaplarning o’zaro ergashtiruvchi   vositalar yordamida 

tobelashishini anglatadi. Ergash gap bosh gap izohlaydigan va mazmunan unga tobe bo’lgan 

qismdir. Ergash gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog’lanadi. 



Yaproqlar shunday tovlanadiki, ko’zni quvontiradi. 

I have come to you, because I knew from reading your accounts that you are Mr. Sherlock 

Holmes’s most Intimate acquaintance. 

11 

 

Ingliz tilida qo’shma gaplar atamasi ilk bor Poutsma tomonidan bog’langan (compound) va 



ergash gapli qo’shma gaplarning (composite) har ikkalasi uchun ham qo’llanilgan va buning 

natijasida sodda (simple), bog’langan (compound) va ergash gapli (composite) qo’shma gaplar 

klassifikatsiyasi vujudga kelgan. Bu klassifikatsiya ingliz grammatikasida XIX asrning 

o’rtalarida  paydo bo’ldi. Lekin an’anaviy til vakillari boshidanoq  bu tasnifda bog’langan 

qo’shma gapga berilgan ta’rifning to’g’ri emasligini anglab yetishgan. Ularning fikricha 

bog’langan qo’shma gaplar sintaktik jihatdan mustaqil bo’lgan, teng bog’langan gaplardan 

tashkil topadi. Bizga ma’lumki, hozirda bog’langan qo’shma gap yaxlit sintaktik butunlikdir. 

 

The story was amusing but nobody laughed. 

 

Ingliz tili qo’shma gaplarini tasniflashda barcha tilshunoslarning qarashlari mavjud. 



Jumladan,N. A. Kobrina, E. A. Korneyevalar qo’shma gaplarning quyidagi turlari mavjudligini 

ko’rsatadilar. 

1. The  Compound Sentences 

2. Linked Independent Sentences 

3. The Complex Sentence. 

4. Structural Patterns of the Complex Sentence. 

5. The Complex Sentence with Substantive Clauses. 

6. The Complex Sentence with a Subject Clause. 

7. The Complex Sentence with a Predicative Clause. 

8. The Complex Sentence with an Object Clause. 

9. The Complex Sentence with a Complement Clause. 

10. The Complex Sentence with an Attribute Clause. 

11. The Complex Sentence with an Adverbial Clause. 

12. Cases of Structural Arrangements Intermediate between Coordination and Subordination. 

13. Inserted Clauses Modelled on the Pattern of Subordinate Clauses. 

 

G.Svit qo’shma gaplarni bog’langan va ergash gapli qo’shma gap turlarini farqlaydi. U 



sodda gaplar ikki xil bo’ladi deb hisoblaydi. 

 

A) independent (hokim) 



 

B) dependent (tobe) 

 When I came back, I found no one at home 

When I came back -  dependent,  I found no one at home - independent 

 

Kaushanskaya ta’kidlaydiki, bir va undan ortiq tobe gap, hamda bosh gapdan tashkil 



topgan gaplar ergash gapli qo’shma gaplar deyiladi. U ergash gapli qo’shma gaplarning quyidagi 

turlarini farqlagan. 

       The complex sentence with subject clauses. 


12 

 

       The complex sentence with predicative clauses. 



       The complex sentence with Object clauses. 

       The complex sentence with attributive clauses. 

       The complex sentence with attributive relative clauses. 

The complex sentence with attributive appositive clauses. 

The complex sentence with adverbial clauses. 

a)  adverbial clause of time 

b)  adverbial clause of place 

c)  adverbial clause of cause 

d)  adverbial clause of purpose 

e)  adverbial clause of condition 

f)  adverbial clause of concession 

g)  adverbial clause of manner 

h)  adverbial clause of comparison. 

Har ikkala tilda ham  yana shunday gaplar borki, ularning tarkibida ham teng, ham tobe 

munosabat mavjuddir. Bu gaplarni G’.M. Hoshimov The Mixed Sentences (aralash qo’shma 

gaplar) deb atagan bo’lsa, Kaushanskaya The compound- complex sentence (bog’langan ergash 

gapli qo’shma gaplar) deb ataydi. 

 

Pooh was very proud when he heard this and he felt that Heffalump was as good as 



caught already but there was just one other thing which had to be thought about 

 

Hamroyev:  ―Ikki  yoki  undan  ortiq  sodda  gaplarning  mazmunan,  grammatik  va  ohang  jihatidan 

birikuvidan tuzilgan gap qo`shma gap deyiladi‖,- deya ta’kidlagan. 

Dekabr boshlanib, qish o`z  hukmini o`tkaza boshladi. 

Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo’shma gap tarkibida ikki va undan 

ortiq ega va kesim birligi (ya’ni grammatik asos) qatnashadi. 

Qo’shma  gap  tarkibidagi  sodda  gaplarni  bog’lovchi  vositalar  quyidagi  guruhlarga  bo’linishi 

mumkin: 

1)  bog’lovchilar (teng va ergashtiruvchi bog’lovchilar); 

2)  bog’lovchi  vazifasidagi  vositalar  (yuklamalar,  bo’lsa,  esa,  deb  so’zlari,  nisbiy  so’zlar, 

ko’makchili qurilmalar, fe’l shakllari); 

3)  ohang. 

  Mazmun  munosabati  va  bog`lovchi  vositalarining  qo`llanishiga  ko`ra  qo`shma  gaplar 

3xil bo`ladi: 


13 

 

 1) bog`langan qo`shma gaplar; 



 2) ergash gapli qo`shma gaplar; 

 3) bog`lovchisiz qo`shma gaplar. 

                      Bog`langan qo`shma gaplar va ularning turlari. 

            Teng munosabatdagi  sodda  gaplarning o`zaro teng bog`lovchilar  yoki  shu  bog`lovchilar 

vazifasidagi vositalar yordamida bog`lanishidan tuzilgan qo`shma gap bog`langan qo`shma gap 

deyiladi: 



Kechasi qalin qor yog`di, lekin havo sovimadi. 

Tarkibidagi  sodda  gaplarning  o`zaro  mazmun  munosabatiga  ko`ra  bog`langan  qo`shma  gaplar 

quyidagi turlarga bo`linadi: 

1.Biriktiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: 

Bunday qo`shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o`zaro va, hamda bog`lovchilari, ham, -u(-yu), -



da  yuklamalari  yordamida  bog`lanib,  payt,  sabab–natija  munosabatlarini  ifodalaydi,  shuning 

uchun ikkinchi qism oldidan ―natijada‖ so’zini keltirish mumkin: 



Mashg`ulotlar tugadi va hamma o`z uyiga tarqaldi. 

(Mashg’ulotlar tugadi, natijada hamma o’z uyiga tarqaldi) 

Odam qo`li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo`ldi. 

(Odam qo’li tegdi, natijada tashlandiq yerlar obod bo’ldi.) 

Qattiq izg`irin ko`tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo`ydi. 

2. Zidlov munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: 

Bunday  gaplar tarkibidagi  sodda  gaplar o`zaro  ammo, lekin,  biroq,  bog`lovchilari,  -u(-yu), -da 

yuklamalari yordamida bog`lanadi:  

Yurtimizning buguni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo`ladi. 

3.Ayiruv munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: 

Bunday  gaplardagi  sodda  gaplar  o`zaro  ayiruv  bog`lovchilari  (goh…goh,  yo…yo,  yoki….yoki, 



ba`zan…ba`zan,  dam…dam,  yoxud…yoxud)  yordamida  bog`lanadi.          Ayiruv  bog’lovchili 

bog’langan  qo’shma  gaplar  voqea  –  hodisalarning  galma  –  gal  bo’lishini  yoki  ulardan  biri 

bo’lishini ifodalaydi: 

Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerda garmon tovushi eshitilib qolar edi. 

4.Inkor munosabatli bog`langan qo`shma gaplar: 

Bunday  gaplar  qismlari  o`zaro  na  inkor  yuklamasi  yordamida  bog`lanadi  va  orasiga  vergul 

qo`yiladi: 

Na suv bor, na biron yemish qolibdi. 

5. Bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan qo’shma gaplar. 


14 

 

Bunday  qo’shma  gaplar  qismlari  o’rtasida  zidlash  yoki  qiyoslash  munosabatlari  ifodalanadi. 



Bo’lsa, esa so’zlari qiyoslanuvchi so’zdan keyin keladi: 

Ertoyev  qo’llarini  siltab  va’z  aytmoqda,  ular  esa,  ichki  bir  tug’yondan  qaltirab,  cho’yan 

haykalday qotib turishardi. (O.Y.) 

          Ergash gapli qo`shma gaplar va ularning turlari 

 

Birdan  ortiq  sodda  gaplarning  mazmun  jihatdan  tobe-hokim  munosabati  asosida,  ya`ni  birining 

boshqasiga ergashishidan tuzilgan  qo`shma gap ergash gapli qo`shma gapdeyiladi. 

Ildiz oziq bersa, novda ko`karar. 

Ergash gapli qo’shma gaplar bosh gap va ergash gapdan tashkil topadi. Boshqa gapni o’ziga tobe 

qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap 

deyiladi:  Ukam  kelsa,  mashg’ulotni  boshlaymiz.  Bu  gapda  Ukam  kelsa  gapi  ergash  gap, 



mashg’ulotni  boshlaymiz gapi  esabosh  gap. Ergash gap bosh  gapni  butunicha  yoki  uning biror 

bo’lagini izohlaydi. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: 



 Biz, hamma yig’ilgach, yo’lga tushamiz. 

 Bu gapda ergash gap bosh gap ichida kelgan. 

Ergash  gaplar  bosh  gaplarga  chunki,  shuning  uchun,  -ki,  agar,  garchi,  mabodo,  go’yo(ki),  kabi 

ergashtiruvchi bog’lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, 

yuklama,  ko’makchilar,  turli  vazifadagi  ko’rsatish  olmoshlari,  kim,  -u,  qanday  –  shunday, 

qancha – shuncha, qaysi – o’sha, qayerda – u yerda kabi bir–biriga ishora ma’nosini bildiradigan 

so’roq olmoshlari va ko’rsatish olmoshlari yordamida bog’lanadi. 

Ergashgan qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: 



1.Ergashtiruvchi  bog`lovchili  ergash  gapli  qo`shma  gaplar  qismlari  o`zaro  sabab, 

maqsad,  qiyoslash-chog`ishtiruv    bog`lovchilari  orqali  bog`langanda,  bu  bog`lovchilar  bosh 

gapdan keyin kelgan ergash gap boshida keladi: 



 Gulsum  opa  hammadan  ko`ra  bu  odamning  mana  shunday  kishi  ko`nglini 

ovlamoqchi  bo`lishidan  qo`rqardi,  chunki  buning  tagida  hamisha  bir  yomon  gap,  bir  sovuq 

xabar yotardi. 

                                                 (U.Nazarov. CHayon yili,7-b) 

2.Ko`makchili  qurilmalar  vositasida  bog’langan  ergash  gapli  qo`shma  gaplar 

qismlari  bosh  gap  tarkibida  keladigan  shuning  uchun,  shu  sababli,  shu  bois,  shu  tufayli  kabi 

qurilmalari orqali bog`lanadi: 

Zinnatullining ishi shoshqich emas, shu bois ikkinchi hukm unga nasib etdi. 

3.Deb so`zi yordamida  bog’langan  ergash gapli qo`shma gaplar  qismlari  ergash  gap 

tarkibida keladigan deb so`zi orqali bog`lanadi: 



15 

 

Sharif ham shunday o`ylamasin deb, hanuz gapirganim yo`q. 



4. Shart mayli vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplar qismlari ergash gap 

kesimi  tarkibida keladigan –sa, qo`shimchasi yordamida bog`lanadi: 



Bola o`qisa, foydasi o`ziga, keyin ota-onasiga tegadi. 

         5. Ko`rsatish olmoshi vositasida bog’langan ergash gapli qo`shma gaplarqismlari bosh 

gap tarkibida keladigan ko`rsatish olmoshi va–ki yuklamasi orqali bog`lanadi: 



Alam qiladigan yeri shuki, bu qo`rg`onni ko`z oldimizda tiklashdi. 

6. Nisbiy so`zli ergash gapli qo’shma gaplar qismlari bosh va ergash gaplar tarkibida ―savol-

javob‖ juftligini hosil qilib, bir-biriga nisbatan  qo`llanuvchi   qaysi-o`sha, kim-u, nima –o`sha , 



qanday- shunday, qayerda- shu yerda, qancha –shuncha, qanday-shunday kabi nisbiy so`zlar va 

sa qo`shimchasi yordamida bog`lanadi: 



Kimki boshqalar taqdiriga o`z taqdiridek, boshqalar shodligi va qayg`usiga o`z shodligi 

va qayg`usidek qarar ekan, u chinakam insondir. 

 

Kesim ergash gapli qo`shma gaplar 

Bosh  gap  tarkibidagi  kesim  vazifasida  qo`llangan  ko`rsatish  olmoshining  ma`nosini  izohlab 

keluvchi  ergash  gapga  kesim  ergash  gap  deyiladi.  Kesim  ergash  gap  bosh  gapga  ko`rsatish 

olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi: 

Toleim shulki, jahonda bir guliston tanladim. 

                        Ega ergash gapli qo`shma gaplar 

Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi 

ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yoki bosh 

gap kesimi tarkibida keluvchi –ki yuklamasi  yordamida bog`lanadi.  

Qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi. 

                           Hol ergash gapli qo`shma gaplar 

 

Bosh  gap  tarkibida    hol  vazifasida  qo`llangan  ko`rsatish  olmoshining  ma`nosini  izohlab 



keluvchi  yoki  bosh  gap  orqali  ifodalangan  mazmunning  sababi,  maqsadi,  sharti,  payti,  holati, 

miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gaplar deyiladi. 

To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gaplar 

      Bosh  gap  tarkibida  to`ldiruvchi  vazifasida  qo`llangan  ko`rsatish  olmoshining  ma`nosini 

izohlab  keluvchi  ergash  gaplarga  to`ldiruvchi  ergash  gaplar  deyiladi.Bilinki,  jim  turib  salomat 

bo`lish, gapirib malomatga qolishdan afzalroq. 

       Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gaplar 

Bosh  gap  tarkibida  aniqlovchi  vazifasida  qo`llangan  ko`rsatish  olmoshining  ma`nosini  izohlab 

keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap deyiladi. 



16 

 

Odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar. 



 

                 Bog`lovchisiz qo`shma gaplar va ularning turlari 

     Maxsus  bog`lovchi  vositalarsiz  asosan  ohang  yordamida  birikkan  sodda  gaplardan  tuzilgan 

qo`shma gaplar bog`lovchisiz qo`shma gaplar deyiladi. Bunday qo`shma gap qismlari ohangdan 

tashqari ayrim so`zlarning takrorlanishi, gap qurilishi umumiy bo`laklar vositasida birikadi.  



Kech kirdi,tevarak-atrofga qorong`ulik tusha boshladi. 

 

             Bog`lovchisiz qo`shma gaplar quyidagi turlarga bo`linadi: 



1.  Bog`langan  qo`shma  gapga sinonim bo`lgan bog`lovchisiz qo`shma gap: 

Tig` yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi. 

 

2.  Ergash gapli qo`shma gapga sinonim  bo`lgan  bog`lovchisiz  qo`shma gap: 



Qor yog`di-don yog`di. 

 

3.  Bog`lovchili  qo`shma  gapga  sinonim  bo`lmagan  bog`lovchisiz  qo`shma  gap:  Xushxabar  olib 



keldim: garnizon yanchidi. 

 

 

 



 

Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha bo`ladi: 

 

  1.    Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari   bir paytda  yoki ketma-ket   yuz bergan voqea-



hodisalarni  ifodalasa, ular orasiga vergul qo`yiladi: 

 

Arava hijirlab borar, aravakash esa xirgoyisini bir zumga ham to`xtatmas edi 

 

2.      Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari o`zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo`lsa, 



ular orasiga nuqtali vergul qo`yiladi: 

Yomg`ir chelakdan quyganday sharillab yog`ardi; uning xayoli  uzoq yoshlik paytlarida 

kezar edi. 

3.          Bog`lovchisiz  qo`shma  gapning  ikkkinchi  qismi  birinchi  qismning  sababini  bildirsa, 

izohlasa, to`ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo`yiladi: 

 

Gap shu: ertaga men bilan yo`lga chiqasiz. 


17 

 

4.Agar  bog`lovchisiz  qo`shma  gap  qismlari  o`zaro  zidlik  yoki  o`xshashlik    munosabatiga 



kirishgan bo`lsa, ular orasiga tire qo`yiladi: 

Qor yog`di- don yog`di. 

Yoshim yetmish ikkida-o`zim yigitman. 

 Yuqoridagi  olingan ma’lumotlarga  asoslanib,  shunday xulosaga kelishimiz mumkinki,  har ikki 

tilda ham qo’shma gaplar tuzilish jihatdan yetarlicha yoritilgan.   

 

1.2Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma qaplar hajmi masalasi. 



 

 

Qo’shma gaplar nazariyasida shuningdek, professor G’.M. Hoshimov tomonidan 



yaratilgan ―taksemik nazariya‖ ham mavjud bo’lib, bu nazariya asosan mavjud qo’shma 

gaplarning tuzilish jihatidan hajmi masalasi tadqiq qilingan 

Professor G’.M. Hoshimovning olib brogan ilmiy tadqiqoti o’zi tomonidan yaratilgan 

taksemik birliklar nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, u zamonaviy tilshunoslikning dolzarb 

masalalaridan biri – qo’shma gaplar tipologik va umumiy sintaksisi nazariy asoslarini 

yaratishga hamda ― Turli tizimdagi tillarda qo’shma gap tipologiyasi‖ mavzusiga 

bag’ishlangan. U qo’shma gaplarning ko’pchilik olimlar tomonidan hanuzgacha e’tiborga 

olinmay kelinayotgan so’z kabi yaxlit belgilik xususiyatiga jiddiy ahamiyat berib , shu 

asosda tadqiq etilayotgan birliklarga yondashishni qat’iy tamoyil qilib qo’ygan, natijada 

ularning bir qator munozarali jihatlariga jumladan, qo’shma gaplarning struktural – semantik 

tasnifi va tavsifi, ularning umumsintaktik maqomini tashkil etuvchi komponentlarning 

lisoniy tabiati, bog’lovchi vositalar turlariga o’zgacha yondoshib tegishli xulosa va 

yechimlarga kelgan. Uning tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, sintaksis va uning birliklari bo’lgan 

monotaksema va politaksemalar har qanday til uchun universal daraja hisoblanadi. Taksema 

(taxeme) so’zida ko’pgina lingvistik birliklarni mujassamlashtirgan sintaktik birlik bo’lib, 

eng kamida bitta ega va bitta kesimdan iborat bo’ladi. Monotaksema (monotaxeme) bir ega-

kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap – sodda gap bo’lsa, politaksema (polytaxeme) esa bir 

necha ega kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap –  qo’shma gapdir.  

Politaksema o’z navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), 

gipotaksema (hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), 

ultrotaksema (ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga 

bo’linadi. Quyida yuqoridagilarga batafsil to’xtalamiz. 

 

Kollotaksema (collotaxeme) – tarkibida ikkita bog’lovchisiz taksema mavjud bo’ladi. 


18 

 

 



Yuragida qanday dardi bor – mana bu menga sir.                                                                                                                               

(Oybek,‖Qutlug’ qon‖,89-b)          

 

Parataksema (parataxeme) –  tarkibida ergashtiruvchi elementlar bo’lmaydi faqatgina 

teng bog’lovchilar yoki bog’lovchilarsiz bog’langan gaplar bo’ladi. 

 

My father works at plant and my mother works at school. 

 

Otam zavodda ishlaydi va onam maktabda. 

 

Gipotaksema (hypotaxeme) – tarkibida ikkita ergashish yo’li bilan bog’langan sodda gap 

bo’ladi. Unda turli ergashtiruvchi bog’lovchilar ishtirok etadi. 

 

I know that you are afraid of him. 



 

Men shuni bilamanki, siz undan qo’rqasiz. 

 

Gipertaksema (hypertaxeme) –  tarkibida uchta sodda gap mavjud bo’ladi. Ular 

bog’lovchili yoki bog’lovchisiz, tobe yoki hokim gap bo’lishi mumkin. 

 

He works a lot of overtime because his rent is so expensive and his wage was a little. 

 

U juda ko’p ishlaydi, chunki ijara haqi juda qimmat va maoshi juda oz. 

 


Download 485.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling