Zbek isto n respu blikasi fanlar akad em iyasi
ega. Ma'no esa tovush kompleksining predmet eki hodisa bilan inson tomonidan
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilni sistema sifatida o\'rganish. Nurmonov A, Usmonova H, Boboxonova D.
ega.
Ma'no esa tovush kompleksining predmet eki hodisa bilan inson tomonidan o'matilgan shartli aloqasidir. Lingvistik belginiig moddiyligi Har qanday lingvistik belgi akustik xossaga ega. Uning akustik xossasi, kishilar xotirasida saqlanadi va nutq jarayonida ma'lum chiziqlikdagi tovush to'lqini sifatida namoyon bo'ladi. Uning moddiy mavjudligi tovush to'lqinining cho'ziqligiga teng. Kipshlar xotirasida mavjud bo'lgan u yoki bu belgidan foydalanish jarayonida har qaysi belgi iio'zlovchi tomonidan xar safar yangidan hosil qilinadi. So'zlovchi xotirasida ma'lum belgi akustik xossasi haqida oldindan ma'lumotning tmivjudligi va so'zlovchi uni talaffuz qilish ko'nikmasita ega bo'lishi bu belgining xar safar hosil qilish imkoniyatini yaratadi, shuning uchun ham har bir belgi bir necha “nusxa”da namoyon bo'lish xususiyatiga ega. Til belgisining “ko'p nusxaliligi” alohida "nusxalar"ni (konkret belgilami) shu belgining variantlari deb qarashga imkon beradi. Bu belgining umumlashgan obrazi har qaysi variantlarda, albatta, takrorlanadigan umumiy xususiyatlami aks ettiruvchi invariant sifatida gavdalanadi. M ngvistik belgi invarianti ideal predmet, "aqliy narsa", mohiyatidir. U shu belgining mavhum shakli hisoblanishi mumkin. Masalan, o'zbek tilida q-a- |-M-m tovush qatori yozish quroli haqida ma'lumot beruvchi belgidir. Bu belgi turli shaxslar tomonidan nutq tempi va balandligi, so'zlovchi nutq npimitining o'ziga xosligiga ko'ra turli sharoitda talaffus qilinganda, uning 31 tovush qiyofasi muayyan chegaragacha turli darajada o'zgarishga uchraydi. Lekin so'zlashuvchilar talaffuzning har qaysi holatida ham ulaming bir belgi ekanligini anglaydilar. Buning sababi so'zlovchilarda shu belgining umumlashgan obrazi haqida oldindan ko'nikmaning mavjud bo'lishidir. Ko'pchilik lingvistik adabiyotlarda mavhum belgi til birligi, konkret belgilar, yoki mavxum belgilaming "turli nusxalari", variantlari nutq birligi sifatida talqin qilinadi. Mavhum va kenkret birliklar o'rtasida gavdalantirish va namoyon bo'lish munosabati borligi aytiladi. Kenkret birliklar mavxum birlikni namoyon qiladi. Mavhum birliklar konkret birliklami gavdalantiradi. V. M. Solntsev lingvistik belgani mavhum va konkret belgilarga ajratishga tanqidiy munosabatda bo'ladi. Uning fikricha mavhum belgi quruqdir. CHunki uning yordamida aloqa qilish mumkin emas. SHuning uchun ham agar til mavhum birliklami o'z ichiga oladi deb hisoblansa, u vaqtda tilga aloqa vositasi sifatida qarab bo'lmaydi. Nutq aloqa jarayoni sanaladi. Doimo til vositalari yordamida nutqni hosil qilamiz. Y A'ni gap hosil qilishda bizga ma'lum bo'lgan so'z, konstruktsiya, qoidalarlardan foydalanamiz. SHuning uchun ham nutq harakatdagi, amaldagi tildir, til mohiyat, nutq hodisa deyish mumkin. V. M. Solntsev ta'kidlaganidek, til va nutq munosabati vosita va bu vositaning qo'llanish munosabatidir. SHuning uchun ham aloqa jarayonida yaratiladigan (talaffuz qilinadigan) konkret moddiy belgi real aloqa vositasi sanalib, bir vaqtning o'zida belgining moddiy sistemasi sifatidagi tilga ham taalluqli bo'ladi. Til belgisida uzluksiz makon va zamonda mavjud bo'lish xususiyatining yo'qligi uning "saqlanishi" ga qulaylik tug'diradi. Biz xotiramizda sezgi a'zolarimiz bilan sezadigan moddiy belgining o'zini 32 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling