Belgi turlari
XIX asrdagi belgilar sistemasiga bag'ishlangart
falsafiy asarlar
orasida CH. S. Pirsning asari alohida ajralib turadi. Semiotikaning asoschisi
sanaluvchi CH. Morrisning CH. S. Pirs qarashlariga tayanishi ham bejiz
emas. Garchi F, de Sossyurning "Umumiy lingvistika kursi" asarida CH. S.
Pirs asarlariga
ishora sezilmasa ham, ammo bu ikki olimning belgilar
haqidagi qarashlarida bir-biriga juda o'xshashlik bor.
SHuning uchum ham
R.O. YAkobson "Ikki olimning (Sossyur va Pirsning A. N.) belgilar
sistemasini o'rganishdagi harakatida qandaydir
genetik aloqa bormi yoki,
fikriy munofiqlikni uchratamizmi, degan masalani
hal qilish juda qiziqarli
bo'lar edi", - degan edi.
CH. Pirs belgilami birinchi marotaba tasnif qiladi. U belgilami
tasnif qilishda belgining moddiy tomoni (ifodalovchi) bilan ma'no
tomoni
bo'lgan ifodalanmish o'rtasidagi farqlanishga asoslanadi. Ana shu belgi
asosida CH. Pirs belgilarii uch katta gruppaga ajratadi.
1. Sanam belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ma'lum darajada
ifodalanmish bilan o'xshashlikka ega bo'ladi: (Masalan,
hayvonlaming
tasvir belgisi sifatida aks ettirilishi).
2. Indeks-belgilar. Bunday belgilarda ifodalovchi ifodalanmish
bilan sabab-natija yoki boshqa munosabat (yaqinlik,
makon va zamondagi
bog'liqlik va boshqalar) orqali bog'lanadi. Masalan, tugun olovning indeks
belgisi sanaladi.
3.
Simvol-belgilar.
Bunday
belgilarda
ifodalovchi
bilan
ifodalanmish o'rtasida shartli, konventsional,
motivlanmagan munosabat
mavjud bo'ladi. Bu munosabat erkin va ma'lum qoida asosida vujudga
keladi.
Lingvistik belgilar simvol-belgilarga mansubdir.
18