Zbek isto n respu blikasi fanlar akad em iyasi
Tilning belgilar sistemasi ekanligi
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilni sistema sifatida o\'rganish. Nurmonov A, Usmonova H, Boboxonova D.
Tilning belgilar sistemasi ekanligi
Til kishilar o'rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U ob’ektiv borliqdagi ma'lum voqea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Bundan axborot tashishning boshqa yo'llari ham borligi m a’lum bo'ladi. Masalan yo'l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar, yo'ldan o'tish- o'tmaslik xabarini beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasida turadi. Ulaming hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o'zi haqida va shu bilan birga borliqdagi ma'lum narsa-hodisalar haqida ma'lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Inson o'zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi. Tilning belgilar sistemasi ekanliga uning asosiy xususiyati va universal tomonidir. XIX asr oxiriga qadar belgi nazariyasi bilan asosan faylasuflar shug'ullandilar. Faqat XIX asr oxiridan boshlab bu masala ruxshunoslaming ham diqqatini jalb qildi. Belgi haqidagi falsafiy nazariya o'zining uzoq tarixiga ega. Qadimgi ellinlar narsaning mohiyati va ulaming nomlanishi 14 yuzasidan ilmiy baxslaridayoq yashirin holda belgi tushunchasiga asoslangan edilar. Faylasuflar ta'sirida XIX asrdan boshlab tilning umumiy nazariyasiga bag'ishlangan deyarli barcha lingvistik asarlarda so'z ikki tomonlama haraktsrga ega bo'lgan belgi sifatida talqin qilina boshlanadi. V. Gumbol’dt, A.SHleyxer, SHteyntal’, L. Breal, A. Meye, F. Fortunatov, I. A. Boduen de Kurtene, N. Krutlevskiy asarlarida so'zga belgi nuqtai nazaridan yondashiladi. Lekin F. de Sossyur tilning belgili tabiatini aniq- ravshan yoritib beradi._Xatto belgi nazariyasi bilan shug'ullanuvchi alohida fan - semiologiya fani mavjud bo'lishini va lingvistika ham semiologiya tarkibiga kirishi lozimligini ta'kidladi. Bir tomondan, strukturalizmning muvaffaqiyatli, ikkinchi tomondan, semiotika fanining rivojlanishi tufayli, 50-yillardan boshlab belgi muammosiga qiziqish yanada ortdi. Lingvistik muammolarii semiotik aspektda o'rganish lingvistikaning o'zining ham o'mini o'zgarishiga olib keldi. U ham "inson bilimlari" sistemasida markaziy o'rin oluvchi fanga aylandi. Hozirgi kunda belgining turli aspektlarini hisobga oluvchi turli ta'riflari mavjud. Uning hamma qirralarini hisobga olgan holda YU. S. Maslov shunday ta'rif beradi: "Belgi - bu idrok qilanadigan narsa bo'lib, idrok qiluvchiga o'zi xaqida va ushbu belgadan tashqarida bo'lgan boshqa narsa haqida ma'lumot beruvchi vositadir". Belgini aniqlashda, uning ikki xususiyati ko'rsatiladi: Belgining birinchi belgisi idrok qilinishdir. Demak, u idrok qilinishi uchun ma'lum moddiy asosga ega bo'lishi kerak. Belgining moddiy asosi turlicha bo'lishi mumkin; tovush (akustik), qo'rish (optik), maza (gustator) va boshqalar. Belgining ikkinchi xususiyati o'zi haqida va boshqa ob'ekt haqida 15 ma'lumot berishdir. Anglashiladiki, har qanday belgida o'zaro ma'lum munosabatda bo'lgan ikki ob'ekt mavjud bo'ladi, Ob'ektlar o'rtasidagi munosabat ikki xil: sabab-natijali munosabat va shartli munosabat. Sabab- natijali munosabatda o'zaro munosabatda bo'lgan ob'ektlar motivlangan, shartli munosabatda esa motivlanmagan bo'ladi. Ob'ektlar o'rtasida bu ikki munosabatni quyidagi sxemalar orqali ifodalash mumkin. Demak, belgilar ob'ektiv reallikdagi o'zi aks ettirgan ob'ektga munosabatiga ko'ra motivlangan va motivlanmagan belgilarga bo'linadi. Masalan, tutunni к о 'rib, yong'in yoki olov haqida, o'rik gullaganini ко'rib, bahor fasli haqida: suv jimirlaganini ko'rib, baliq haqida; tosh so'zini eshitib, qattiq jism haqida tasawurga ega bo'lamiz. Birinchi ob'ektlar (tutun, o'rik guli, suv jimirlashi, tosh so'zi), ikkinchi ob'ektlar (olov yoki yong'in, bahor, baliq, qattiq jism) haqida axborot berish uchun xizmat qilyapti. Bulardan dastlabki uch o'bektlar o'rtasida (tutun va olov, o'rik guli va bahor, suv jimirlashi va baliq) tabiiy bog'lanish, sabab-natija munosabati, ya'ni ob'ektlari aloqasida motivlanish (motivatsiya) bor. Oxirgi ob'ektlar (tosh so'zi va qattiq jism) munosabatida esa tabiiy bog'lanish, sabab-natija munosabati (motivatsiya) yo'q. Ular o'rtasidagi munosabat shartli. Mashhur Amerika olimi K. Fon Frishning ma'lumotiga ko'ra asalari lar o'yini ham belgi vazifasini bajaradi. Asalari o'yinining shakli va chastotasi ozuqa manbaining masofasi va yo'nalishi haqida ma'lumot beradi. Doira shaklidagi o'yini ozuqa maibaining asalari uyasidan uzoq emasligini, yuz metr atrofida ekanligini, sakkiz shaklidagi uyini esa birdaniga ikki axborot- ozuqa manbaining masofasi yuz metrdan ancha ortiqligi va yo'nalishini bildiradi. Masofa ma’lum vaqt ichida bajarilgan o'yin shaklining miqdoriga bog'liq. Masofa uzunligi asalari uyini 16 chastotasiga teskari proportsionaldir. To'qqiz-o'nta sakkizlik bo'lsa yuz metr atrofidagi masofani, ettita sakkizlik shakli 200 metr masofani, to'rt yarim sakkizlik shakli bir kilometr masofani, ikki sakkizlik esa olti kilometr masofani ko'rsatadi. Masofa qancha uzoq bo'lsa, o'yin shuncha sekin bo'ladi. Yo'nalish esa "sakkizlik" o'qining nisbatiga ko'ra belgilanadi. Quyoshga nisbatan "sakkizlik" o'qining o'nga yoki chapga burilish burchagi yo'nalish tomonini aniq ko'rsatadi. Asalari o'yinining shakli va chastotasi bilan ular ifodalagan axborot o'rtasida ham shartli, motivlanmagan munosabat bor. SHuni ham ta’kidlash lozimki, biri ikkinchisi bilan almashinib keladigan har qanday ikki ob'ektning biri belgi bo'la bermaydi. Faqat biri o'rnida ikkinchisi muttasil almashinadigan va bu almashinuv inson ongida aks etgandagina belgilashadi. Masalan, tutun olovning belgasidir. Ammo uning belgiligi ob’ektlar o'rtasidagi tabiiy sabab-natija (sabab-olov, natija tutun) munosabati emas, balki bu munosabatning inson ongida aks etganligi, konventsionalligi uchundir. Aks holda tabiatdagi har qanday sabab-natija munosabatida bo'lgan ob’ektlar o'zlariga tabiiy ravishda belgi yaratib olardilar. Sabab-natija munosabatli (motivlangan) belgilar tabiatdagi ob'ektlar o'rtasidagi munosabatning inson ongida aks etishidan vujudga keladi. SHartli munosabatli (motivlanmagan) belgilarda esa ob'ektlar o'rtasidagi munosabat inson tomonidan hosil qilinadi. Ana shu sub'ektiv hosil qilingan aloqa belgi mazmuni (kontsept yoki signifikat) hisoblanadi. Belgi orqali ifodalangan ob'ekt esa denotat yoki referent terminlari bilan nomlanadi. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling