Zbek isto n respu blikasi fanlar akad em iyasi
Lingvistik belgilarning o'ziga xos xususiyatlari
Download 2.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilni sistema sifatida o\'rganish. Nurmonov A, Usmonova H, Boboxonova D.
Lingvistik belgilarning o'ziga xos xususiyatlari.
Motivlanmagan belgilar ichida lingvistik belgi alohida o'rin egalaydi. Lingvistik belgilar konventsionalligi bilan motivlanmagan barcha belgilar bilan umumiylikni hosil qilsa ham, ammo axborot tashish imkoniyatining kengligi, diskretligi, akustikligi, ko'psathliligi va bu sath birliklari o'rtasida pog'onali (darajali) munosabatning mavjudligi bilan boshqa motivlanmagan belgilardan farq qiladi. SHuning uchun ham lingvistik belgi alohida tipdagi belgidir. F. de Sossyur ham lingvistik belgining qurilish modelini tavsiya etib, uning ikki asosiy tamoyilini belgilaydi: ifodalanmishning erkinligi va silsilaligi. Birinchi tamoyil ifodalovchi va ifodalanmish o'rtasidagi munosabat asosida belgilanadi. Lingvistik belgining bu ikki plani o'rtasidaga munosabat antik davrdan buyon faylasuflar, ruxshunoslar va lingvistlar o'rtasida qizg'in bahslarga sabab bo'lib kelmoqda. Qadimgi grek filosoflari Geraklit nom bilan u ifodalagan predmet o'rtasida bog'liqlik bor degan tezisni olg'a surgan bo'lsa, Demokrit bu qarashni inkor qiladi va nom bilan u ifodalangan predmet o'rtasidagi munosabat erkindir, deydi. U nom bilan predmet o'rtasidagi nomutanosiblikni quyidagi dalillar bilan isbotlaydi: 1) bir predmet bir necha nom bilan atalishi mumkin (nom predmetga nisbatan ko'p, ortiqcha): 2) bir necha predmet bir nom bilan ataladi (nom predmetga nisbatan kam, etishmaydi): 3) ma’lum predmetlaming nomlari davrlar o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. 19 Bu masala bugungi kunda ham dolzarbligini yo'qotgani yo'q (ushbu muammo yuzasidan batafsil m a’lumot olish uchun "Belgining tuzilishi bo'limiga qarang"). Lingvistik belgining ikkinchi tamoyili ifodalovchining silsilaligidir. F. de Sossyur asarida bu tamoyil birinchi tamoyilga nisbatan kamroq o'rin olgan bo'lsa ham, lekin unga katta ahamiyat berildi. Lingvistik belgining silsilaligi uning boshqa belgilar bilan sintagmatik munosabatini ko'rsatadi. Lingvistik belgining bu xususiyati til va nutq aloqasiga ham ishora qiladi. Lingvistik belgining uchinchi xususiyati uning diskretligi, ya'ni mayda elementlarga ajralish xususiyatidir. Download 2.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling