Œзбекиcтон Республикаси Олий ва ¢рта махсус
Download 39.03 Kb. Pdf ko'rish
|
kasb-hunar kollejlarida stereometriya masalalarini yechishda oquvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari
3 KIRISH O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi mahruzasida Ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, Ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan ekanligi aytib o`tildi va “...Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu sohadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Sizning ehtiboringizni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qarataman. Birinchi vazifa – maktabgacha Ta’lim sohasida. Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni ehtibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi. Yaqinda tasdiqlangan dasturga ko`ra, bu yo`nalishda 2 ming 200 ta muassasaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o`quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko`rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo`yicha murakkab vazifalar turibdi. Ikkinchi vazifa – umumTa’lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o`quv yurtlaridagi o`qitish sifati bilan bog’liq. Zamonaviy o`quv reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon tsivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompg’yuter dasturlarini chuqur o`rgatish vazifalari hali sifatli va to`liq holda yechilgani yo`q. 4 Yana bir muammoni hal etish ham o`ta muhim hisoblanadi: bu – pedagoglar va professor-o`qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada Ta’lim olish, ma’naviy-mahrifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko`mak beradigan muhitni yaratish zarur. Uchinchi vazifa – Ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soha va har bir hududning zarur mutaxassislarga bo`lgan talabini to`g’ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.” Prezidentimiz “...To`rtinchi vazifa – nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o`quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish.” Bunga Fanlar akademiyasi ahzolari bilan yaqinda o`tkazilgan uchrashuvda “...ikkita asosiy vazifani hal etish zarur: birinchi – ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg’or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; ikkinchi – akademiklarni har taraflama qo`llab-quvvatlash, jumladan, moddiy rag’batlantirish bo`yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. ...Beshinchi vazifa – kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o`rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o`rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart- sharoit yaratish haqida bormoqda. Bu borada zamonaviy kompg’yuter texnologiyalari va, ayniqsa, internet tizimi bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. ...Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o`rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish masalalariga ham alohida ehtibor berish lozim bo`ladi. SHu o`rinda hammamiz 5 uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan masala, yahni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo`lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi. Ushbu masalalarni amalga oshirish uchun biz kuni kecha alohida farmoyish ham qabul qildik.[1] Kasb-hunar kollejlari o`quvchilarning bilim va ko`nikmalarini shakllashtirish, o`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishning geometriya darslarini o`qitishni yangi sifat darajasiga chiqarish zarurligi bugungi kunda matematik ta’limning asosiy muammolaridan biridir. Kasb-hunar kollejlari o`quvchilarining bilimlari sistemasida geometriyadan beriladigan bilimlar o`zining uzviylik printsipi nuqtai nazaridan qolgan bilimlarni tarkib topishiga, rivojlanishiga yordam beruvchi, tiplovchi sifatida qatnashib, fanlararo aloqadorlik printsipini, o`quvchilarda geometrik ko`nikma va malakani, o`quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishni ta`minlovchi bilimlar to`plami sifatida qatnashadi. Kasb-hunar kollejlari o`quvchilarning planimetriyaga doir geometrik malaka va ko`nikmalari, fazoviy tasavvurlari masalalar yechish orqali rivojlanadi, shuning uchun ham stereometriyani o`qitishda planimetriya masalalarining axamiyatiga chuqurroq qaramoq kerak. Fazoviy tasavvurlarni xosil qilish, o‘stirishda ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish, fazoviy tasavvurlarni rivojlantish borasida bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Bu boradagi ilmiy tadqiqotlarini o‘quv jarayoniga qo‘llash bo‘yicha mavjud ilmiy ishlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonida bunday dasturiy vositalardan foydalanish masalasiga asosan jahon miqyosida yangi pedagogik texnologiyalarga o‘tish bilan bog‘liq muammo sifatida e’tibor berilgan va buborada sezilarli natijalarga erishilgan. Bu siraga kiruvchi e’tiborga loyiq pedagogik ishlarda keyingi yillarda Rossiyalik olimlarning alohida hissasi bor deb aytish mumkin. Ular qatoriga masalan, GordonV.O., Semensov- 6 OgievskiyM.A., IvanovYu.B., SolnsevaT.E., Lager A.M. Levitskiy B.C., LoktevO.V., RomanыchevaE.T, IvanovA.K., KulikovA.S., PopovaG.N., AlekseevS.Yu., ChekmarevA.A., MixaylovN.G va boshqalarni kiritish mumkin. Tavsiya etilayotgan metodikada geometriya fanini o‘qitishda belgilangan mavzularni yangi metodlar asosida yortilsa o‘quvchila uchun fanni o‘zlashtirish nafaqat oson balki puxta bilim va malakalarga ega bo‘ladilar. Masalam, tekis parallel ko‘chirish usuli mavzusini o‘qitish dastlab kasb-hunar kollejlaridagi o‘quvchilarni geometriya fanini o‘qitish jarayonida ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish uchun tavsiyalarn ishlab chiqish bilan bir qancha oldinga qo‘yilgan muommolarni bartaraf qilishimiz mumkin. Bu muommolarni bartaraf bo‘lishi bilan quydagi yutuqlar amalga oshadi. Kasb-hunar kollejlaridagi o‘quvchilarda geometriya va chizmachilik fanlari hayotimizda qanchalik kerak ekanligi, hunarmandchilikdagi tutgan o‘rni, hunarmand ustalarining geometriya va chizma geometriya fanlari orqali ulardagi fazoviy tasavvurlarini mukammal rivojlanganligini, ularning buyuk meroslarini o‘rganish natijasida o‘quvchilarda fazoviy tasavvurlarini o‘sishi, rivojlanishi va ratsionalizatorlikka tayyorlashi, hozirgi davrda milliy va zamonaviy talqindagi dizaynlarini bajarish yoki bunyodga keltirish ruhida mutaxassis bo‘lib yetishib chiqishlariga imkon beradi. Bundan tashqari milliy ong, milliy qadriyat, umumbashariy qadriyatlar, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari yaratilishida ma’naviy – mafkuraviy asos qilib – halqimizning ko‘p ming yillik tarixi jarayonida amal qilib kelgan bunyodkor, taraqqiyparvar, insonparvar, milliyg‘oyalar; halqimiz ma’naviy xazinasining sarchashmalari ma’naviy – mavkuraviy asos qilib olingan shaxslarni yetishtirib chiqaradi. Ularni millilik ruxida tarbiyalaydi. Shu o‘rinda yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib geometriya fani uchun ilmiy- metodik tavsiyalar muomo sifatida qaraladi va ishlab chiqish lozimdir. Ilmiy- metodik tavsiyalar, o‘quv va uslubiy qo‘lanmalar, dars ishlanmalari ishlab chiqilsa 7 ma’ruza mazmunini boyitish va yangi materiallar bilan to‘ldirishga imkoniyat yaratadi. Ibtidoiy odamlarning qoyalar, g‘or devorlari va boshqa joylarga o‘yib ishlagan tasvirlari va ularning qoldiqlari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Bunday tasvirlar Enisey daryosining qirg‘oqlarida, Oltoyda, Qozog‘iston va O‘zbekistonning bir qator shaharlarida topilgan. Uch o‘lchovlik geometrik shakllarni (binolar, injinerlik inshoatlarini) grafik usulda shartli belgilar yordamida qog‘ozda tasvirlash va ulardan foydalanish g‘oyalari insoniyat jamiyatining rivojlanishida ko‘p asrlik tarixiga ega. Misol tariqasida eramizdan avvalgi 2400 yilga mansub bo‘lgan Tellodagi (Janubiy Vavilon) yaratilgan ikkita haykalni keltiramiz. Shu haykallarning tizzalarida bittadan plita bo‘lib, ulardan birida bino plani va uning mashtabi tasvirlangan. Shuningdek, Ramzesning maqbarasida (er.av. 1400 yil) binoning fasadi tasvirlangan bo‘lib, bu tasvir ortogonal proeksiyalarda bajarilgan . Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlash usullari haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlarni dastavval Esxil (er.av. 525-456 yillar), Anaksagar (er.av. 500-428 yillar), Demokrit (er.av. 460-380 yillar) yaratilgan. Biroq bizning davrimizgacha yetib kelgan dastlabki asar kuzatish perspektivasi haqidagi asar bo‘lib uni (er.av. 400 yillarda) Eliodora, Larisski yaratganlar. Evklid (er.av. III asrda) o‘zining “Optika” asarini yaratadi. Bu asarda narsalarning shakllari va o‘lchamlarini ko‘rish qonuniyatlari 12 ta aksiomava 61 ta teoremada bayon qilingan. Umuman Evklidning “Negizlari” 3 o‘lchovli fazoni o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyo olimlaridan Abu Rayhon Beruniy o‘zining ilmiyishlarida proeksiyalar metodini tatbiq qilib, chizmalar chizgan va amalda chizmalardan keng foydalangan. U jismlarning chizmalarini chizishda ularining ko‘rinishlariga e’tibor berish kerakligi haqida fikrlab, quydagi hulosaga kelgan. “To‘g‘riburchakli oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir jonivor turibdi deb, faraz qilinsa u 8 holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, o‘ngi, so‘li, ustki va ostki bo‘ladi”. Abu Rayhon Beruniy o‘zining ilmiyishlarida foydalangan asboblarini chizmalar yordamida o‘zi yasagan. Abu Ali Ibn Sino meditsinadan tashqari boshqa birqancha fanlar bilan ham shug‘ullangan va u o‘zining ilmiy-amaliy foliyatida tasvirlar chizish nazariyasini ishlab chiqib mukammal chizmalar chizishni tavsiya qilgan. Geometriya fanidan ta’lim beruvchi mutaxassislar, sharqona me’moriy obidalar va ularning ustalaridan bizgacha yetib kelgan boy merosidan foydalanish, mazkur fandan o‘quvchilarni mustahkam bilimga ega bo‘lishlari va fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Yuqoridagi fikrimizning oydinlashtirish uchun quydagi Sharqona me’moriy obidalar va ustalaridan bizgacha yetib kelgan boy merosiga nazar solaylik. Fan va texnika juda keskin rivojlaniyotgan davrda geometriyaga tegishli misollarni yechish uchun elektron hisoblash mashinalarini ishlatish, kompyuterda turli xil grafiklarni bajarish, chizma geometriyadan turli sohalarda amalmiy foydalanishni kengaytirmoqda va samarodorligini oshirmoqda. Bugungi kunimizda oldimizga qo‘yilgan yuqori sifatli va raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib chiqarishda texnik va badiiy yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlaridagi o‘quvchilarini bilim va saviyasini oshirishda, grafik sovodxonligini o‘stirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish uchun bu fan asosiy omillaridan xisoblanada. Chunki tasvirlash usullari orqali chizmalar tasvirlanadi va tasvirlashda chizmalarni chizish uchun o‘quvchining buyum haqida fazoviy tasavvurga ega bo‘lishi kerak va shu fazoviy tasavvur orqali buyumning tasvirini tasvirlay oladi. Fazoviy tasavvurga ega bo‘lmagan o‘quvchi hech qanday tasvirlarni tasvirlay olmaydi. Geometriya darslarida stereometriya kursini o’qitishda masala yechish va masalaning chizmasini to’g’ri tasvirlash katta axamiyatga ega. Stereometriyada fazoviy figuralarni(shakllarni) tasvirlash nazaryasi va tasvirlar yasashni o‘rgatish, 9 tekislikda proeksiyalash metodi bilan bu tasvirlarni o‘qish, fazoviy shakllarga oid konistruktiv va metrik masalalarni shu shakllarning tekislikdagi tasvirlarida yasash yo‘li bilan yechish usullarini o‘rgatish o‘quvchining fazoviy tasavvurini o‘stirishga va rivojlantirishga olib keladi. Keltirilgan fikrlar o`quvchilarning bilimlar tizimi o`ziga hos integrallashgan bilimlar tizimi bo`lib, bu ularda fazoviy tasavvurlarini shakllanishiga, rivojlanishiga muhim omil bo`lib hizmat qilishi zarurdir, bu esa tanlangan mavzuni dolzarbligini belgilab beradi. Yuqorida keltirilgan fikrlar bevosita dissertatsiyaning maqsadini belgilashga imkoniyat yaratdi. Download 39.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling