‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. S u L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni
Hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish
Download 6.31 Mb. Pdf ko'rish
|
ek 517 7 tayi-3-0002
5.6. Hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish
Hayvonlarni muhofazalash va u l a r d a n oqilona foydalanish atrof-muhitni m uhofaza qilishga q a r a tilg a n chora-tadbirlarning m uhim tarkibiy qismlaridan biri h iso b lan ad i. Bunday chora- ta d b irla r n in g asosiy m aqsadi, h a y v o n o t l a r n i n g turli salbiy antropogen va tabiiy ta ’sirlar ostida qirilib ketishining oldini olish va ular sonini o ‘z-o‘zini tiklash d a r a j a s i d a ushlab turishdan iboratdir. Bunga quyidagilar orqali erishiladi: • ovchilik va baliq ovlashni ta rtib g a solish; • h a y v o n l a r k eng t a r q a l g a n h u d u d l a r n i n g e k o l o g i k sharoitlarini yaxshilash; • hayvonlarning foydali va za rarli turlarini ilmiy asosda t o ‘g ‘ri aniqlash, ular sonini va e k o tizim d ag i mutanosibligini t a ’minlash; • hayvonlarni tabiiy va an tropoge n(texnogen) ofatlardan himoyalash; • hayvonlarni akklimatizatsiya va reakklimatizatsiyalashni ilmiy asosda tashkil etish; • hayvonlar, qushlar va baliqlarning k o ‘payishi, dam olishi, qishlash joylarini maxsus m uhofazaga olish; • h a y v o n la r n in g k o ‘payishi va y a s h a s h i uchun m axsus su n ’iy o'rm o n z o rlar, o ‘tloqlar, d a r a x tz o rla r tashkil etish; • hayvonlarning pestitsidlar va b o s h q a zaharli moddalardan zaharlanishining oldini olish; • xalq xo'jaligining turli s o h a la r id a g i qurilish va ishlab chiqarish jarayonlarida hayvonlarni m u h o faz alas h talablariga q a t ’iy amal qilish; • k o'c hm a nchi hayvonlar, q u sh la r va baliqlarni samarali m u h o faz alash m aqsadida x a lq aro h a m k o r l i k n i keng y o 'lg a qo'yish; • hayvonotlarni muhofaza qilishga yo'naltirilgan t a ’lim- tarbiya va ommaviy targ'ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish; • hayvonotlarni muhofazalashga d o ir q o n u n la r va boshqa m e ’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish h a m d a ularga rioya etilishini q a t ’iy nazorat ostiga olish. R e sp u b ü k arn iz d a hayv o n o t dunyosini m uhofazalashning huquqiy jihatlari «Tabiatni muhofazalash t o ‘g ‘risida»gi (1992- y.), «Alohida m uhofazalanadigan tabiiy h ududlar to ‘g ‘risida»gi (1993-y.), « H a y v o n o t dunyosini m u h o fa z a qilish va un d an foydalanish t o ‘g ‘risida»gi (1997-y.) q o n unlarda va Respublika jinoyat kodeksining4-qismida asoslab berilgan. Bundan tashqari, O 'z b e k is to n h u d u d i d a ov qilish va baliq ovlash ta rtib la ri Respublika Oliy kengashining №600 (1993-y.) sonli qarorlari hamda D avlat T a b ia tn i m uhofaza qilish q o ‘mitasining bir qator buyruq va k o ‘rsatm alari asosida boshqariladi. Hayvonotlarni m u h o f a z a l a s h d a « Q izil k it o b » n in g t a s h k i l etilish i k a t t a ahamiyatga ega. Bu b o ra d a xalqaro tash k ilo tla r va k o 'p la b m am lakatlarda xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Y o ‘qolish arafa sida turgan hayvonot turlarini o'rganish va muhofazalashda T M X I ning o'rni juda kattadir. U 1948-yildan boshlab bu s o h a d a k a t ta ishlarni am alg a oshirdi. N atijada, xalqaro «Qizil kitob» 1963-yildan boshlab nashr etila boshlandi. Ushbu tashkilotning tavsiyasi b o ‘yicha «Qizil kitob»ga kiritilgan noyob hayvonlarning 5 ta toifasi farqlanadi. 1. Y o ‘q o lib b o ra y o tg a n tu rlar - y o 'q o lis h xavfi yuqori bo 'lg an t u rla r, m a x s u s c h o ra -ta d b irla r k o ‘rilm asa y o ‘qolib ketishi aniq b o ‘lgan turlardir. Bularning ro'yxati xavfdan ogoh etish timsoli sifatida qizil sahifada bitiladi. 2. Qisqarib bo ra y o tg a n turlar - yashab qolish imkoniyati bor, am m o soni tez va doimiy kamayib borayotgan turlar. Bular haqidagi m a ’lu m o tla r sariq sahifalarga bitiladi. 3. K a m yob va noyob turlar - qirilib ketish xavfi ostida emas, animo oz m iq d o rd a va kichik hududlarda uchraydigan, yo'qolib ketishi m um kin b o ‘lgan turlar. Bular h aqida m a ’lumotlar oq qog‘ozga yoziladi. 4. N o m a ’lum t u r l a r - bular h aqida m a ’lu m o tlar yetarli emasligi sa b a b li u la rn in g yo'qolish xavfi borm i yo yo'qligi xususida aniq fikr bildirish imkoniyati y o'q. Bular haqidagi m a'lu m o tlar k ito b s o'ngida ilova tarzida beriladi. 5. Q a y ta tik la n g a n tu rla r - bular avval yuqoridagi 3 ta toifalardan biriga kiritilgan, am mo m uhofaza tadbirlari orqali yana q a y t a d a n t i k la n g a n tu rla r h iso b lan ad i. Bular haqida m a'lum otlar yashil rangli qog'ozlarga bitiladi. «Qizil kitob» havvonotlarni y o ‘qolib borayotganligi xavfidan faqat ogohlantiruvchi darakchi vositasi emas, balki o'ziga xos ish dasturi va bu boradagi ishlarning natijasi ham dir. Xalqaro «Qizil k ito b » n in g 4 - n a s h r ig a q u y id a g i h a y v o n o t l a r - sut emizuvchilarning 226 ta turi, 79 ta turchasi; q ushlarning 181 ta turi va 77 ta turchasi; sudralib yuruvchilarning 77 ta turi va 21 ta tu rc h a s i; a m f i b i y a l a r n i n g 35 ta t u r i va 5 t a t u rc h a s i, baliqlarning 168 ta turi va 25 ta turchasi kiritilgan. Respublikamizda hayvonlarga bag'ishlangan «Qizil kitob» 1983-yilda chop etildi. U n d a m uhofazaga m u h to j 63 turdagi hayvonotlar ro ‘yxati keltirilgan. Jum ladan, sut emizuvchilarning 22 turi, qushlarning 31 turi, sudralib yuruvchilarning 5 turi va baliqlarning 5 turi undan jo y olgan. Kitobga oq suvur, q o ‘ng ‘ir ayiq, silovsin, xongul, qora laylak, irbis, oqqush-oqqul, birqozon, tuvaloq, qum chum chug‘i, tangabosh ilon (kobra), echkiemar, bakri baliq, kurak burun balig'i kabi jo nivorlar kiritilgan. Download 6.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling