‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
Qiymat nazariyasi. A.Smit qiymatning mehnat nazariyasini V.Pettiga
nisbatan ancha chuqur va to‘laroq ishlab chiqdi. U tovaming bozor va tabiiy yoki haqiqiy baholarini farqlaydi, haqiqiy bahoni qiymat bilan aynan bir deb tushunadi. «Qiymat» so‘zi, uningcha, ikki xil mazmunga ega. Bu so‘z bilan buyumning foydaliligi hamda uni boshqa buyumga almashish qobiliyati belgilanadi. Demak, u iste’mol va almashuv qiymatlarini farqlagan. Almashuv qiymati tovarlaming tabiiy xususiyati, iste’mol qiymat lari hisoblanadi. Agar tabiiy xususiyatlami inkor etsak, tovarlarda yagona xususiyat qoladi: tovarlar inson mehnatining mahsulidir. A.Smit V.Pettidan farqli ravishda (u mehnat faqat oltin yoki kumush ishlab chiqarishda qiymat hosil qiladi, degan edi) mehnat barcha moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida qiymatni hosil qiladi, degan fikrda edi. U ish vaqti va qiymat miqdori orasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqadorlikni aniqladi, mehnat qiymatning haqiqiy asosi ekanligini isbotlashga urindi. A.Smit mehnatning ikkiyoqlama xarakterini, ya’ni abstrakt va kon kret mehnat borligini tushunmadi, qiymat o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy xarakterga ega, tovar ishlab chiqaruvchilaming ijtimoiy munosabat- larini aks ettiradi va bir tovaming ikkinchisiga munosabati almashuv qiymati orqali aniqlanadi. Smitning fikricha, qiymatni sotib olinadigan mehnatga qarab aniqlash shu tovarlami ishlab chiqarishga sarflangan mehnat bilan aniqlash usuliga qarama-qarshi emas. Ekvivalentlik tovar almashuvining qonuni: bir xil miqdordagi mehnat aks etgan tovarlar almashadi. Shundan Smit tovar islilab chiquvchi bir tovarni boshqasiga almashganda keng miqdordagi mehnatni sotib oladi, shu sababli tovar qiymatini sarflangan va sotib olingan mehnat bilan bab-baravar aniqlash mumkin, degan xulosa chiqaradi. Bu holda qiymat o'lchovi deb ish vaqti o'miga mehnatning almashuv qiymati keltiriladi. Sotib olinadigan mehnat nazariyasida qiymat tushunchasi ishlab chiqarish faoliyatidan almashuv sohasiga ko‘chirilgan (bu esa xato), almashuv qiymati esa o‘z hisobiga faqat ma’lum miqdordagi mehnatni olish qobiliyati sifatida izohlagan, xolos. A.Smit kapitalist va ishchi o‘rtasidagi munosabatni tahlil etib, bunda ekvivalentlik qonunining buzilganligini ko‘rdi. Kapitalist ishchiga ish haqi sifatida ishchi mehnati tomonidan yaratilgan qiymatning faqat bir qismini to‘laydi. Bu qiymatning ikkinchi qismini esa foyda sifatida o'zlashtiradi. Olim qiymat qonuni buzilayotir, deb e’lon qildi va qiymatning mehnat nazariyasi kapitalizmgacha bo'lgan sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin, deb hisobladi. Uning fikricha, qiymat faqat «jamiyatning dastlabki holatida», kapitalist va yollanma ishchilar bo‘lmagan, ya’ni oddiy tovar ishlab chiqarilishi sharoitlaridagina mehnat bilan aniqlanadi (ekvivalentlik to'la mavjud). A.Smit ishchi kuchi degan kategoriyani bilmagan, u ishchi o‘z mehnatini sotadi deb o'ylagan. Shu sababli u kapitalizmda haq to'lanmagan mehnatning o‘zlashtirilishini qiymatning mehnat nazariyasi asosida tushuntirib bera olmagan. A. Smit qiymatni daromad bilan ham tenglashtirishga uringan. U aytadiki, ish haqi, foyda va renta har qanday daromadning, har qanday almashuv qiymatining dast labki uch manbayidir. Demak, Smit kapitalizmga xos yana bir qiymat daromad nazariyasini o'ylab topdi, bu yerda daromad ish haqi darajasi, foyda va renta bilan aniqlanadi. Qiymatni daromadlar asosida tushuntirish olimning qiymatning mehnat nazariyasiga qarama- qarshidir. Bu g‘ayriilmiy konsepsiyadan boshqa siyosiy iqtisod namo yandalari keng foydalanadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling