‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
Qisqacha xulosalar
XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida klassik iqtisodiy maktab to‘la shakllandi, bu britaniyalik olim A. Smit tomonidan amalga oshirildi. Bu davrda Angliyada obyektiv shart-sharoitlar mavjud edi: burjua inqilobi manufakturadan fabrikaga o‘tilishi, agrar islohot, kapitalning dastlabki jamg'arilishi, sinfiy va mulkiy differensiatsiya va boshqalar. Mantiqiy abstraksiya uslubi asosida iqtisodiy voqea va jarayonlaming mohiyati to‘g‘ri talqin etib berildi. Yangi buijua jamiyati har tomonlama obyektiv asosda tahlil qilinib, uning progressiv tomonlari ko'rsatib berildi. Xususiy mulkning abadiyligi va daxlsizligi qo‘llab-quwatlandi. Klassik maktab vakillari inson xohishiga bog‘Uq bo'lmagan obyektiv iqtisodiy qonunlarning mavjudligini ular iqtisodiy tizimda tabiiy turg‘unlikni ta’minlashga, o‘z-o‘zini boshqarishga qodir ekanligi tan olinadi, shu sababli davlatning iqtisodiyotga aralashuvi iloji boricha inkor etiladi va erkin savlo-sotiq qo'llanadi. «Ko'rinmas qo‘l» yordamida avtomatik iqtisodiyot erkin bozor munosabatlari doimo rivojlanish qobiliyatiga egadir. Birinchi bor erkin bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy tamoyillari aniqlab berildi. Mehnat taqsimoti iqtisodiy taraqqiyot asosi sifatida to‘g‘ri ко‘rib chiqilgan. Mehnat taqsimoti faqat tarmoqlararo emas, balki mamlakatlar o'rtasida ham katta naf keltirishi isbotlab berildi (D.Rikardo), mutlaq va nisbiy ustunlik prinsiplari ishlab chiqildi. Ishlab chiqarish sohasidan qat’i nazar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo va xizmat...), mehnat jamiyat boyligining asosi ekanligi aniq- landi. Jamiyatning sinfiy tuzilishi, asosan, to‘g‘ri ко‘rib chiqildi, ular o'rtasida keskin qarama-qarshilik yo‘qligi ko‘rsati]gan, bu jamiyatda iqtisodiyot avtomatik boshqarilgani tufayli iqtisodiy inqirozlar inkor etildi. Iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo‘lgan qiymat, pul, baho, foyda, ish haqi, renta, kapital va boshqalarga asosan to'la va to‘g‘ri ta’rif berilgan. Yangi jamiyatning progressiv tomonlari bilan biiga bozor iqtisodiyotining bekam-u ko‘st emasligi, uning bir qancha jiddiy kamchiliklari borligi ham qayd etilgan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling