‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati

bet35/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

4.3. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g‘oyalarning mohiyati
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodida ham iqtisodiy g‘oyalar 
muhim o'rinni egallaydi. Uning asarlarida va faoliyatida, ayniqsa, tijorat, 
savdo masalalari ancha mukammal yoritilgan. A.Navoiy asarlarida 
savdogarlik ishi ma’qullanadi, lekin tovlamachi va chayqovchi qattiq 
tanqid qilinadi. A. Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakatni tinch 
saqlash, obodonlashtirish ishiga katta hissa qo'shdi. Navoiyning dastlabki 
ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari shakllangan asari 1469-yilda Husayn 
Boyqaroning taxtga kelishiga bag‘ishlangan «Hiloliya» asaridir.
1482-yilda yozilgan «Vaqfiya» asarida A.Navoiy shaxsan o‘zining 
yerlaridan olingan daromadi misolida daromadning o‘z xarajatlari va 
oila ahliga yetarli qismini olib qolib, qolgan qismini aholining foydali 
mehnatiga sarflashga chaqirgan. 0 ‘g‘rilik, ta’magirlik va zo‘rlik hisobiga 
boylik orttirishga Navoiy keskin qarshi chiqadi. U bunday ishlardan 
nafratlanadi va shu yo‘l bilan boylik orttirayotgan kishilami jamiyat 
hisobiga yashayotgan va boylik orttirayotgan qatlam deb ta’riflaydi.
ANavoiy ijodining durdona asarlaridan biri 1500-yilda yozilgan 
«Mahbub-ul-qulub» asaridir.
Navoiy bu asarida jamiyatni ijtimoiy tabaqalarga bo'lib, ulaming 
jamiyatda tutgan o‘mini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Asaming birinchi 
qismida ulaming tabaqalariga va kasblariga tavsif beradi. Bddnchi va uchinchi 
qismlarda yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to‘g‘risida ma’lumot beriladi. 
Navoiyning fikricha, dehqonlar, hunarmandlar va chet el bilan aloqasi 
bor savdogarlar jamiyatda moddiy ne’mat yetishtirishda, yaratishda va 
mamlakat boyligini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
ANavoiy dehqon va uning ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risida quyidagi 
fikrlami bildiradi: «Don sochuvchi dehqon yemi yorish bilan rizq 
yo‘lini ochuvchidir». Dehqon, ya’ni ishchi kuchi mahsulot ishlab 
chiqarish vositalari bilan qo'shilishi lozim va shartdir. Navoiy ishlab 
chiqarish vositalarining moddiy boylik yaratishdagi rolini quyidagicha 
e’tirof etadi: «Qo‘shi ham ikki zo‘r polvon bo‘lib, yukiga bo‘ysunib 
oldida yuradi, ishlashda hamdam va hamqadam, dehqon ulami surishda 
xuddi odam. Dunyo obodi xuddi ulardan. Har ne qilsalar harakat, 
xalqqa ham yetar ovqat ham barakat!».
Navoiy qishloq xo'jaligining rivojlanishi mamlakat qudratini 
oshirishda katta ahamiyat kasb etadi degan o‘ta ilg'or fikmi ilgari suradi.


Bu fikr o‘sha davr, ya’ni feodalizm davri gullab-yashnagan, uning 
negizini dehqonchilik ishlab chiqarishi tashkil qilgan bir pallada o‘ta 
to‘g‘ri fikrgina bo‘lib qolmay, balki tarixiy haqiqat hamdir.
A.Navoiy jamiyatda muhim tabaqa bo'lgan savdogarlaming o‘zini 
ham ikki guruhga bo‘ladi. Birinchi guruh - chet el bilan savdo aloqalari 
olib boruvchi savdogarlar guruhi. Ikkinchi guruh 
mamlakat 
ichkarisidagi olibsotarlar guruhi.
Alisher Navoiy o‘z asarlarida iqtisodiyotning ravnaqi inson 
ma’naviyatining kamoloti bilan uyg‘unligini takror-takror qayd 
etganlar. Jumladan, mamlakat obodligi va el farovonligini yuksak 
ma’naviyat bilan quyidagicha bog‘lagan:
To xirs-u havas xirmoni barbod o‘lmas, 
to nafs-u havo qasri baraftod o‘lmas, 
to jabr-zulm joniga bedod o‘lmas, 
el shod o'lmas, mamlakat obod o‘lmas.
4.4. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin Muhammad Bobur (1483- 
1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy 
masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan 
ma’lum. Xususan, Bobuming «Bobumoma» asarida, «Mubayyin» kabi 
to‘plamlarida iqtisodiyotga oid ma’lumotlaiga, shu jumladan, soliq 
siyosatiga katta o‘rin berilgan. «Zakot to‘g‘risidagi katta kitob»da esa o‘sha 
davrdagi soliq, uning turlari to‘g‘risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu 
asarlami mutolaa qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi 
hayotida ro‘y berayotgan iqtisodiy islohotlami, o‘zgarishlami tahlil qilish, 
qisqacha xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi 
fikrlar, maslahatlar topamiz.
Bobuming «Mubayyin» asari qonunlar va iqtisodiy masalalarga 
bag‘ishlangan. Asaming nomi ham «qonunlar izohi» ma’nosiga ega.
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham 
«zakot» ma’lum miqdorda va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan 
soliq ma’nosida qo‘llaniladi hamda naqd pul va savdo yig‘imi shaklida 
to‘planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining «hisobi», 
ya’ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli bo‘lishi uchun belgilangan 
miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan soliq olinmaydi.


«Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to‘la», - deb 
yozadi Bobur. Xiroj, ya’ni yer solig'i ikki toifaga bo‘lingan: muqassam 
va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‘liq bo‘lib, 
uchdan birdan-yarimgacha teng bo‘lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan 
yeming maydoniga bog‘liq ravishda olingan.
Yemi sug‘orish masalalari Sharqda o‘ta muhim edi, chunki ob- 
havo nihoyatda quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun’iy sug‘orishni 
talab etganligidan sug‘oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan 
ko‘p hosil bergan. Shu sababli suv solig‘i ham bo'lgan.
Hisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur’oni Karim, «Mux- 
tasan>, «Hidoya» va boshqa manbalarda qat’iy belgilab qo'yilgan qismi 
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar, 
ya’ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo'ylardan soliq (zakot) 
quyidagicha olingan: 40 qo‘ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201 
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo'lsa, har 100 qo‘ydan bittasi za­
kot qilib berilgan. Shuningdek, «Bobumoma»da bir yurt tovarining 
boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondiri- 
lishi va ulaming iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‘la bayon qilinadi.
Boburdan keyin uning o‘g‘li Xumoyun, keyinchalik nevarasi 
Akbarshoh Jalohddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda 
muvaflfaqiyatli podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan 
boshlab islohotlar o‘tkazdi, dehqonlarga yagona soliq tizimi kiritdi, 
yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‘g‘risida 
1601 yil «Akbamoma» kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq 
tartibi o‘z aksini topgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling