‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
mehnat nazariyasiga asos soldi. Bu klassik maktabning asosiy nishonasi
(belgisi) sifatida qaraladi. U vaqt va tasodifiy omillar ta’sirida o‘zgarib turuvchi bozor bahosi («siyosiy baho»)ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy baho ichki bozor bahosiga teng bo‘lishi kerak. Chunki u mehnat miqdori bilan o‘lchanadi. U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ulaming bahosi sarflangan mehnat miqdori bilan tenglashtiriladi. Bu misolda, ya’ni non kumushga almashtirilganda almashuv proporsiyasi asosida shu mahsulotlami ishlab chiqarishga sarflangan mehnat yotadi, demak qiymat mehnat bilan aniqlanadi. Undan tashqari, tovaming qiymati kumushni qazib olishdagi mehnat unumdorligiga to‘g‘ri proporsionaldir, sarf-xarajat usuli qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta’rifladi. Bu olimning katta ilmiy xizmatidir. Ammo Petti qiymatni almashuv qiymati bilan qorishtirib yuboradi va almashuv qiymatini almashuv jarayonida qanday shaklda bo'lsa, shunday, ya’ni pul shaklida ifoda qiladi. U qiymatning bevosita manbai sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko‘rinishini, oltin va kumush qazishdagi mehnat (ya’ni pul materiali)ni ko‘rgan, xolos. Uningcha, tarmoqlardagi ishlab chiqarilgan mehnat mahsulotlarining qiymati shu mahsulotlami nodir metallarga almashuvi natijasida aniqlanadi. Olimning merkantilistik qarashlari bu yerda ham saqlangan (kamchiligi). U abstrakt mehnat bilan konkret mehnatni farqlamaydi. Unda qiymat bilan iste’mol qiymati tushunchalari o‘rtasida aniq farq ko‘rinmaydi, ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste’mol qiymatini yaratsa, abstrakt mehnat umumiy qiymatni yaratadi. Petti merkantilistlardan farqli ravishda boylik bu pul haqida qimmat baho metall va toifalardangina iborat emas, balki mamlakatdagi yerlar, uylar, kemalar, tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi. Mamlakat boyligini oshirish uchun odamlami qamoqxonalarga tashlash emas, pullik jarimalar kiritish kerak, deydi. Yirik o‘g‘rilami esa «qullik»ka sotib, ishlatish zarur. Shu bilan birga, pulning jamiyatdagi roli to‘g‘ri talqin etilmagan (savdogarlami qisqartirish taklif etiladi). «Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, yer esa uning onasidir» degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu g'oyaning shunisi to‘g‘riki, mehnat boylikning yakka-yu yagona manbayi emas, chunki gap moddiy boylik, iste’mol qiymatlari hosil qilish ustida boiganda faqat mehnat emas, balki tabiat ham ishtirok etadi, ammo to‘g‘ri qoi da tovaming qiymatiga ham xato ravishda noo‘rin qo‘llaniladi. Shunday qilib, V.Petti o‘zining qiymatning mehnat nazariyasiga qarama-qarshi o‘laroq, qiymat manbayi sifatida mehnat bilan biiga tabiatni ham qabul qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u iste’mol qiymati manbayi sifatida ham, qiymat manbayi sifatida ham bir xil gavdalangan. Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to‘g‘risidagi nazariyalar bevosita bir-biriga bog'liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, T.Maltus) klassik maktab vakillari kabi, ish kuchini emas, balki mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish kuchi ham tovardir). V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi. Har bir konkret mehnat aniq narsani (baxt-saodatni), iste’mol qiymatini yaratadi. Qiymat ikki qismdan iborat: 1) iste’mol qiymati; 2) almashuv qiymati - mahsulot almashsa yoki sotilsa, yuzaga chiqadi. Masalan, dehqon mehnatida shunday umumiylik borki, unga ko‘ra barcha mehnatlami bir-biri bilan solishtirish (chog‘ishtirish) mumkin, narsalar (baxt-saodat) tovarlami almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash, umuman ishchilaming unumli energiya sarflashi bilan aniqlash mumkin. Bundan abstrakt mehnat tushunchasi kelib chiqadi va buni birinchilardan bo‘lib V.Petti tushuna boshladi. U mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb biladi va uning miqdorini aniqlashni o‘zining vazifasi qilib qo‘yadi. 0 ‘sha davrda Anghyada ish haqi qonun bilan tartibga solingan, uning eng yuqori pog‘onasi ishchilaming hayoti uchun zarur bo'lgan jismoniy minimum mablag‘lardan iborat edi (sog‘lom odamning kunlik o‘rtacha ovqati). Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko‘payish uchun» kerakli narsani olsa bas, degan qisqa xulosalarga keladi. Bu holatni V.Petti nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo‘ldi. U o‘yladiki, agar ishchilarga ko‘rsatilgan minimumdan, masalan, ikki hissa ko‘p haq to'lansa, ular ikki marta kamroq ishlaydilar. Tirikchilik uchun zarur mablag‘lar nazariyasi xato bo‘lib, awalo, ishchi kuchi qiymatiga kiruvchi tarixiy va axloqiy elementlami o‘z ichiga oladi. Shu bilan biiga, bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud bo‘lib, ishchilar o‘zlari yaratgan qiymatning faqat bir qismini (tiriklik uchun kerakli minimum mablag'ni) olayotgani ma’lum bo‘lib qoldi. Mehnat tufayh yuzaga kelgan qiymatning boshqa qismi esa qo‘shimcha mehnat natijasi sifatida namoyon bo‘ladi, bu qo‘shimcha qiymat, uningcha, rentadir. U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlaiga salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining daromadlarini belgilash uchun umumiy bo‘lgan «Renta» tushunchasi kiritiladi. V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir eslang). Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi va urug'likni ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Demak, bu holda renta qo‘shimcha mahsulotga teng. Pul holidagi renta qo‘shimcha mahsulotning kumush miqdoriga teng qiymatidir. V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo‘q, renta barcha qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli renta to‘g‘risidagi nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi. Qiymatni mehnat sarflari sifatida qarab, V.Petti birin-ketin renta (qo‘shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat natijasi ekanligini aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi. Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir bo'lagi sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki, unga ko'ra ish haqi va renta bir-biriga qarshi. Masalan, — deydi u, — bir bushel (36,4 kg) bug‘doy 60 pensdan sotiladi, undan 20 pensi yer rentasiga, 40 pensi yer egasining ish haqi sifatida berilsa va ish haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko‘tarilsa, yer egasining 1 bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, yer rentasi esa 20 dan 15 pensga (ya’ni 5 pensga) kamayadi. V.Petti rentaning kelib chiqishi to‘g‘risida ham muhim va qiziqarli fikrlami beradi (umuman, renta absolut va differensial bo‘ladi). Differensial rentaning kelib chiqishini u yer uchastkalarining turlicha joylashganligi bilan tushuntiradi (birinchi sabab, ya’ni bozoiga uzoq- yaqinligi, masofa, transport sarflari). U rentaning ikkinchi sababini ham aniqlab, yeming tabiiy unumdorligining turlicha ekanligini ko‘rsatgan. Olimlaming fikricha, V.Petti differensial rentani Adam Smitdan ham yaxshi bayon etgan. Absolut renta haqida gap boiganda shuni aytish kerakki, bu renta yeiga xususiy mulkchilik bo'lganda namoyon bo‘ladi. V.Petti yer bahosi masalasini juda qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan. Uning fikricha, yemi sotib oluvchi har yili renta olish huquqini qo‘lga kiritgan shaxsdir. Shu sababli yeming bahosi bir yillik rentani ma’lum bir songa ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala shunda bo‘lib, uni tanlash talab etiladi. Xo‘sh, u nima bo‘lishi mumkin? V.Petti bu savolga javoban shunday deydi: yer sotib oluvchi o‘zi va o‘ziga yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e’tiboiga olib ish yuritadi. Uningcha, odatda, uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashay- dilar buva (50 yosh), o‘g‘il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch avlodning hamkorlik davrida yashagan yillar rentasi yig'indisini yer bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun bunday son 21 yilga teng ekanligini aniqlaydi. Demak, yeming bahosi shuncha bir yillik rentalar yig‘indisiga teng, degan xulosa chiqariladi. V.Petti yemi sotib oluvchi uchun yer yillik daromad manbai ekan ligini tushungan. Shunga muvofiq u yeming bahosi shunday summaga teng bo'lishi kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini beradigan bo‘lishi kerak, deb to‘g‘ri hisoblagan. Amalda yeming baho- sini kapitallashgan rentadek hisoblash orqali V.Petti masalaning mohiyatini to‘la va to‘g‘ri tushungan. Ammo yeming bahosi masalasi hali to‘la hal etilmadi, chunki yeming bahosi ikki omilga bog‘liq: 1) yer rentasining miqdori, 2) prosent (foiz) darajasi. V.Petti esa yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini yer bahosidan chiqargan. Bu qiyin ahvoldan chiqish uchun u yer bahosi rentaning 21 ga ko‘paytirilganiga teng deb hisoblagan (uch avlod - buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va yerdan biiga foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Yening asl bahosi masalasini boshqa olimlar to‘g‘ri hal etdilar. V.Pettining «Siyosiy arifmetika» asari to‘la ravishda uning vafotidan keyin bosilib chiqdi (ldtob uning o‘g‘li lord Shelbern tomonidan nashr etilgan). Buning sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog‘ishtiruvchi ma’lumotlar bor edi. Bu asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu davrda hali bu tushunchaning o‘zi yo‘q edi («statistika» so‘zi XVIII asr oxirida paydo bo'ldi). V.Petti birinchilardan bo‘lib davlat statistika xizmatini tuzish zarurligi masalasini ko‘tardi va ma’lumot to'plashning ayrim yo‘nalishlarini belgilab berdi. Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi hamda boshqa ma’lumotlar muhimdir. Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan asosiy tovarlaming ishlab chiqilishi va iste’moli, aholi daromadi, boylik taqsimoti haqidagi ma’lumotlar kerakli hisoblangan. Pettining kuzatishicha, mamlakatda faqat soliq va tashqi savdo bo‘yicha ayrim ma’lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap ochilar ekan, Petti «awal hisoblab M rish kerak» degan fikmi aytishni yaxshi ko‘rar edi. Statistika bilan shug'ullanganligi tufayU ma’lum ma’noda «rejalashtirish» masalalari ham ko‘tarilgan. Masalan, u «ishchilar kuchi balansi» bilan shug'ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak, demak, ohy o‘quv yurtlariga yiligi shuncha talaba qabul qilish kerak, degan hisob-kitoblami keltirar edi. Odatda, u Angliya va Fransiyaning iqtisodiy ahvolini solishtirib, qaysi davlat boyroq ekanligini aniq faktlar bilan ko‘rsatishga intilgan. «Siyosiy arifmetika» kitobining muqaddimasida u o‘z uslubining yangi ekanligini ta’kidlab, qiyosiy (ozroq, ko'proq, yaxshiroq, yomonroq) ko‘rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik bilan boshqa o‘lchovlar tiliga o‘tish kerakligini aytadi. U milliy daromad, milliy boylik haqida gapiradi va Angliyaning milliy boyligini hisoblab chiqadi (ma’lumki, bu ko‘rsatkichlar hozirgi kunda juda muhim ko'rsatkich hisoblanadi). Masalan, u Angliyaning moddiy boyligini 250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million funt sterling pulini ham shunga qo‘shish kerak, deydi. V.Pettining iqtisodiy ta’limoti aholining soni va tarkibidan boshlanishi nihoyatda muhimdir. Uning g‘oyasi o'zidan keyingi Mal- tusdan keskin farq qiladi, agar Pettining fikri bo‘yicha «aholi - boylik- Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling