‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
Qisqacha xulosalar
XVII-XV1I1 asrlarda dastlab Angliyada klassik iqtisodiy maktab kurtaklari paydo bo‘la boshladi. Bu yangi iqtisodiy g‘oyalar V.Petti nomi bilan bog‘liq (buijua inqilobi, manufaktura va savdoning rivojlanganligi, agrar islohot, dehqonlaming chegaralanishi, mustamlakachilik siyosati, qulay tarixiy, tabiiy va geografik hamda iqlimiy sharoitlar). Klassik iqtisodiy maktabning shakllanishi awalgi g'oya — merkantilizmdan prinsipial farq qiladi. Agar merkantilizmda boylik ning asosi muomala sohasi (javohir, oltin, kumush, pul, savdo saldosi)da vujudga keladi deb qaralgan bo'lsa, endi boylik ishlab chiqarish sohasida vujudga keladi deb isbotlab berildi. V.Petti yangi kapitalistik jamiyatni, erkin tadbirkorlikni, kapitalistlami himoya qildi, xususiy mulkni «muqaddas» va «daxlsiz» deb bildi. U iqtisodiy tadqiqotda tabiiy fanlami, ya’ni abstrakt usullami qo‘llab, har bir masalaning ichki bog'liqligiga asosiy e’tibomi qaratdi, matematik va statistik usullardan keng foydalandi. V.Petti «tabiiy baho» (qiymat), «siyosiy baho» tushunchalarini kiiitdi, tovar qiymatining unga sarflangan mehnat miqdori bilan o'lchanishi g‘oyasiga, ya’ni qiymatning mehnat nazariyasiga asos soldi. «Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir» degan fikmi bildirdi. Qiymatni aynan almashuv qiymati (pul) shaklida tushundi. Ish haqi ishchilaiga tirikchilik uchun zarur bo‘lgan jismoniy minimum, ya’ni «yashash, mehnat qilish va ko'payish» uchun kerak darajada to'lansa bas, degan g‘oyani ilgari surdi. Kapitalistlaming foydasini imkoni boricha oshirishni, ishchilaming soliq to‘lashlarini zarur deb bildi. Pulning roU va uning mamlakatdagi miqdori masalalarini asosan to‘g‘ri hal etdi, ya’ni pul miqdori ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga to‘g‘ri, pulning aylanish oborotiga esa teskari proporsionalligini aniqladi. Pulning me’yorda bo‘lishini qo'llab- quwatladi. Yer va renta masalalarini ancha puxta ishlab chiqdi. Ish haqi va rentaning bir-biriga qarama-qarshiligini isbotladi (yer bahosini to‘g‘ri hal etmadi). Petti «Siyosiy arifmetika» va boshqa asarlarida statistika, aniqrog‘i demografik statistika faniga asos soldi. «AhoU - boylik asosi» masalasini to‘g‘ri qo‘ydi. Milliy daromad masalasini qo'ydi va uni qisman hal etdi. Fransiyadagi klassik iqtisodiy maktabning dastlabki vakili P.Buagilber ham muhim g'oyalami ilgari surdi. Bu mamlakat ahvoli Angliyanikidan ancha farq qilardi. Shu sababli iqtisodiy qarashlarda o‘ziga xoslik seziladi. Agar Petti ko'proq sanoat va savdoni qo‘llagan bo‘lsa, Buagilber asosan qishloq xo‘jaligi sohasini tadqiq etdi va o‘zining muhim xulosalarlarini chiqardi. Qiymatni aynan iste’mol qiymati shaklida tushundi. «Proporsional baholar» tarafdori edi, erkin tadbirkorlik, raqobat va erkin baholami qo‘lladi. Ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini to‘g‘ri tushuntirib berdi, pulga salbiy munosabatda bo‘ldi, oltin va kumushlami yovuzlik sababi deb bildi. Noto‘g‘ri ravishda faqat qishloq xo‘jaligini qo'llab-quwatladi, sanoat va savdoga kam e’tibor qildi. Buagilbeming iqtisodiy islohotlari bo'yicha takliflari o‘z davri uchun nihoyatda ahamiyatlidir. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling