‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Asosiy tushuncha va iboralar
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
Asosiy tushuncha va iboralar
Klassik maktab, mehnat boylik manbai, tabiiy va siyosiy baholar, pulning miqdori, (iste’mol va almashinuv), V.Pettining ish haqi, renta nazariyalari, yer bahosi, statistika, inson resurslari, P.Buagilber, iste’mol qiymati, ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi, boylik va qashshoqlik. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1. Klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari. Bu maktabning merkantilizmdan asosiy farqi nimadan iborat? 2. V.Pettining iqtisodiy qarashlari, uning uslubi. 3. Qiymat, ish haqi, pul, renta to‘g‘risidagi g‘oyalar. 4. Kapitalizm, xususiy mulk, erkin tadbirkorlikka bo'lgan munosabat. 5. V.Pettining qarashlaridagi cheklanganlik. 6. Fransiyaning shu davrdagi iqtisodiy ahvoli va uning P.Buagilber qarashlariga ta’siri. 7. P.Buagilber nima uchun qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quwatladi? 8. Fransiya iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qanday islohotlar taklif etildi? 9. Proporsional baholar, iqtisodiy inqiroz to‘g‘risidagi g'oyalar. 10. Nima uchun P.Buagilber pulga qarshi edi? 11. Qiymat tushunchasining talqini. v n b о b. FIZIOKRATIZM IQTISODIY TA’LIMOTI 7.1. Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari va uning mohiyati Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hokimiyat) XVIII asrda Fransiyada ijod etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmga o'tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo‘nalish Fransiyada vujudga keldi. Fransiya iqtisod, ayniqsa, sanoat bo‘yicha Angliyadan ancha ortda bo‘lishiga qaramay, bu yerda ham sanoatning kapitalistik turi - manufaktura rivojlana boshladi (bu haqda yuqorida aytib o'tildi). Ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Dehqonlaming ahvoli tobora yomonlashdi. Asosan mayda dehqon xo'jaliklaridan iborat Fransiyada yangi, nisbatan samaraU kapitalistik sinf - fermerlar paydo bo‘lib, tobora rivojlandi. Islohotlami amalga oshirish sust bordi, feodal majburiyatlar tobora oshdi. Oqibatda dehqonlaming norozilik harakati kuchaydi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli fojiali edi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining rivoji feodal iqtisodiy munosabatlar bilan qarama-qarshilikka uchradi. Buijua inqilobiga olib keladigan omillar ko‘paydi. Feodal tuzumga qarshi kurash g‘oyasi fiziokratlar va ulaming asoschisi F.Kenening iqtisodiy ta’limotida asosiy o‘rin egalladi. Bu ta’Iimot fermerlar sinfini himoya qildi, ishlab chiqarishni, asosan, qishloq xo‘jaligini mamlakatni og'ir ahvoldan chiqarishning bosh yo‘li deb belgiladi. Tabiiy qonun-qoidalarga amal qilish kerakligi, shu yo‘l bilan mamlakat boyligini orttirish mumkinligi ko‘rsatib berildi. Fransiyadagi qishloq xo‘jaligining ahvoli va uni yaxshilash tadbirlari tadqiqotlaming asosi bo'ldi (P.Buagilber ham shu masalaga katta e’tibor beigan edi). Ekspluatatsiyaning asosiy shakli obrok bo‘lib, u pul va natural mahsulot shaklida olingan. Deyarli barcha haydaladigan yer, yaylov va o'rmonlaming 80 foizi dvoiyanlaiga tegishli edi. Obrok shampar - don sifatida to‘langan va hosilning 25 foizini tashkil etgan. Ijaraga olingan yeming yarim hosili yer egalariga (pomeshchikka) to'langan. Soliq doimo oshib boigan. 1789-yilda (inqilob boshlangan yil) Fransiyada ikki million xonavayron bo‘lgan dehqon bor edi. Agrar masalani hal etish fiziokratlaming asosiy vazifasi bo‘lib qoldi. Ular qishloq xo'jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar. Fiziokratlar merkantilistlardan farq qiUb, o‘z tadqiqotlarini iqtiso diyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko‘chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda, ular «zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari» edilar. Ulaming xizmati shundaki, o‘sha davr dunyo- qarashi doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ulami boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo fiziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo‘jaligi sohasi bilan cheklab qo‘ygan edilar (Fransiyaning ta’siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb bilganlar. Bu ta’Iimot, garchi uning ko‘pgina xatolari bo'lsa ham (bu haqda quyida gapiriladi), haqiqatga yaqinlashish borasida navbatdagi muhim qadam hisoblanadi. 0 ‘sha davrda Fransiyada olib borilgan iqtisodiy siyosat (Kolbeming merkantilizmi) qattiq tanqid qilinadi. Ludovik XIV o‘miga kelgan yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosat- ni davom ettirdi. Fransiya Angliya bilan yetti yillik urush ohb borib, yengildi. Kanadadan va Sharqdagi bir qancha mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu sharoitda bu ahvoldan chiqish yo‘li tabiatdan qidirildi. Fiziokratlaming dasturi bo'yicha Fransiyadagi feodalizm qoldiqlari tugatilishi, fiskal (soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona soliq olinishi, mayda yer uchastkalari birlashtirilib, don savdosidagi barcha proteksionistik to'siqlar bartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib aytganda, Angliyadagi qishloq xo‘jaligiga xos ish yuritish taklif etildi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling