‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-chizma. F.Kenening iqtisodiy jadvali (2-variant)

bet58/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

7.2-chizma. F.Kenening iqtisodiy jadvali (2-variant)
buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf» ixtiyorida qolgan 2 mlrd 
livrlik mahsulot barcha sinflar o‘rtasidagi muomalaga kirmaydi, u faqat 
shu sinf doirasida aylanadi (jadvalda bunday ayianish berilmagan). Bu 
mahsulot qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida sarflangan urug‘ 
va oziq-ovqat mahsulotlari o'mini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan 
sotib olingan sanoat tovarlaridan asosiy kapitalning sarflangan qismini 
qoplash uchun foydalaniladi. Naqd pul 2 mlrd. livrlik muomala (ayianish) 
natijasida «unumli sinf» qo'liga qaytishi mumkin, ammo bu pul yana 
keyingi muddat uchun ijara haqi sifatida yer egalari qo'liga kelib tushadi. 
Shunday qilib, yangi ishlab chiqarish siklini boshlash, ishlab chiqarishni 
joriy etish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ammo u ilgarigi 
hajmda, ya’ni oddiy takror ishlab chiqarish uchun mos keladi.
Jadvalda keltirilgan raqamlar haqiqatga yaqin, ulami F.Kene qirol 
mahkamasidan olgan bo‘lishi aniq.


«Iqtisodiy jadval»da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida 
olingan muhim qisqacha ilmiy xulosalar shundaki, unda ayrim-ayrim 
oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmasdan, ko'plab individual aktlar sinflar 
o‘rtasidagi muomalaga birlashtirilgan. Ana shu sinflar o‘rtasidagi muomala 
F.Kene tadqiqotining predmeti edi. Olim ayianish (muomala)ni takror 
ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa 
kapitalning ayianish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan. F. 
Kene iqtisodiyot tarixida birinchi b o 'lib m akroekonom ik 
modellashtirishni amalga oshirgan edi.
F.Kenening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi. Fransuz 
iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo‘lganidan 
buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga 
ko'mak bergan:
1) yozuv;
2) tanga;
3) «Iqtisodiy jadval».
F.Kene ta’limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to‘g‘- 
risidagi g‘oyada izchillik va ilmiylik yo‘q. Sanoatchilar («unumsiz sinf») 
ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning 
hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan 
boshlash imkoniyati yo‘q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga 
ega). Ammo F.Kenening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta 
natural, ya’ni tovar va pul holidagi moddiy ne’matlaming makro­
ekonomik zanjiridir. Undagi g‘oyalar bo‘lajak iqtisodiy modellaming 
kurtagi bo‘lib qoldi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling