‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
Qisqacha xulosalar
XVIII asming o'rtalarida Fransiyada iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratizm yo‘nalishi yuzaga keldi. Bu ta’Iimot klassik iqtisodiy maktabning tarkibiy qismi sifatida muhim ahamiyatga egadir. Bu oqimning asosiy vakillari F.Kene va A.Tyurgo mamlakatdagi o‘sha davr iqtisodiy holatini har tomonlama tahlil etib, iqtisodiyotning muhim kategoriyalari bo'yicha qimmatli fikrlar berdilar. Ular fermer- lami himoya qilgan holda, awalo, merkantilizmdan voz kechib, boy likning asosiy manbayi melmat va yer ekanligini ko‘rsatdilar. «Tabiiy tartib» konsepsiyasi asosida «unumli mehnat», «sof mahsulot», kapital to‘g‘risidagi ta’limotlar ilgari surildi. Kapitalistik munosabat, xususiy mulk, erkin baholar, erkin raqobat, davlatning iqtisodga kam aralashuvi «tabiiy hoi» deb tan olindi. Ulaming fikricha, qiymat iste’mol qiymati bo‘lib, hatto tabiat, yer in’omi sifatida talqin etiladi. Dehqonchilikdan boshqa sanoat, savdo va xizmat tarmoqlari unumsiz soha deb qaraladi. Bunday noto‘g‘ri fikming paydo bo'lishi Fransiyaning o'sha davrdagi iqtisodiy ahvoli (agrar mamlakat) bilan bog‘liqdir. Kapital tushunchasining kiritilishi va uning boshlang‘ich va yillik bo'nak kabi ikki qismga bo'linishi iqtisodiyot tarixida muhim qadamdir. Shundan doimiy va aylanma kapital g‘oyalari ham kelib chiqadi. F.Kenening «Iqtisodiy jadval» asarida jamiyatdagi sinflar masalasi ko‘tariladi, ammo bunda ba’zi kamchiliklar bor, uni A.Tyurgo rivoj- lantirib, o‘sha davr uchun to‘g‘ri qisqacha xulosalarlar chiqaradi. Takror (uzluksiz) ishlab chiqarish jarayoni va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasi birinchi bor kun tartibiga qo‘yiladi. Oddiy takror ishlab chiqarish chizmasi beriladi va tayyor mahsulotning ayianish tamoyillari ko'rsatiladi, bu o'sha davr uchun katta kashfiyot edi. Tarmoqlar, ya’ni sektorlararo taqsimotning aniq proporsiyalari bo‘lishi zarurligi qayd etiladi, ma’lumki bu tamoyil hozirgi davrda ham muhim. Olim va davlat arbobi A.Tyurgoning iqtisodiy g'oyalari ancha mukammal bo‘lib, o‘sha davrdagi jamiyat va iqtisodiyotdagi jarayon- lami ancha izchil tahlil etadi va sanoatda kapitalistlar va yollanma ishchilar mavjudligi hamda beshta sinf borligi e’tirof etiladi. A.Tyurgo sanoat va xizmat sohalariga ijobiy yondashadi. U kapital va qo‘shimcha mahsulot (qiymat) masalalarini ancha mukammal hal etadi, sanoat, ssuda va kapital haqida fikr yuritadi, lekin oxir-oqibatda fiziokratizm qobig‘idan chiqa olmaydi, qo‘shimcha mahsulotning asosiy shakli yana yerga, yer rentasiga qaytadi. A.Tyuigo moliya vaziri sifatida bir qancha iqtisodiy islohotlami o'tkazishga erishadi. Ammo mam lakatdagi ijtimoiy tuzum bu islohotlarga to‘siq edi. Hozirgi davr tili bilan aytganda, fiziokratlar sof bozor munosabatlarini qo‘lladilar, ammo ulaming g‘oyasi, asosan, qishloq xo‘jaligi bilan cheklab qo‘yildi, barcha fikrlarda mukammallik yetishmas edi. Bu vazifalar esa keyingi olimlar tomonidan hal etildi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling