‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
A. Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «Xalqlar boyligi...»
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot»ni
- A.Smitning tadqiqot predmeti va metodologiyasi Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini
- «ko‘rinmas qo‘l»
- «iqtisodiy odam»
8.2. A. Smitning iqtisodiy g‘oyalari. Uning «Xalqlar boyligi...»
asaridagi iqtisodiy qarashlar Adam Smit (1723-1790) Shotlandiyaning Kerkoldi shahrida bojxona amaldori oilasida dunyoga keldi. Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi. U 1766-yilda o'zining bosh asari - «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot»ni yozishga kirishdi. Asar 1776-yil martda Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosidanisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimigaaylandi. A.Smitning bu asari besh kitobdan iborat bo‘lib, birinchisida qiymat va qo‘shimcha daromad muammolari tadqiq etildi, ikkinchisida - kapital jamg‘arilishining shakllanishi davrida Yevropaning iqtisodiy rivojlanishi, uchinchisida turli xalqlarda farovonlik, kapitalizm taraqqiyotining tarixiy shart-sharoitlari, to‘rtinchisida - merkantilizm va fiziokratlaming ta’limotiga munosabati, beshinchisida esa davlat moliya tizimi tadqiq etilgan. Asar A.Smit tirikligida to'rt marta, o‘li- midan so‘ng uch marta nashr etildi. Asarga Angliyadagina emas, chet ellarda ham qiziqish ortdi. Rossiyada bu asaming taqimasi birinchi marta 1802-1805-yillarda chop etildi. ASmit 1778-yilning boshida Edinburgda bojxona komissari lavozimiga tayinlandi va umrining oxirigacha shu yerda ishladi. A.Smit tomonidan tadqiq etilgan insonning tabiati, inson va jamiyat orasidagi munosabat klassik maktab qarashlarining asosini tashkil etadi. Bunda «iqtisodiy odam» tushunchasi keyinroq paydo bo‘lishiga qaramasdan, uning kashfiyotchilari A.Smitga tayanganlar. A.Smitning tadqiqot predmeti va metodologiyasi Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy-turmush darajasini oshirish muammolari A.Smit tadqiqotining predmetini tashkil etadi. Qanday shart-sharoitlar va qanday qilib insonlar yuqori- roq moddiy turmush darajasiga erisha oladilar degan fikr asaming asosiy g‘oyasini aks ettiradi. Iqtisodiy o‘sishning pul shakli inkor etiladi va asosiysi moddiy ne’matlar yaratish deb qaraladi, bular esa faqat ishlab chiqarish sohasida yuzaga keladi va shu sababli ustuvor deb hisoblanadi. Ammo qaysi (sanoat, qishloq xo‘jaligi) soha afzalligi aniq aytilmaydi. Asaming 2-kitobida dehqonchilikka kapital qo‘yish yaxshiroq samara beradi deb uqtiriladi. Iqtisodiyot rivojlanishi bilan sanoat tovarlami narxi pasayish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi esa o'sish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi. Demak agrar soha ustun (bu xato). Metodologik jihatdan bu tadqiqot iqtisodiy liberalizm konsepsiyasiga, ya’ni fiziokratlaming tabiiy tartibi, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslanadi. Olim o‘z asarlari va tadqiqotlarida odamlar ba’zi tabiiy xususiyatlarga ega, ana shunday xususiyatlardan biri egoizm (xudbinlik) bo‘lib, odamlar o‘z xo‘jalik faoliyatlarida unga amal qiladilar. Ammo ayrim shaxsninggina manfaatlari jamiyat manfaatlariga mos tushadi, deb uqtiradi. Har bir odam o‘z shaxsiy manfaatini ko'zda tutadi, ammo bu holatda ko‘p boshqa holatlardagi kabi, u «ko‘rinmas qo‘l» tomonidan uning niyatida ham bo‘lmagan maqsad sari yo'naltiriladi... Bunda u ongli ravishda xususiy manfaatlarga intilgandan ko‘ra ko‘proq haqqoniy ravishda jamiyat manfaatlariga xizmat qiladi. «Ko'rinmas qo‘l» bu — obyektiv iqtisodiy qonunlaming stixiyali harakati. Bu qonunlar odamlaming xohish-irodasidan qat’i nazar, unga qarama-qarshi harakat qiladi. Har bir odam ko‘proq foyda olish uchun kapitalni imkoni boricha qulay ishga joylashtirishga urinadi, chunki u jamiyatning emas, o‘zining shaxsiy manfaatini ko‘zlaydi. Ammo inson o‘z shaxsiy manfaatini o'ylagan paytda, bu holat muqar- rar ravishda jamiyat uchun ko‘proq naf keltiruvchi mashg‘ulotni tan- lashiga olib keladi. Smitning ta’rifi bo'yicha, foyda ketidan quvish va raqobat jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatga aylanadi. Hozir «ko‘rinmas qo‘l» iborasi bilan birga «iqtisodiy odam» tushun chasi ham kiritildi. Unga ko‘ra, shaxsiy manfaatlar tufayli savdo va almashuv jarayoni amalga oshadi. Iqtisodiy rivojlanishning shaxsiy manfaat va stixiyali qonunlaming o'zaro samarali harakati sharoitlarini A.Smit «tabiiy tartib» deb atagan. Demak, jamiyatga naf keltiruvchi faoliyatni biror harakat bilan cheklamaslik kerak. Bu tamoyilga ko‘ra quyidagilar takUf etiladi: 1. Ishchi kuchining erkin harakati; 2. Savdoda (yer savdosida ham) to‘la erkinlik; 3. Sanoat va ichki savdoni hukumat tomonidan reglamentatsiya qi- lishga qat’iy qarshilik; 4. Erkin tashqi savdo (proteksionizmga qarshi). Olimning bu g'oyalari keyinchalik to'la amalga oshdi. A.Smit iqtisodiy haqiqatga oid faktlami qanday bo‘lsa, shunday holda o‘rganish bilan cheklanmasdan, «tabiiy baho», «tabiiy norma», ish haqi va boshqalaming nimaga bog‘liq ekanligini aniqlashga urindi. Buning uchun u mantiqiy abstraksiyaga tayanib ish yuritdi. U tasodifiy voqealardan holi ravishda kapitaUstik xo'jalikning ayrim xususiyatlari to‘g‘risida qator muhim qisqacha xulosalar chiqardi. U aniq iqtisodiy hayotni izohlashni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. U shu maqsadda kapitalistik xo‘jalik voqealarini izohladi va ma’lum tizimga soldi. A.Smit abstraksiya usulidan foydalanib, hodisalaming ichki bog‘lanishi masalalariga kirib bordi. Parallel ravishda u kapitalistik haqiqat to‘g‘risidagi bevosita kuzatish natijalarini umumlashtirdi. Birinchi metod izoterik, ikkinchisi - ekzoterik usullar deb ataladi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling