‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat taqsimoti va pul to‘g‘risidagi ta’Iimot
- Pul nazariyasi
N.G.Chemishevskiy A.Smit metodiga aniq xarakteristika bergan.
Ikkala metodni bir vaqtda qo'llashning afzalligi bilan birga, katta kamchiligi ham bor: olingan natijalami bevosita solishtirish har doim ham mumkin emas. Ilmiy tahlil asosida olingan qisqacha xulosalar, yuzaki umumlashmalar bilan bir qatorga qo‘yiladi. Mazmun va hodisa shakllari doim ham o‘zaro mos kelavermaganidan bu qisqacha xulosalar ba’zida bir-biriga zid ham bo'lgan, ammo A.Smit buni oxirigacha tushunib yetmadi. Mehnat taqsimoti va pul to‘g‘risidagi ta’Iimot A.Smitning iqtisodiy qarashlari asosida shunday g‘oya yotadiki, unga ko‘ra jamiyat boyligi ishlab chiqarish jarayonida mehnat tufayli paydo bo'ladi (merkantilistlardan keskin farqi bor). A.Smit mehnatni barcha sohalarda (sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari) boylikning asosi deb bildi. U kapitalistik ishlab chiqarishning manu faktura bosqichini tahlil qilish asosida iqtisodiy o‘sishning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosalarga keldi va buni o‘z tadqiqotlari- ning boshlang'ich punkti deb qabul qildi. Uningcha, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot iste’moli ikki omil: aholining unumli mehnat bilan shug‘ ullanayotgan qismi va mehnat unumdorligining darajasi bilan belgilanadi. Farqli ravishda ikkinchi omil muhimroq bo‘lib, u mehnat taqsimoti bilan bevosita bog‘liqdir. Pul nazariyasi Ishchi ilojsiz kapitalning qo‘shimchasiga aylanib, ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat obyekti va sharoitidan mahrum bo‘la boradi. Insonning almashuvga moyilligi uning psixologiyasi va hulq-atvoriga xos bo‘Ub, mehnat taqsimotining rivojiga ham ta’sir etadi. Bundan keyin, mehnat taqsimotining o‘sishi va almashuvning kengayishi parallel boradi va ular bir-birining rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Bu jarayonda Smit tovar dunyosining pulning stixiyali ravishda, uzoq rivojlanish jarayoni natijasida ajralishini ko‘rsatib beradi. Pulning paydo bo‘lishini ayrim iqtidorli odamlaming kashfiyoti yoki o‘zaro hamkorligiga bog*lash mumkin emas. Smit pulning muomala vositasi funksiyasini boshqalarga nisbatan (bu prinsiplar Smitda beshta, G ‘arb olimlarida esa uchta) alohida ta’kidlaydi. Oqibatda Smitning fikricha, pul texnik qurol bo‘lib, iqtisodiy jarayonlarni yengillashtiradi, uni «muomalaning buyuk gildiragi» deb baholaydi. ASmit oltin va kumush pullami qog‘oz pul bilan almashtirish maqsadga muvofiq, uni esa banklar cheklangan miqdorda chiqarishi zarur deb hisoblagan. A.Smitning qarashlarida ancha chalkashliklar bo‘lsa ham, lekin u pul va kreditni ishlab chiqarishga nisbatan tobehgini ko‘rsatib berdi. A.Smit pul-kredit omillarining mustaqilligini yetarli baholay olmadi, ulaming ishlab chiqarishga teskari ta’sirini tushunmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling