‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
F.Kene - fiziokratizm ta’limotining asoschisi
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» paydo bo‘ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval»
7.2. F.Kene - fiziokratizm ta’limotining asoschisi.
Uning «Iqtisodiy jadval» asaridagi g‘oyalar Fransua Kene (1694-1774) har tomonlama keng bilimli olim bo'lib, Versal yaqinida, kambag'al dehqon oilasida dunyoga keldi, u yoshligidan tibbiyotga havas qo‘ydi, qishloq jarrohidan dais oldi, tibbiyot amaliyoti unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Ludovik XV qirol saroyiga) o‘tdi. 1718-yilda vrachlik kasbini oldi. 1744-yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi, 1752-yildan esa Ludovik XV xonadonida tabiblik qildi (leybmedik). Tibbiyot va biologiyaga oid ko'pgina asarlar yaratdi. U oltmish yoshdan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan bevosita shug'ullana boshladi. 1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo‘lgan edi. Didro va D’Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus»da F.Kenening dastlabki iqtisodiy maqolalari: «Fermerlar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» paydo bo‘ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asming ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat arbobi A.Tyurgo (1727-1781) davom ettirdi. Fiziokratizm g‘oyalarini (ayniqsa, F.Kene ta’limotini) Dyupon de Nemur, D ’Alamber, V.Mirabo, G.Letron va boshqalar keng taig'ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki, o‘sha davr tili bilan aytganda, «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asming 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi. F.Kene «tabiiy tartib» konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslu- biy platformasi edi («tabiiy huquq» konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo'layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o‘zgarishi, ya’ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo'llab-quwatladi, boylikning adolatli taqsimlani- shini istardi. Iqtisodiy rivojlanish odamlaming istak-xohishiga bog‘Uq bo'lmagan tabiiy jarayon bo'lib, uning ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysu- nishini tan oUsh fiziokratlaming so'zsiz yutug‘i edi. Bu qonunlar, ulaming fikricha, tarixiy bo‘lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko‘p jihatdan isbotlamoqda). F.Kene almashuvning ekvivalentligi ta’limotini ilgari surdi. U almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, demak, almashuv jarayoni hech narsa ishlab chiqarmaydi, deb hisoblagan. Erkin raqobat sharoitida almashuv sohasida teng miqdorli qiymatlaming almashuvi ro‘y beradi. Bu qiymat tovarlarda ular bozorlaiga kirmasdan oldin ham mavjud bo‘ladi (V.Pettining tovar qiymati faqat almashuv paytida paydo bo'ladi, degan fikri noto‘g‘ridir). Bundan kelib chiqadiki, almashuv jarayonida boylik yaratilmaydi va foyda paydo bo'lmaydi. Almashuvning ekvivalentligi to‘g‘risidagi ta’Iimot merkantilistlaming qarashlarini inkor etish uchun nazariy asos bo‘ldi. Bu holat, shu bilan, birga fiziokratlardan boylik manbayini muomala sohasidan tashqarida izlashni taqozo etdi. Ammo F.Kene miqdorli qiymatlaming almashuvi sababini to‘g‘ri tushuntirib bera olmadi, chunki qiymat nazariyasi hali to‘la ishlab chiqilmagan edi va u qiymatni ishlab chiqarish xarajatlari bilan aynan bir deb hisobladi. Fiziokratlaming iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» to‘g‘risidagi ta’Umot markaziy o'rin egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda, bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kene «sof mahsulot» faqat qishloq xo'jaligida, dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta’sirida iste’mol qiymatlari miqdori ko'payishini ta’kidlaydi. Sanoatda esa iste’mol qiymatlari faqat turli kombinasiyalarga uchraydi, mehnat jarayonida dehqonchilikda yaratilgan mahsulotning shakli o‘zgaradi, lekin uning miqdori ko‘paymaydi, shuning uchun «sof mahsulot» paydo bo‘lmaydi va boylik yaratilmaydi (kuchli, ammo noto‘g‘ri mantiq bor). A.Smitning fikricha, shu asosda hunarmandlar (sanoatchilar) unumsiz, foyda bermaydigan sinf deb qaralgan. Aslida esa fiziokratlar bu sinfning borligini tan oladilar, uni unumsiz emas, balki foydaga sof qo‘shimcha daromad keltirmaydigan sinf deb qaraganlar. ATyuigo esa bu sinfga yuqori baho berib, «haq to‘lanadigan sinf» deb qaraydi. Fiziokratlar qiymatni iste’mol qiymatiga, hatto tabiat mahsulotiga tenglashtiiganlar (almashuv qiymati ham bor). Ulami faqat miqdoriy soha, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida olingan iste’mol qiymatlarining ortiqcha qiymati (iste’mol qilingandan ortig'i) qiziqtiigan. Bu narsa asosan dehqonchilikda aniq namoyon bo‘ladi. Ammo F.Kene ta’limotining boshqa tomoni ham bor. Uning fikricha, «sof mahsulot» miqdori ishlab chiqarish chiqimlarining miqdoriga bog‘liqdir, bu chiqimlarga xomashyo sarflari, materiallar va ish haqi kirad.i. Materiallarning qiymati belgilanganhgi tufayli, ish haqi lirikchilikning minimum xarajatlariga keltirilgan ekan, «sof mahsulot» (qo'shimcha qiymat) qo‘shimcha mehnatning samarasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, fiziokratlarda qo‘shimcha qiymat tushunchasi qarama-qarshi xarakterga ega. Ular uni tabiatning sof hadyasi, ya’ni dehqonlaming qo'shimcha mehnati natijasidir, deb qaraganlar (qo‘shimcha qiymat yaratishda tabiat ham ishtirok etadi). Fiziokratlaming bunday fikrlashi qiymatning ijtimoiy tabiatini tushunmaslikdan va qiymat tushunchasini iste’mol qiymati bilan qorishtirib yuborish oqibatida yuzaga keldi. Foyda tushunchasi mustaqil kategoriyaga ajratilmagan, hatto inkor etilgan. Renta qo'shimcha qiymatning yagona shakli sifatida qabul qilingan ekan, foyda ishlab chiqarish chiqimlarining faqat ajralmas qismi bo‘lishi mumkin edi. Ular foydani ish haqining shakli sifatida qaraganlar, foyda g o ‘yoki odatdagi ish haqidan o'zining kattaroq miqdori bilan farq qilgan va u kapitalistlar tomonidan foyda sifatida to‘la iste’mol qilingan. Fiziokratlaming «unumh» va «unumsiz» mehnat to‘g‘risidagi ta’limoti «sof mahsulot» to‘g‘risidagi ta’Iimot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular «sof mahsulot» yaratuvchi mehnat unumh bo'ladi, ya’ni qo'shim- cha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to‘g‘risidagi masalagaprinsi pial to‘g‘ri yondashish yo'li edi Ammo renta qo‘shimcha qiymatning yakka-yu yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababU dehqon mehnati birdan bir unumli mehnat deb hisoblanadi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) mehnat «unumsiz», ya’ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlariga qarshi qo‘yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo‘llanmasin, qo'shimcha qiymat yaratadi. F.Kene «sof mahsulot» to‘g‘risidagi o‘z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo ladi: unumh sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo‘jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya’ni «sof mahsulot» yaratuvchilaming hammasi kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to‘lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi to‘g‘risidagi bu ta’limotning asosiy kamchihgi shuki, F.Kene yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko‘ra bilmaydi, to‘g‘rirog‘i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o‘sha davrda kam bo‘lsa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan buijua jamiyatining boshqa sinflarga qaishi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to‘g‘risidagi ta’limotning bu kamchiliklaridan qat’i nazar, jamiyatni sinflarga bo'lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko‘rsa- tishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi. Fiziokratlaming muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan bo‘lib, kapital tushunchasini tahlil qilishgan. Asarlarida bevosita «kapital» so‘zi qo'llanilmagan, ammo yerlaming zaxini qochirish, ya’ni yer sifatini yaxshilash, qurilish, ot, plug, borona uchun ma’lum tipdagi dastlabki avans (bo‘nak) hamda urug‘lik va ishchi-batraklaiga beriladigan avans boshqacha ekanligi aniq belgilanadi. Chunki birinchisiga qilingan xarajat bir necha yilda bir marta bo‘lib, o‘z-o‘zini asta-sekin qoplaydi (asosiy kapital), ikkinchisi esa yiliga yoki doim bo‘lib, har bir hosil tufayli qoplangan. Shu sababli F.Kene ulami dastlabki avans (hozirgi zamon nuqtayi nazaridan asosiy kapital) va yillik avans (aylanma kapital) deb atadi. Bu g‘oya ASmit tomonidan rivojlantirildi. Bu o'sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Shunisi muhimki, aylanma kapital bilan biiga asosiy kapital ham doim harakatda deb qaraladi. Dehqonchilikda qo'llaniladigan kapitalning moddiy elementiaiiga qishloq xo'jaligi qurollari va inventar, mol, urug‘lik, odamlaming tirikchilik vositalari va boshqalar kiritilgan. F.Kene merkantilistlardan farqli ravishda (ular kapitalni pul bilan aynan bir deb hisoblaganlar), pullaming o‘zi emas, balki pulga olinadigan ishlab chiqarish vositalari kapital hisoblanadi, deydi. Ammo kapitalning bu moddiy elementlari umumiy mehnat jarayonining oddiy elementlari sifatida, kapitalistik ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan ijtimoiy shaklidan ajralgan holda qaraladi, oqibatda kapital abadiy, ya’ni tarixiy bo'lmagan kategoriya deb ko‘rsatiladi. Ishlab chiqarish chiqimlari (harajatlari)ni tadqiq qilish orqali kapitalning tashkil etuvchi qismlarini ajratish imkoni paydo bo‘ldi, bunda kapitalning (oborot) aylanish xarakteri hisobga olindi. Kapitalning bir qismi boshlang'ich avans (bo‘nak) hisoblanib, unga qishloq xo'jalik inventari, qurilish, mol va boshqalaiga ketgan sarflar kiradi, shulardan 10 foizi yillik amortizatsiya hisoblangan, yillik avans deb atalgan kapi talning boshqa qismiga urug‘lik olish, asosiy qishloq xo‘jalik ishlari, ishchi kuchi uchun xarajatlar kiradi. Boshlang'ich avans bilan bog'liq kapital saifi ishlab chiqarish sikli bir qancha (qator yfflar) vaqt ichida to‘la aylansa, yillik avansga sarflangan kapital bir ishlab chiqarish sikli (bir yil) davomida to‘la aylanadi. Bu yerda amalda doimiy va aylanma kapital to‘g‘risidagi g‘oya berilgan, ammo bu tushunchalar boshqa so‘zlarda ifoda etilgan, xolos. Shunisi diqqatga sazovorki, F.Kene kapitalni asosiy va aylanma kapitalga bo'lgandafaqat ishlab chiqarish kapitali bilan bog‘lagan holda bergan, uni muomala kapitali (savdo kapitali) bilan qo‘shib yubormagan. Shu sababli u pul va tovami ishlab chiqarish kapitalining biror tarkibiy qismiga kiritmasdan, to‘g‘ri fikr yuritgan. Shunday qilib, fiziokratlar asosiy va aylanma kapitalga oid muammoni nazariy jihatdan yechishga asos soldilar. F.Kene iqtisodiyot tarixida takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko'rsatish uchun birinchilardan bo‘Ub urinib ko‘rdi. U o'sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo‘ladi: birinchisi — unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi — mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi — unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko‘rsatilgan, buning oqibatida ishlab chiqarishning awalgi hajmida qayta boshlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi. «Iqtisodiy jadval»ning bir necha variantlari mavjud. Biri Versalda 1758- 1759-yillarda chop etilgan. 1894-yUda bu jadvalning boshqa varianti topildi. Birinchi variant bo‘yicha (2-chizmaga qarang) kapital aylanishi quyidagicha ro‘y beradi: qishloq xo'jaligida yaratilgan jami qimmat 5 mingga teng bo‘lib, shundan 3 mingi yemi ishlashga ketgan xarajatdir. Fermerlar yetishtirilgan mahsulotning 2/5 qismidan aylanma kapital uchun foydalanadilar, 1/5 qismi unumsiz sinfga sotiladi va unga asosiy kapitalni (asbob-anjomni) ta’mirlash uchun kerakli asbob-uskuna olinadi. Bu yerda fermerlar faqat «boshqarish uchun haq olganliklari» sababli unumdor narsa fermer mehnati emas, balki yerdir. Qoldiq esa yer egasiga renta sifatida to‘lanadi. Yer egalari o'zlarining 2 minglik daromadining yarmini sanoat tovarlari olishga sarf qiladilar, «unumsiz sinf» 2 mingga xomashyo va qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotib oladi. Bu jarayon natural ko‘rinishda ham namoyon bo'lishi mumkin. Bunda 3/5 qism mahsulot muomalaga kiritiladi, undan xuddi pul shaklida ham foydalanish mumkin. Bu jarayon boshida fermerlar iqtisodiyotdagi 2 ming pul massasiga ega bo‘ladilar. Yerdan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun bu summa egalariga (yer ulamiki) beriladi, ular esa bu summani oziq-ovqat mahsulotlari (1 ming) va sanoat tovarlari (1 ming) olish uchun sarflaydilar; endi fermerlar olingan 1 mingni asosiy kapitalni qoplash uchun hunarmandlarga (unumsiz sinfga) beradilar, ular esa olingan 2 mingni qishloq xo‘jalik mahsulotlari olish uchun sarflaydilar. Oqibat da fermerlar 3 ming oladilar va 1 mingni sarflaydilar (qoldiq 2 ming); shu yo‘l bilan boshlang‘ich holatga qaytadilar. «Unumsiz» sektorning sof mahsuloti 0 ga teng, yangi ishlab chiqarish sikli boshlanishi bilan 2 ming pul shaklida yana yer egalariga (renta) beriladi. Barcha aytilgan fikrlar bir yil uchundir, lekin uni oylar bo'yicha ham tahlil etish mumkin. Bu hozirgi davrdagi taniqli iqtisodchi V.Leontevning «xarajatlar chiqarishlar» jadvalini eslatadi. Xuddi Leontev tizimidek ma’lum boylikni yaratish uchun kerakli barcha omillardan cheklangan aniq nisbatda foydalaniladi, mazkur sektorning mahsulot qiymati boshqa sektorning umumiy to‘lovlari bilan to‘la qoplanadi. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling