‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konfiitsiy yoki Kun-Tszi (m.a. 551-478 yy.) «Lun yuy»
I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan
yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko‘tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag‘batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mah- sulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo‘lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‘shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o‘sha davrda ham afzal) qilib belgilangan. Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo‘lgan «Avesto» ya’ni «hayot yo‘riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. «Avesto» bo‘yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zaxira oziq-ovqatlar barpo qilish qo‘Uab-quwatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta’limotlarda ham bu g‘oya katta o‘rinni tutadi). «Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi daviga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Tim to‘g‘- risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo‘ylaming mo‘l-ko‘lligi haqida so‘z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, qor va suv to'fonidan hayvonlar va odamlami qutqarish uchun «varu» (qo‘rg‘on) qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o'simliklar urug‘i va yonib, porlab tuigan olovni keltiradi (Nuh payg'ambar bilan solishtiring). Odamlar uchun turaijoy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi. «Avesto»ning 3-bobi (fargard) «Vandidot» bo‘lib, nisbatan keyingi davr voqealarini aks ettiradi. Unda, asosan, dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi (awalgi boblarda chorva yetakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o‘t, mevali ekinlar o‘stiriladigan, suvsiz joylami sug‘oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga ko‘p go‘ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko‘rinib turibdi. Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.av. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari m.av. II ming yillikda paydo bo'lgan. Konfutsiylik g'oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfiitsiy yoki Kun-Tszi (m.a. 551-478 yy.) «Lun yuy» to‘plamida («Suhbatlar va mulohazalar») o‘z g‘oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan izlaydi. Shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlaming manfaatini himoya qiladi (bu g‘oyalar keyinchalik Ken-Tszi (m.a.312-289-yy.), Syun- Tszi (313-278-yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). Yoshlaming qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlami me’yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammani o‘z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Xalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e’tibor bering). Bu g‘oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o'zgarishlar davriga to‘g‘ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari o‘sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfiitsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so‘nggisini ko‘proq qo‘llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta’kidlaydi va uni tabiiy hoi, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo‘lib, hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni ko'proq ishlab, kamroq iste’mol qilishga chaqirdi. Syun-Tszi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlaming boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o‘zida ko‘p kasb egasi bo‘la olmaydi, degan fikr paydo bo‘ldi, ya’ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g‘oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak: 1. Xarajatlami iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash; 2. Xalq to'qligini ta’minlash; 3. Ortiqcha mahsulotlami saqlash zarurligi. Miloddan awalgi VI-III asrlarda legistlar fqonuniy degani) oqimi paydo bo‘ldi, ular boshqarishni aniq qonunlar asosida (oddiy odatlarga qarshi) olib borish tarafdori edilar (namoyandalari Tszi-Chap, Li- Kuy), markaziy davlat kuchli, mamlakat esa yagona, birlashgan bo‘li- shini qo‘llab-quwatlashgan. Legistlar (Shan Yan), ayniqsa, qishloq xo'jaligi, dehqonchilik, donchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor berishgan. Don masalasini hal etish bosh masala deb bilingan. Shan Yanning fikricha, davlat ravnaqi uchun ikki masalani hal etish zarur: don va urush (atrofdagi yerlami bosib olish). Dehqonlar ro‘yxatini o'tkazish, qonun yo‘li bilan yig‘ilgan don miqdoriga bog‘liq yagona soliq tizimini kiritish taklif etiladi. Qonun yo‘li bilan turli «ishyoq- maslar»ni «yerga qaytarish», ya’ni dehqonchilik bilan shug‘ullanishga, mehnat qilishga majbur etish siyosatini qo‘llash kerak deganlar (Xitoydagi 1960-yillar davomida ro‘y bergan madaniy inqilob davrida shu siyosat amalga oshirildi). Undan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulot- lari bilan savdo qilishni qat’iy cheklash ham talab qilingan (go‘yoki savdogarlar bundan katta foyda olishlari mumkin). Savdo-garlar savdoni tashlab, dehqonchilikka intilishlari kerak. Erkin sohib-korlik taqiqlangan, umumiy yer egaligi va javobgarlik joriy etilgan (m.av. 351-y.) Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling