Q.Yo‘ldoshev, N.Yo‘ldoshev, A.Razzoqovlar tomonidan mamlakati-
miz hududida yashab, ijod etgan donishmandlaming iqtisodiy merosi
to‘g‘risida bir qancha ilmiy maqolalar va o‘quv qo‘llanma chop etildi.
2000- yili TDIU da «Iqtisodiy meros va jahon tajribasi» mavzusida
respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi
va uning materiallari
(2001-yil, 9.75 b.t.) nashr qilindi.
Shulami hisobga olib, darslikka alohida ikki bob kiritildi. Unda
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g'oyalari keltirildi. Bunda
keyingi davrda boshqa mintaqalarda chiqarilgan adabiyotlaming
tajribasidan foydalanildi.
Umuman,
respublikamizda «Xalq xo‘ja!igi va iqtisodiy ta’limotlar
tarixi» (08.00.02) fani bilan u yoki bu darajada shug‘ullanayotgan
barcha kuchlami birlashtirish, dastur, o‘quv qo'llanma, darslik tay-
yorlash,
malakasini oshirish, ilmiy daraja olishga imkon beruvchi
ixtisoslashgan kengash ochish, biigalikda konferensiya va boshqa anju-
manlami o‘tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish vaqti yetdi.
Ushbu darslik Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti «Iqtisodyot
nazariyasi» kafedrasi a’zolari i.f.d., professor, 0 ‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi
A.A. Razzoqov, i.f.d.
Sh.H.
Tashmatov (11-14-boblar) hamda i.f.n. N.
O‘rmonov (3-4,22-boblar)
tomonidan yozilgan. Har bob oxirida qisqacha xulosalar, asosiy tushuncha
va iboralar, nazorat va mulohaza qilish uchun savollar keltirildi.
KIRISH
«IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI»
KURSINING PREDMETI VA USLUBI
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» kursi iqtisodiy fanlar tizimida muhim
o‘rin egallaydi.
Insoniyat o‘zinmg ko‘p ming yillik tarixi davomida katta iqtisodiy
va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Har bir davrda u yoki bu
mamlakatda ayrim shaxslar (olim yoki hokimlar) tomonidan shunday
iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya,
nazariya, konsepsiyalar ilgari
surilgan va amalga oshirilganki, bir holda shular tufayli davlat va xalqlar
ravnaq topgan, ba’zida tanazzulga uchragan. Ana shu iqtisodiy g'oyalami
har tomonlama chuqur o‘rganish, tahlil etish,
ular orasidan
umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, hozirgi davrga, ya’ni
hayotga tatbiq etish amaliy va nazariy jihatdan foydaUdir.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi»
fanining predmeti bo‘lib, ma’lum
davrlardagi ijtimoiy qatlamlar, insonlar manfaatini ifoda etuvchi iqtisodiy
g‘oyalar va ijtimoiy konsepsiyalaming vujudga kelishi, rivojlanishi va
almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.
Bu g'oyalar
ayrim iqtisodchi olimlar, nazariy maktablar, oqimlar
va yo‘nalishlaiga tegishlidir. Iqtisodiy ta’limotlar
tarixi mustaqil fan
sifatida eng qadimgi davrdan boshlab, to hozirgi zamongacha vujudga
kelgan asosiy iqtisodiy fikr, g'oya, qarash, nazariya va ta’limotlami
o‘z ichiga oladi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: