‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi

bet4/163
Sana03.12.2023
Hajmi
#1798248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
61aef8397723d3.50813536

Uslubiy jihatdan bu fan iqtisodiy tahlilning ilg‘or metodlari 
yig'indisidan iborat bo‘lib, tarixiy induksiya, mantiqiy abstraksiya va 
boshqa usullardan keng foydalanadi.
«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fani «Iqtisodiy nazariya» fani bilan 
chambarchas bog‘liq, lekin undan katta farq qiladi. «Iqtisodiy nazariya» 
fanida eng muhim iqtisodiy kategoriyalaming so‘nggi davr uchun tahlili 
beriladi, ammo bu nazariyalar har doim ham turg'un bo'lmaydi va 
vaqt davomida, ayniqsa, keskin o‘zgarishlar davrida evolutsiyada bo‘ladi.


«Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari 
tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta’Iimot, 
konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy 
qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlaming manfaatlari nuqtai nazaridan 
tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.
Iqtisodiy tafakkur tarixi fanining amaliy xo‘jalik obyekti bilan 
chambarchas bog‘liqligmi namoyon etadi. «Eskiigan nazariyalami ular 
faqat inkor etilganligi sababli prinsi pda ilmiy emas deyish mumkin 
emas», - deb yozadi taniqli iqtisodchi T.Kun. Chunki keyingi, nisbatan 
yangi qarashlar awalgilar asosida, ulami qabul qilish, rivojlantirish 
yoki inkor etish natijasida paydo bo‘lgan. Ba’zi mutaxassislar faqat 
yangi nazariyalamigina o‘rganishni taklif etishadi, ammo bu so‘nggi 
nazariya awalgi ko‘p yillik ilmiy, amaliy tadqiqotlaming yakuniy qisqacha 
xulosalari sifatida namoyon bo'ladi yoki bugun biz «yangi» degan fikr 
ma’lum vaqtdan keyin o‘zgarishi mumkin.
Bu fan boshqa iqtisodiy va tarixiy, ayniqsa, iqtisodiyot nazariyasi fani 
bilan bevosita bog‘liq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi ancha keng davmi qamrab 
olgan va mustaqil xarakterga ega. Bu fanni o'iganish orqali xalq xo'jaligi 
tarixi, iqtisodiy tarix va iqtisodiy konsepsiyalar hamda aniq iqtisodiy 
predmetlami o‘zlashtirish osonlashadi, u yoki bu iqtisodiy o‘zgarishning 
shart-sharoitlari va oqibatlarini tahlil etishga katta ko‘mak beradi.
Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti to‘g‘- 
risidagi fikrlar Adam Smit tomonidan 1776-yili chop etilgan «Xalqlar 
boyligi» asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan. Ba’zi iqtisodiy g‘oyalar 
esa qadimdan ma’lum. Ulami o'rganish va eng muhimi, hayotga tatbiq 
etish yaxshi samara beradi.
Bu fanni chuqurroq o'rganish tufayli bir qancha yechimini kutayot- 
gan nazariy masalalarga oydinlik kiritish imkoni tug‘iladi. Masalan, 
bozor munosabatlarining ibtidosi hanuzgacha aniq yechimga ega emas. 
Ayrim olimlar bu jarayonni xususiy mulk, sinfiy jamiyat yuzaga kelishi 
bilan bog‘lasalar, ayrimlari (R.Xeylbroner, L.Turou) uni kapitalizm 
bilan, aniqrog‘i, «ishlab chiqarish omillari» paydo bo'lishi bilan 
izohlaydilar (mehnat, yer va kapital tovarga aylangach, bozor tizimi 
yuzaga kelgan ekan). Keyingi filer bo'yicha bozoming ibtidosi XVIII 
asrda Angliyada boshlandi.
0 ‘z davrida ilg‘or Sharqning ortda qolishi, G‘aibning ilgarilab ketishi 
sabablari, kelajak to‘g‘risidagi prognozlar ham muammo bo‘lib turibdi.


Darslikda shu masalalami hal etishga oid fikr-mulohazalar beriladi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling