‘zbekist0n respubukasi oliy уа ‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini
|
61aef8397723d3.50813536
- Bu sahifa navigatsiya:
- (reyganomika)
- (tetcherizm).
- Marks, A.Marshall va Keynsdir.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishda ma’lumni davrlashtirish
tizimidan foydalaniladi. Taniqli iqtisodchi olim J.K.Gelbreyt: «Amalda iqtisodiy g'oyalar o‘z davri va vujudga kelish joyining mahsuli bo'lib, ular bilan chambar- chas bog'langandir; bu g'oyalarni ular tushuntirib berayotgan dunyodan mustaqil ravishda ajratib qarash mumkin emas; bu dunyo esa doimo o'zgarishda bo'ladi, agar bu g'oyalar o‘z maqsadlariga to‘la javob berishni ko‘zlasalar, doimo shunga mos ravishda o'zgarib turishlari kerak», - deb yozgan edi. Kapitalizm davrida xo‘jalik va ijtimoiy hayotda baynalmilallik (internatsionalizm ) kuchayganligi tufayli, iqtisodiy fikrning rivojlanishi ham yagona jahon jarayoniga aylana boshladi. Oqibatda, klassik iqtisodiy maktab asoschilari A.Smit va D.Rikardoning qarashlari qisqa vaqt ichida butun jahonga ma’lum bo‘ldi, vaholanki, undan awalgi ko'pgina nazariyalar ayrim mamlakatlarda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmasdan «o‘lik mol» sifatida yotgan. Ammo hozirgi davrgacha jamlangan barcha iqtisodiy g'oyalami ma’lum sistemaga solish va shu asosda o‘rganish maqbuldir. Ammo o‘tgan davr hodisalari vag‘oyalarini hozirgi zamon qarashlari «qolipi»ga zo‘rma-zo‘raki moslashtirish mumkin emas. Bu tarixni vulgar zamo- naviylashtirishga, o‘rganilayotgan davming xususiyatlarini inkor etish ga oUb keladi. Bu fan doim rivojlanishda bo‘lib, bir-birini to‘ldiruvchi evolutsion (mavjud g'oyalaming yanada chuqurroq takomillashuvi) va inqilobiy (butunlay yangicha konsepsiyalar vujudga kelishi) yo‘llari mavjud. Inqilobiy o‘zgarishga misol sifatida A.Smit va uning izdoshlari g‘oyalari, marjinalistik to ‘ntarish, yangi klassik yo‘nalish (A.Marshall), J.M.Keynsning iqtisodiy qarashlarini keltirish mumkin. 0 ‘tish davri iqtisodiyoti bo'yicha g‘oyalar hozirgi davming muhim qarashlari majmuasiga kiradi va nihoyatda dolzarbdir. Bu masala 0 ‘zbekiston misolida qarab chiqildi. Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill (1874-1965): «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan chiqqan ekanligimizni bilishimiz kerak», - degan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, unda bosib o‘tilgan yo‘lni to ‘g‘ri baholash va istiqbolni ko‘zlash haqida gap boradi. Iqtisodchilaming tadqiqotlaridagi asosiy bosh g‘oya jamiyat, insoniyat, ayrim shaxslaming boyligi masalasidir. Maqsad bir, lekin unga eltadigan yo‘llar nihoyatda xilma-xil ekanligini ko‘ramiz. Ilk kapitalistik munosabatlar vujudga kelgan davrgacha (XV asr) bo‘lgan iqtisodiy g'oyalardagi umumiylik shuki, barcha donishmandlar va ulaming yozgan asarlarida mehnat va yer boylikning asosiy vositasi ekanligi turli yo‘llar bilan talqin etiladi, ularda ishlab chiqarish sohasi asosiy deb hisoblangan. XV-XVII asrlarda (qisman XVIII asr boshlarida) yangi iqtisodiy ta’Iimot - merkantilizm vujudga keldi. Merkantilizm to‘g‘risida qisqa ma’lumot beradigan bo‘lsak, uning mohiyati iqtisodiy siyosatda mamlakatda va davlat xazinasida nodir metallami ko‘proq to'plash, ta’limotda esa muomala (savdo, pul oboroti) sohasidagi iqtisodiy qonuniyatlami izlashdir, u awalgj davrdagi g'oyalardan keskin farq qiladi. Keyingi muhim o‘zgarish, bu klassik iqtisodiy maktabning yuzaga kelishidir (XVIII asr). Bu iqtisodiy ta’Iimot ichida fiziokratizm ham vujudga keldiki, uning umri uncha uzoq bo'lmadi. Klassik maktab g'oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo‘lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...). Marks nomi bilan bog'liq bo‘lgan marksizm ta’limoti (nobozor iqtisodiyot) ham tarixda muhim o‘rinni egallaydi. Hozirgi davrda bu ta’Iimot to‘g‘risida imkoni boricha gapirmaslikka, ayniqsa, yozmaslikka harakat kuchayib bormoqda, ko'proq uning faqat salbiy tomonlarini tilga oUsh «moda»ga kirgan. Bunda «jon» bor, albatta, chunki 1917-yili Rossiyada boshlangan marksizmni hayotga tatbiq etish jarayoni samarasiz tugadi. Keyinchalik shu yo‘lga o‘tgan bir qancha mamlakatlarda ham eksperiment samarasiz yakunlandi. Lekin tarix uchun insoniyatga bu saboq juda muhim, shu sababli uni chetlab o‘tish adolatdan emas, deb hisoblaymiz. Darslikda xayoliy sotsialistlar va markschilaming iqtisodiy g‘oyalari ham o'rin olgan, uning tarixiy taqdiri berilgan. XIX asr 2-yarmida awalgi g'oyalarga marksizmga muqobil ravishda vujudga kelgan va umumlashtirilgan holda maijinalizm deb ataladigan ta’Iimot hozirgi zamonning asosiy iqtisodiy g‘oyasi hisoblanadi. Lekin shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, biror ta’Iimot doimo sof holda amalda deyarli qo‘llanilmaydi. Har bir ta’limotning ko'plab turli oqim va yo‘nalishlari mavjud. Odatda, sof erkin bozor munosabatlari deyarli uchramaydi. Bozor munosabatlarining unsurlari, ular o‘rtasidagi nisbat ham doimo o'zgarib turadi. Demak, iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining muhim xususiyatlaridan bin, bu uning doimo harakatda, o'zgarish, rivojlanishda ekanligidir. Bir mamlakat chegarasida iqtisodiy ta’Iimot ta’siri ostida iqtisodiy siyosat har doim rivojlanishda bo'lishi kerak. Darslikda 0 ‘zbekiston misolida bozor munosabatlariga o'tish iqtisodiyoti konsepsiyasi xususiyatlari bayon etiladi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanining boshqa fanlardan farqli xususiyati shuki, har bir g‘oya, ta’Iimot uni yaratgan bir yoki bir guruh insonlar, olimlar, davlat rahbarlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda beriladi. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Milton Fridmenning fikricha, fanni o‘rganishda olimlaming «avtobiografiya va biografiyalariga murojaat qilish, shu yo‘l bilan olimlami aforizm va misollar yordamida rag‘batlantirish kerak, faqat sillogizm (deduktiv fikrlash) va teoremalar bilan cheklanmaslik zarup>. Sharq, xususan, Markaziy Osiyo donishmandlarining iqtisodiy g'oyalarini o‘rganish, aslini olganda, endi boshlandi, shu sababli ki- tobning bu bo'limi yangi materiallar bilan to‘lib borishiga ishonchimiz komil. Yetakchi mamlakatlar taraqqiyotining asosiy omillaridan biri, bu davlatlar iqtisodiyotining bo‘layotgan o‘zgarishlarga tez adaptatsiyasidir, ya’ni moslashuvidir. AQSH davlati tarixida qisqa vaqt davomida iqtisodiy siyosat bir necha bor almashdi va iqtisodiy ravnaq saqlab qolindi. Buyuk depressiya (1929- 1933)dan keyingi davrda AQSH prezidenti D.Ruzvelt «yangi yo‘l» kursi bilan J.M.Keynsning iqtisodiy g‘oyalarini amalda qo'lladi (davlatning iqtisodiyotdagi roli keskin oshdi, vaholanki undan awalgi yillari xususiy mulk (99 foiz) asosiy va yetakchi bo'lgan). Keyinroq prezident R.Reygan davrida davlatning iqtisodiyotdagi roli ancha kamaytirilib, liberal (erkin) iqtisodiyotga keng yo‘l ochib berildi (reyganomika), oqibatda bu prezident davrida qo'shimcha 14 million kishi tadbirkorligiga yo‘l ochib berildi, yangi-yangi millionerlar vujudga keldi. Xuddi shunday holat B.Klinton davrida ham qayd etildi. Buyuk Britaniya iqtisodiyotida ham buni ko'rish mumkin (tetcherizm). Iqtisodiy siyosat va iqtisodiy g‘oyalaming bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligini isbotlovchi misollami ko‘plab keltirish mumkin. Ayniqsa, «sotsialistik» deb atalgan rivojlanish yo‘lidan voz kechmagan Xitoy va Vyetnam davlatlarining iqtisodiy taraqqiyoti ham diqqatga sazovordir. Bozor iqtisodiyoti unsurlarining keng rivojlanishiga imkon beruvchi iqtisodiy islohotlar tufayli katta yutuqlarga erisMdi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixiga, balki boshqa fanlaiga ham xos bo‘lgan yana bir xususiyat shuki, iqtisodiy g'oyalar doimo dialektik rivojlanishda bo‘lib, ulaming tahliliga so‘nggi nuqta qo'yish qiyin.Bundan bir necha yuz yil awal yuzaga kelgan fikr va g‘oyalaming ma’nosi ustida tortishuv va baxslar hah ham davom etib kelmoqda. Masalan, hanuzgacha K.Marksning qiymat (ruscha - «стоимость») to‘g‘risidagi fikri aslida qimmat (ruscha «ценность») bo'lgan, degan fikr mavjud. Marks asarlarini nemis tilidan taijimada yo‘l qo'yilgan xato tufayli jiddiy tushunmovchilik yuzaga kelgan, deyilgan (Блауг М. Экономическая мысл в ретроспективе.М.,1994). Bunda dialektik mantiq bor, albatta, lekin yuqorida ta’kidlanganidek, awalgi g‘oyalar tufayli, odatda, yangi g'oyalar yuzaga keladi, shuning uchun bu g‘oya «yaxshi», unisi «yomon» tarzida baholash adolatdan bo‘lmaydi. A.Smitning mashhur asarida ‘zidan awalgi davrda yuzaga kelgan antik dunyo, merkantilizm, fiziokratizm ta’limotlari tahlil etilgan, Yevropaning iqtisodiy tarixi sinchiklab o‘rganilgan. Yetakchi g‘aib olimlari ko‘p hollarda to‘rt buyuk shaxsning g‘oyalariga alohida urg‘u berishadi: bular Srait, Marks, A.Marshall va Keynsdir. Bu olimlarning iqtisodiy g‘oyalarida mavjud ta ’limotlarning ko‘pchiligi o‘z in’ikosini topgan va ular jahon iqtisodiy g'oyalari rivojiga alohida hissa qo'shgan shaxslardir. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani bo‘yicha yaratilgan adabiyotlarga to'xtaladigan bo'lsak, bu masala o‘zbek o'quvchilari uchun eng nozik masala deyish mumkin. 1997-yili «Fan» nashriyoti tomonidan e’lon qilingan o ‘quv qo‘llanmadan (2000 nusxa) so'ng, 2001 yilda Toshkent moliya instituti tomonidan ham qo'llanma (300 nusxa) nashr etildi. 2001-yil Q.Yo‘ldoshev va Q. Muftoydinlovlar tom onidan tayyorlangan «Iqtisodiy ta’limotlar tarixidan» nomli qo'llanmada Sharq iqtisodiy g'oyalari tahlil etiladi. Yu.B. Yusupovning rus tilida (1999) chop etilgan ma’ruzalar matni ham diqqatga sazovordir. 2000-yildan boshlab TDIU magistraturasida «Iqtisodiy nazariya» mutaxassisliklari uchun « 0 ‘rta Osiyo mutafakkirlarining iqtisodiy g‘oyalari» maxsus kursi o‘qitila boshlandi, shunga mos namunaviy dastur, ma’ruzalar matni va boshqa me’yoriy hujjatlar tayyorlanib, amalda qo'llanilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling