Ўзбекистон алоқа ва ахборотлаштириш агентлиги
– Axborotlashtirish kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishi negizidagi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўзбекистон ало а ва ахборотлаштириш агентлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchilar
5350600 – Axborotlashtirish kutubxonashunoslik ta’lim yo‘nalishi negizidagi:
- 5A350602 - Elektron kutubxona va arxivlar magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun maxsus (ixtisoslik) fanlaridan D A S T U R Annotatsiya Dastur 5A350602- Elektron kutubxona va arxivlar magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun ta’lim yo‘nalishining 2017/2018 o‘quv yilida tasdiqlangan o‘quv rejasidagi asosiy fanlar asosida tuzilgan. Tuzuvchilar: B.I.Ganieva – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent; A.Xundibaev – “Kompyuter Osiyo ilmiy texnika parki” direktori, t.f.n. Dastur Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU AKTsKT fakultetining 2021 yil 22 iyundagi № 10- sonli kengashi yig‘ilishida muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. Kirish 5350600 – Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi negizidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar Davlat ta’lim standartida keltirilgan. “Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik” ta’lim yunalishida tahsil olishdan asosiy maqsad talabalarga axborot-kutubxona muassasalarida qo‘llaniladigan fanlar asoslarini o‘rgatish asosida ularning yetuk va yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari hamda olingan bilimlari asosida o‘qitish va ilmiy izlanishlarini davom ettirishlarni ta’minlashdan iboratdir. 5A350602 – Elektron kutubxona va arxivlar mutaxassisligi dasturning vazifasi quyidagilardan iborat: mavjud resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish; elektron-kutubxonalarda davlatni ichki va tashqi siyosatlarini olib borish, arxivlarning rivojlanishidagi axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, jumladan davlat sirini himoya qilish talablariga, rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishni o‘rganish; talab va taklif funksiyalarini tuzish va ular yordamida foydalanuvchilarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish; internet tarmog‘idan axbrotlarni olish, saqlash, qayta ishlab chiqarishning asosiy metodlari, usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, va ular yordamida axborot- kutubxonaning to‘liq matnli elektron resurslar fondini yaratishni tahlil qilish; axborot-kutubxona muassasalarida global kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi va ishlab chiqarish omillari bozorini, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish; zamonaviy axborot texnologiyalari tizimini yaratish va axborot-kutubxona muassasalarining ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish, mehnat bozoriga ta’sirini o‘rganish. Dastur ijtimoiy – gumanitar, umumiqtisodiy, axborot texnologiyalari, informatika ,tabiiy va matematik fanlar bilan uzviy aloqador bo‘lib, bu fanlar talabalarning shu sohadan olayotgan bilimlarini chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. 5A350602 – Elektron kutubxona va arxivlar mutaxassisligi bo‘yicha magistraturaga kiruvchilar, umumiy tarzda quyidagi bilimlarga ega bo‘lishi kerak: axborot-kutubxona faoliyati sohasining tashkiliy tuzilmasi, holati; foydalanuvchilarga yangi axborotni zudlik bilan yetkazish; jamiyatni axborotlashtirishda aloqa va axborotlashtirish sohasini roli; soha axborot-kutubxona muassasalarining salohiyatini shakllanishi; qarorlarni qabul qilishda axborot-kutubxona ta’minoti; axborot-kutubxona faoliyati tahlilining asosiy usullari va uslublari (metodlari); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling