Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
J.A. Yakubov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi v.b., ped.f.d., professor X.B. Samigova Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, filol.f.d., dotsent L.T. Axmedova Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar raisi, ped.f.d., professor 5 KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish boshlang‘ich maktab chet tillari o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida quyidagilarni inobatga olgan holda zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni joriy etish zaruriyatini ko‘rsatadi: xorijiy tillarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik va yosh xususiyatlari, ikkinchi tilni o‘zlashtirish nazariyasi tamoyillari (Second Language Acquisition), kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning o‘rgatishga psixologik, lingvistik va madaniy tayyorgarligi, shuningdek, o‘rgatishning madaniy va ijtimoiy-madaniy mazmuni. YUNESKO ning kompetentlik modeliga ko‘ra taʼlimning to‘rtta asosiy komponenti quyidagi malakalar bilan bog‘liq; bilimlarni egallashga va kasbiy hamda uslubiy kompetensiyani shakllantirishga o‘rganish, faoliyatli kompetensiyani shakllantiradigan va hamjamiyat hayotida samarali ishtirok etishning zaruriy sharti bo‘lgan bilimlarni qo‘llashni o‘rganish, bo‘lishni va shaxsiy kompetensiyani shakllantirish o‘rganish hamda jamiyatda yashashga va ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga o‘rganish. Yevropa malakalar tizimida kompetensiya tushunchasi kognitiv, funksional, shaxsiy va axloqiy tarkibiy qismlarning birligi orqali ochiladi. Yevropa malakaviy ramkasi (European Qualifications Framework) bo‘yicha, kompetensiya shaxs o‘z faoliyatida namoyish etishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlar yoki natijalarni tavsiflash bilan belgilanadi, kompetentlik esa shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, shaxsning xususiyatlari va fazilatlari bilan belgilanadi hamda sifatli faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Hozirgi bosqichda taʼlim mazmuniga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish hamda kontekstli til taʼlimini optimallashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida chet tillarni o‘qitish sohasidagi taʼlim islohotlar identiklikni shakllantirish maqsadida lingvistik, ijtimoiy-madaniy va siyosiy xususiyatlarni hamda va o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi ijtimoiy o‘zgarishlarni hisobga olish muhimligini tushunishga asoslangan. Muhim masalalardan biri deb quyidagilar hisoblanadi: taʼlim va o‘qitish o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilovchi taʼlim paradigmasining o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish; rivojlantiruvchi taʼlimni joriy etish va muloqot, tanqidiy fikrlash, hamkorlik hamda ijodkorlik kabi XXI asrning ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ham malaka oshirish (MO) kurslari materiallarida, ham o‘qituvchilarning o‘quv materiallarida o‘quvchi va o‘qituvchilarning metakognitiv va kognitiv strategiyalarni rivojlantirish sharti bilan o‘quv jarayonining ongli tushunish. Chet tili taʼlimining maqsad va vazifalariga zamonaviy qarashlarga javob beradigan chet tili o‘qituvchilarining ijtimoiy va fuqarolik faolligi hamda milliy umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Mazkur dissertatsiya tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi va O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi yangi Qonunida, O‘zbekiston 6 Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonlarida, 2019 yil 20 fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4199-son, 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 apreldagi “Umumtaʼlim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 281-son qarori, hamda t aʼlim sohasiga oid boshqa qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling