Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

Murabbiylarni tayyorlash 
Sinfda o’qitish
 
МО kurslari 
Kuzatilgan vazifa 
Amaliyotda sinovdan 
o‘tkazilgan vazifa 


17 
yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish doirasidan chiqishga imkon 
yaratishi mumkin. 
S.Brukfild (S.Brookfield), T.G. Rigan (T.G.Reagan), J.V.Bruxacher 
(J.W.Bruhacher), G.V.Keys (G.W.Case) kabi taniqli uslubiyatchi olimlarning 
ishonchi komilki, kasbiy o‘sishga faqat refleksiyaning o‘zgarishlarga olib 
boradigan, o‘qituvchini passiv texnik (passive technicians)dan 
transformatsiyalashayotgan intellektual (transformative intellectuals) darajasigacha 
transformatsiyalay oladigan faol shakllari va texnikalaridan foydalanibgina erishish 
mumkin. Bizning fikrimizcha, o‘qitishning barcha bosqichlaridagi paradigmal 
o‘zgarishlar refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalashning rivojlangan tizimisiz yuz 
bermaydi. Refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalash ko‘nikmalari nafaqat 
o‘qituvchilarda, balki o‘quvchilarda ham rivojlanishi kerak. Refleksiya 
ko‘nikmalari rivojlanishi I can (Kids‘ English 2, 3, 4) topshiriqlar majmuasida, 
Charlie the Chick o‘quv-metodik qo‘llanmasida aks ettirilgan. Ushbu darsliklarda 
o‘quvchilar nafaqat bajarilgan mashqlarni, balki o‘zlarining topshiriqni bajarish 
jarayoniga munosabatini ham baholaydilar. 
A.Kolbning o‘qitish jarayonining empirik modelini rivojlantirarkan, 
V.P.Bespalko o‘quv axborotini o‘zlashtirish bo‘yicha quyidagi besh asosiy 
komponentdan iborat o‘z modelini taklif etadilar: 1) Tushunish, 2) Tanish,
3) Takrorlash, 4) Qo‘llash, 5) Ijod. Bu o‘quvchilar bilishdan yaratishgacha 
bo‘lgan bosqichlardan o‘tadigan Blum taksonomiyasiga juda yaqin
14
. Kids‘ 
English o‘quv-metodik majmuasida mashqlarning tuzilishi va tizimi ham alohida 
olingan bo‘limlar ichida va ham darslar ichidagi shunday modellarni inobatga 
olgan holda asoslanadi. Darslar tuzilishi o‘quv jarayonini bilishdan yaratishgacha 
qurish imkonini yaratadi. 
L.S.Kojuxovskaya va I.V.Poznyak masalalar mezonlariga mos keladigan 
tarzda tuzilmalashtirilgan va refleksiya turlari bilan nisbatlanadigan mashqlarning 
quyidagi tipologiyasini taklif etadi: 1) kooperativ, 2) kommunikativ, 3) shaxsiy va 
4) intellektual
15
. Dissertatsiya ishini bajarish chog‘ida biz MO tizimi uchun 
moslashtirilgan, refleksiya turlariga mos tarzda nisbatlangan mashqlar tanlamasini 
tizimlashtirdik. Ko‘p mashqlar refleksiyaning, masalan, mashq singari bir necha 
turlari bilan o‘zaro bog‘liq. Aylana bo‘ylab kartina, refleksiv aylana, refleksiv 
eshitish, Istaklar zanjiri esa ham kooperativ, ham shaxsiy refleksiya turlari sirasiga 
kiradi. Bular, shuningdek o‘z-o‘zini reflekslash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. 
MO uchun adaptatsiyalashgan refleksiv aylana mashqi kooperativ, kommunikativ 
va shaxsiy refleksiyali mashqlar tipiga o‘tadi, chunki ishtirokchilar guruhda 
refleksiya uchun qo‘yilgan savollar muhokamasi bo‘yicha ishlaydilar. Binobarin, 
savollar ishtirokchilarni o‘z-o‘zini reflekslash bilan refleksiyani integratsiyalashga 
majbur qiladi. Bundan tashqari, kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilarga o‘z his-
tuyg‘ularini erkin ifodalash va mazkur mashq uchun ajratilgan vaqtni tejash 
imkonini beradi. O‘z-o‘zini reflekslash va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirish 
bo‘yicha taklif etilgan mashqlarni murabbiy mashg‘ulotlar va kursning turli 
14
Беспалько В.П. Теория создания и применения. - М.: 2006. – 188 с. 
15
Л.С.Кожуховская, И.В.Позняк. Рефлексивные техники, методы и приемы. - © «Народная асвета», 2009, 
№4 http://www.n-asveta.com/dadatki/kozuhovskaya.pdf 


18 
bosqichlarida, bajariladigan topshiriqlar maqsadiga mos tarzda o‘tadi. Shartli 
ravishda ularni to‘rt tipga bo‘lish mumkin: 1) kurs, modul yoki mashg‘ulot boshida 
berish uchun tavsiya etiladigan mashqlar; 2) muayyan sikl yoki mashg‘ulot 
tugagandan so‘ng o‘tiladigan mashqlar; 3) kurs, modul yoki mashg‘ulot oxirida 
berish uchun tavsiya qilinadigan mashqlar; 4) murabbiy istalgan vaqtda o‘tishi 
mumkin bo‘lgan mashqlar. Refleksiv aylana yoki Iborani tugatib qo‘y singari 
ayrim mashqlar turli bosqichlarda, masalan, kurs, modul yoki mashg‘ulotning 
boshida yoxud oxirida o‘tilishi mumkin. 
«Malaka oshirish tizimida boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarida 
kasbiy kompetensiyani tajribaviy-eksperimental takomillashtirish metodikasi» deb 
nomlangan uchinchi bobda eksperimental tekshirishning asoslanganligi va 
natijalari keltirilgan. Mazkur izlanishning maqsadi boshlang‘ich maktab 
o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimida boshlang‘ich maktab ingliz tili 
o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyani ertangi xorijiy til taʼlimi bosqichida 
paradigmal-kompetentli yondashuv va refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash 
metodikasidan foydalanish yo‘li bilan takomillashtirishdan iborat. 
Bizning empirik tadqiqotimiz validligi va natijalari ishonchliligini oshirish 
maqsadida ijtimoiy reallikka turlicha qarashlarni shakllantirish uchun 
interpretatsiyalarni intersubyektiv tekshirish tamoyillariga tayangan bir necha sifatli 
o‘lchovlarni uyg‘unlashtirish uchun ko‘plik triangulyatsiyasi metodi qo‘llandi. 
Bundan tashqari, maʼlumotlar yig‘ishning turli xil usullariga majmuaviy 
yondashuv yo‘li bilan tadqiqot natijalarining ishonchliligi va to‘g‘riligini 
taʼminlash maqsadida keys-stadi usulidan foydalanildi. Bu usul pedagogika va 
metodika sohasidagi tadqiqotlarning murakkabligi va ko‘p omilligini tasavvur 
qilishga imkon bermaydigan miqdoriy maʼlumotlarning cheklanganligini yengib 
o‘tishga imkon beradi. 
Tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarini bajarish maqsadida biz tomondan 
boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini 
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqildi. Ushbu 
chora-tadbirlar majmuasiga quyidagi bosqichlar kiradi: 
Birinchi bosqich (prognostik yoki tayyorlov)ning maqsadi boshlang‘ich 
maktabda ingliz tili o‘qitilishi holatining birinchi diagnostikasidan iborat bo‘ladi. 
Mazkur bosqichdagi vazifalar sirasiga chet tilini erta o‘rgatishni joriy etish 
bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish; ingliz tili o‘qituvchilari boshlang‘ich 
maktabda duch keladigan muammolarni o‘rganish (uchrashuvlar va davra 
suhbatlari o‘tkazish); MO muntazam kurslari va boshlang‘ich maktab ingliz tili 
o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar dasturlari kontentini solishtirma-qiyosiy 
tahlildan o‘tkazish kiritildi. 
Ikkinchi bosqich (asosiy)ning maqsadi o‘qituvchining kasbiy 
kompetensiyasini takomillashtirish omillari va ehtimoliy yo‘llarini o‘rganish, olib 
borilayotgan tadqiqotga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish va paradigmal-
kompetentli yondashuvni joriy etish uchun materiallar va vositalar yaratishdan 
iborat bo‘ldi. Mazkur bosqichni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajarildi: 
boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun Kids‘ English o‘quv-metodik majmua 
ishlab chiqish; boshlang‘ich maktab o‘quvchilarini baholashning muqobil tizimini 


19 
paradigmal-kompetentli yondashuvni, refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash 
metodikalari va texnologiyalarini hisobga olgan holda tashkillashtirish uchun 
Charlie the Chick vositalar paketini ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Xalq 
taʼlimi vazirligining “O‘qitish sifati va mazmuni monitoringini olib borish 
maqsadida o‘quvchilar faoliyatini identifikatsiyalash va harakatlari xronologiyasini 
qayd etish markazlashgan test tizimini joriy etish” loyihasi doirasida kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarda refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash shakllanishi darajasini 
aniqlash uchun o‘z-o‘zini baholash vositasini ishlab chiqish, treninglar va 
seminarlar o‘tkazish; paradigmal-kompetentli yondashuvni va boshlang‘ich 
maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun MO kurslarida refleksiya va o‘z-o‘zini 
refleksiyalashni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ishlab chiqish. 
Uchinchi bosqich: paradigmal-kompetentli yondashuvning va refleksiya 
hamda o‘z-o‘zini reflekslash texnologiyalarining samaradorligini o‘rganish. 
Eksperiment ishi bir necha bosqichda bo‘lib o‘tdi: prognostik bosqich, tayyorlov 
bosqichi va ishlab chiqilgan amaliyot bosqichi (uning yakunida xulosa va 
tavsiyalar ishlab chiqilgan). 
Birinchi bosqichda boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarining 
muammolarini o‘rganish va aniqlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun 
Toshkent shahrining 7 ta tumanidagi 13 ta maktab metodik birlashmalari rahbarlari 
ishtirok etgan fokus-guruh munozarasi o‘tkazildi. Dissertatsiya ishida biz ushbu 
munozara chog‘ida belgilab olingan asosiy muammolar, ularni keltirib chiqaruvchi 
ehtimoliy sabablar va muammolarni hal etish yo‘llarini yoritib berdik. Bularning 
bari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun o‘quv materiallari (Kids‘ 
English)da ham, boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun ishlab 
chiqilgan dasturda ham va xuddi shuningdek, ushbu dastur bo‘yicha kurslar 
o‘tkazilishi jarayonida joriy etilgan refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalash 
vositalarida ham aks ettirilgan. 
Tadqiqotning ushbu bosqichidagi navbatdagi masalani bajarish uchun 
boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari va muntazam MO kurslari uchun 
ishlab chiqilgan kurslar orasida solishtirma-qiyosiy tahlil o‘tkazildi. Tahlil 
natijalari ko‘rsatishicha, 144 soatlik majburiy kurs dasturidagi 28 modul 
(80 soatlik)dan bor-yo‘g‘i bittagina modul (4 soat) boshlang‘ich maktabda ingliz 
tili o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan. Bizningcha, bu kichik yoshdagi maktab 
o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish sifatini oshirish bo‘yicha amaliy natijalar 
kutish uchun yetarli emas. 
Muntazam MO kurslaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich maktab ingliz tili 
o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan kurslar soatlari to‘lig‘icha (36 soatlik kursdan 
36 soati) chet tilini erta o‘qitishning metodik asoslarini o‘rgatish, jumladan, 
o‘qituvchilar olgan bilimlarini amalda qo‘llaydigan “micro teaching”da ishtirok 
etishga bag‘ishlangan. Kurslarning maqsad va vazifalari kichik yoshdagi maktab 
o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish spetsifikasini o‘rganishga to‘la mo‘ljallangan. 
Amaliy mashqlar va misollar respublikada amalda bo‘lgan Kids‘ English o‘quv-
metodik majmuadan olindi. Murabbiylar o‘qituvchilarni nafaqat kichik yoshdagi 
maktab o‘quvchilarining pedagogik va psixologik o‘ziga xosliklari bilan 
tanishtirishdi, balki ularga dars bosqichlarini to‘g‘ri rejalashtirish, darslik, ish 


20 
daftari, multimedia ilovalari va o‘qituvchi kitobi bilan to‘g‘ri ishlash, kichik 
yoshdagi maktab o‘quvchilarining yosh bilan bog‘liq xususiyatlarini inobatga 
olishga amalda o‘rgatishdi. 
MO tizimini o‘rganuvchi mahalliy olimlar fikricha, parallel guruhlar 
(eksperimental va nazorat)da MO jarayoni mohiyati spetsifikasidan kelib chiqib, 
eksperiment o‘tkazishning iloji yo‘qligi bois, eksperiment yuqorida keltirilgan bir 
necha bosqichda olib borildi
16
. Oxirgi bosqichda paradigmal-kompetentli yondashuv 
samaradorligini, refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalash 
metodikasini, 
o‘qituvchilarning kompetentligi va o‘z bilim va ko‘nikmalariga ishonchi darajasi 
(self-efficacy)ni o‘rganish maqsadida o‘qituvchilar, jumladan, boshlang‘ich maktabda 
ishlaydigan ingliz tili o‘qituvchilari uchun maxsus kurslarni o‘tagan o‘qituvchilar 
orasida so‘rov, shuningdek fokus-intervyu (focus group discussion) o‘tkazildi. 
Tadqiqotda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasidagi umumtaʼlim maktablarining bir yuz sakson nafar o‘qituvchisi 
ishtirok etdi. Tadqiqot 
jarayonida adekvat tarzda o‘qitishni taʼminlaydigan quyidagi 
metodlar majmuasidan foydalanildi: nazariy (tahliliy-statistik, solishtirma, analogik, 
modellashtirish), diagnostik (so‘rov, intervyu, anketalash, kuzatish), prognostik 
(ekspertli baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish), pedagogik eksperiment va 
matematik metodlar (maʼlumotlarni statistik qayta ishlash, natijalarni jadval va grafika 
ko‘rinishida taqdim etish). Tadqiqotda paradigmal-kompetentli yondashuvning 
o‘qituvchilarning o‘qitish sifatini oshirish va o‘z kasbiy kompetensiyasini o‘zlari 
baholashlariga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan parametrlari o‘rganildi. Eksperiment 
chog‘ida tadqiqot uchun zarur axborotlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan 
boshlang‘ich maktabda ingliz tilini o‘qitish tajribasi, malaka oshirish bo‘yicha xorijiy 
tajriba, tilni egallaganlik darajasini belgilaydigan sertifikat mavjudligi, kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha qatnashgan treninglar soni, 
trening va loyihalarda ishtirok etish kabi 
jihatlar haqidagi maʼlumotlar to‘plandi va 
tahlil qilindi. 
Olingan maʼlumotlarga muvofiq, nazorat guruhidagi boshlang‘ich maktabda 
ishlaydigan o‘qituvchilar orasida bir yildan to‘rt yilgacha ish tajribasiga ega 
mutaxassislar soni (57%) eksperiment guruhidagi o‘qituvchilar soni (26%)ga 
nisbatan sezilarli darajada ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi. Bunday vaziyatda 
muammolar mavjudligi yaqqol ko‘rinib turibdi: juda ko‘p sonli yosh, tajribasiz 
o‘qituvchilar tegishli tayyorgarlikdan o‘tmasdan turib kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilar bilan ishlaydi. Bu, bizning fikrimizcha, dars sifatini taʼminlashga 
jiddiy to‘sqinlik qiladi. Biz bu toifadagi o‘qituvchilar uchun kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etilishi 
lozim, deb hisoblaymiz. 
So‘rov natijalariga ko‘ra aniqlandiki, eksperimental guruhi o‘qituvchilari MO 
ning xorijiy trening va loyihalarda ishtirok etish, tilni egallash darajasi bo‘yicha 
sertifikatlar, shu jumladan, Test Markazining (USTAMA) va IELTS sertifikatlar 
mavjudligi singari turli shakllari bo‘yicha boy tajriba to‘plagan. 
16
Ибрагимов А.А. Совершенствование системы повышения квалификации работников народного 
образования на основе многовекторного подхода: Автореф. дисс…док. филос. (PhD). – S., 2018. – 51 c. 


21 
Anketaning birinchi blogida respondentlar o‘zlari qatnashgan treninglar 
haqida maʼlumot berishgan, ikkinchi blokda respondentlar o‘qituvchilar MO 
kurslari ularga kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda qay darajada 
yordam berganini baholaganlar, uchinchi blokda respondentlar o‘qituvchilar 
malakasini oshirish kurslari ularning bilim qay darajada yaxshilaganini (I know 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling