24
6-rasm. 3a va 3b diagrammalar. O‘qituvchilarning kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha o‘z malakalariga ishonchini
baholash.
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlash mahorati bo‘yicha o‘z
kompetensiyalarini baholashda eksperimental guruh o‘qituvchilari nazorat
guruhdagilarni katta farq bilan ortda qoldiradigan natijalar ko‘rsatishdi (6-rasmdagi
3a i 3b diagrammalarga qarang). Keltirilgan so‘rov natijalari
tahlili quyidagi
holatni ko‘rsatmoqda: 1) Maʼlumotlardagi mavjud sezilar-sezilmas tafovutda
eksperiment va nazorat guruhlaridagi o‘qituvchilar natijalaridagi
muayyan farq
aniqlangan. 2) Anchayin sezilarli farq treninglarda uch martadan ko‘p qatnashgan
o‘qituvchilar o‘rtasida olib borilgan solishtirma tahlil natijalarida aniqlangan.
Bizning empirik tadqiqotimizning «maʼlumotlarning
shaffof va daliliy
interpretatsiyalariga erishish va natijalarning amal qilish muddati va ishonchliligini
oshirish» imkoniyatini taʼminlash uchun «bir necha axborot manbalari, metodlar,
konsepsiyalar va ekspertlar fikrlari»ga murojaat qilish
orqali triangulyatsiya
o‘tkazildi
17
. Tadqiqotning birinchi, bayon qilinadigan
bosqichida anketani
muhokama qilish va mukammallashtirish uchun sheriklik debrifingi (peer
debriefing) o‘tkazildi. Statistik tahlil o‘tkazishda sifat va songa oid maʼlumotlar
kombinatsiyasidan foyda
lanildi, turli nazariy qarashlarga doir maʼlumotlarni
tushuntirish uchun nazariy triangulyatsiya o‘tkazildi. Bundan tashqari, turli ekspert
guruhlariga doir maʼlumotlarni muhokama qilish orqali tadqiqot triangulyatsiyasi
o‘tkazildi. Bu dastlabki maʼlumotlarni nazardan o‘tkazish
va taklif etilayotgan
tushunchalar o‘rganilayotgan vaziyatni qay darajada yoritayotganini ko‘rish
17
Мельникова О.Т., Хорошилов Д.А. Стратегии валидизации качественных исследований в психологии //
Психологические исследования. 2015. Т. 8, № 44. С. 3. URL: http://psystudy.ru (murojaat sanasi : 10.12.2020).
Maqola manzili: http://psystudy.ru/index.php/num/2015v8n44/1207-melnikova44.html
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
Do'stlaringiz bilan baham: