Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish
3b diagramma
QN N R MR 25 imkonini beradi 18 . Anketa maʼlumotlari muhokamasida xalq taʼlimi tizimida ishlaydigan o‘qituvchilar va murabbiylardan iborat ikkita ekspertlar guruhi ishtirok etdi. Anketa natijalari muhokamasidan so‘ng o‘qituvchi va murabbiylar o‘z g‘oyalarini aytishdi va MO kurslarida o‘qitish sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishdi. O‘qituvchi va murabbiylar fikridagi umumiyliklar shundan iboratki, har ikki guruh o‘qitish sifatini yaxshilash uchun o‘qituvchi talab va ehtiyojlariga iloji boricha ko‘proq yo‘naltirilgan va mo‘ljallangan kurslar zarur ekanligiga qatʼiy ishonadi. Fikrimizcha, masalaga refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash texnologiyalari bilan paradigmal-kompetentli yondashuv MO sifatini oshirish va transformatsiyalash yo‘llaridan biridir. Bunda barcha darajalar integratsiyalashadi va birgalikda ishlaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlash tamoyillarini chuqurroq o‘rganish uchun mo‘ljallangan amaliy topshiriqlar Kids‘ English o‘quv-metodik majmuasidan olingan. Bu sinfdagi o‘qitish darajasining MO kurslaridagi o‘qitish darajasi bilan bog‘liqligini taqozo etadi (3-rasmga qarang) va amalda treningga singdirilgan tamoyillarni tasvirlaydi. XULOSALAR Shunday qilib, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi: 1. Jahon tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, chet tilini o‘qitishni erta boshlash jahon hamjamiyati zamonaviy taʼlim islohotlari xususiyatini belgilab beradigan XXI asr fenomeni hisoblanadi. Yevropa, Janubiy-Sharqiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari taʼlim tizimi tahlili rang-barang jihatlar qatori bir umumiy tendensiya xususiyatiga ham ega ekani kuzatilayotganini ko‘rsatad i. Yaʼni, bu hududlarda ChTni o‘rganishni boshlayotgan o‘quvchilar yoshi borgan sari pasaymoqda. 2. Taʼlim paradigmasining sifat nuqtai nazaridan o‘zgarishi ko‘p jihatdan, bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yondashuvlar, metodlar, materiallar, konsepsiyalar, tamoyillar transformatsiyasi, jumladan, zamonaviy dinamik sinfdagi o‘qituvchi rolining o‘zgarishi paradigmalarining integratsiyalashtirilgan holda joriy etilishi bilan bog‘liq. 3. O‘qitishning dastlabki bosqichida ChTni o‘qitish jarayoni samaradorligi nafaqat dasturlar va o‘quv materiallari sifati, balki ko‘p jihatdan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchilar tayyorgarligi va malakasiga ham bog‘liq. 4. MO tizimi sifatini oshirish uchun o‘qituvchilarni o‘qitishning mazmuni, mexanizmlari va kontekstlari ustida konseptual ish olib borish va MO tizimining asoslangan strategiyalarida maktab va o‘quvchilar ehtiyojlari bilan bog‘lash zarur. 5. Boshlang‘ich maktabda ingliz tilini o‘qitadigan o‘qituvchilarga, umumiy pedagogika, ingliz tilini o‘qitish nazariyasi va metodikasi bilan bir qatorda, kichik 18 Churchill S.D., Wertz F.J. An introduction to phenomenological research in psychology. In: K. Schneider, J.F.T. Bugenthal, J.F. Pierson (Eds.), The handbook of humanistic psychology: Leading edges in theory, research and practice. London: Sage, 2001. pp. 247–262. 26 maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xosliklari, jumladan, ularning psixologik va yosh bilan bog‘liq xususiyatlarini ham bilish zarur. Xorijiy tilni erta o‘qitish o‘ziga xosligini amaliyotdan olingan aniq misollarni qo‘llash orqali o‘rganish ChT o‘qituvchilariga nazariyani amaliyotga joriy etishda yordam beradi. 6. Boshlang‘ich maktab ChT o‘qituvchisi rolining shakllanishi va transformatsiyalanishi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining yosh bilan bog‘liq, psixologik- pedagogik xarakteristikasi taʼsirida yuz beradi. Bu omillar natijasida MO tizimi jarayoni samaradorligi shart- sharoitlarini taʼminlashning eng zarur omili boshlang‘ich maktab ChT o‘qituvchilarining til va metodik tayyorgarligi darajasini hisobga olishdan iborat. 7. ChTni o‘qitish sifatini taʼminlash uchun kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlaydigan ChT o‘qituvchilariga o‘qitish spetsifikasidan kelib chiqib, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ChT o‘qitish bo‘yicha MO kurslarini paradigmal-kompetentli yondashuvni va refleksiya hamda o‘z-o‘zini refleksiyalash texnologiyalarini inobatga olgan holda tashkil etish zarur. 8. MO tizimi sifatini oshirishning eng muhim yo‘llaridan biri o‘qitish jarayonini ongli ravishda tushunishni rivojlantirishdir. O‘qitishni ongli ravishda tushunishga o‘quvchilarning metakognitiv va kognitiv strategiyalarini rivojlantirish sharoitida erishish mumkin. O‘quvchilarning metakognitiv va kognitiv strategiyalarini rivojlantirish MO kurslari materiallarida ham va, xuddi shuningdek, o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallarida ham aks ettirilishi lozim. 9. O‘qitish sifatini oshirish uchun taʼlimning barcha darajalarida paradigma- kompetentlik o‘zgarishlarini hisobga olish va o‘qituvchilarning o‘qitish va o‘qitis hga oid asosiy taxminlari va eʼtiqodlarini hisobga olish kerak, ular kasbiy o‘zgarishlarning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. 10. Garchi, taklif etilganga o‘xshash dasturning uzoq muddatli taʼsirini baholash anchayin qiyin bo‘lsa-da, murabbiylar, uslubchilar va o‘qituvchilar O‘zbekistonda tilni o‘qitishning global maqsadlarini ko‘zda tutishlari kerak. Uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlash sxemasi o‘qituvchilar va murabbiylarga ko‘maklashish, shuningdek, dasturning taʼsirini baholash uchun mo‘ljallangan. Ko‘zda tutiladigan samara O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish standartlarini yaxshilash, o‘quvchilar tomonidan tilni egallanishi darajasini oshirish va MO tizimini kuchaytirishdan iborat bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling