Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish
metodik shart-sharoitlari» deb nomlangan birinchi bobda jahon hamjamiyati va
O‘zbekiston Respublikasida erta chet tili taʼlimini shakllantirishning bosqichlari va o‘ziga xosliklari yoritilgan. Ushbu bobda kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik o‘ziga xosliklari va O‘zbekiston Respublikasida chet tilni, jumladan, ingliz tilini, erta o‘qitishda o‘rgatish jarayonini dasturiy-pedagogik taʼminlash yoritilgan. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga (young learners) ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, jahon hamjamiyatining juda ko‘p mamlakatlari taʼlim tizimida, dunyo iqtisodiyoti globalizatsiyasi va taraqqiyot i talablariga javob bergan holda, til siyosatida, umuman, taʼlim tizimida, va, xususan, chet tillar o‘qitishda sifatni oshirish bo‘yicha islohotlar o‘tkazmoqda 4 . 2010-2011 yillar mobaynida yer yuzining 77 davlatida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘rsatib turibdiki, 82% mamlakatlar (77 tadan 63 tasi) chet tilni erta o‘rgatishni joriy qilgan. Binobarin, 66 foizi (77 tadan 51 tasi)da CHT o‘qitish tartibi 1-3 sinflardan, va 16 foizi (77 tadan 12 tasi)da esa 4-6-sinflardan belgilangan 5 . Yevropa komissiyasi 6 hisobotida keltirilgan maʼlumotga ko‘ra, chet tilini erta o‘rganishga qiziqish paydo bo‘lishi ko‘pincha ota-onalarning o‘z farzandlarini shunga ishontira olishlari bilan bog‘liq ekan. Bunda CHTni o‘rganish nafaqat bolalarda kognitiv qobiliyatni uyg‘otishi, balki ularning shaxs sifatida o‘sish istiqbolini va hayotda yutuqlarga erishishini ham taʼminlashi taʼkidlangan. 4 Little D. The Common European Framework of Reference for Languages: Content, purpose, origin, reception and impact. Language Teaching. 2006. 39, 167-190. 5 Paula de Naggy. Issues & Contexts in Teaching Young Learners-Unit I. Philselfsupport.com/young learners.htm [retrieved on 27.10.2020] 6 European Commission. Working paper. Language learning at pre-primary school level: Making it efficient and sustainable. A policy handbook. Brussels: European Commission.2011. 12 Bu borada, yaʼni erta taʼlim olishning foydali jihatlari to‘g‘risida turlicha qarashlar, qarama-qarshi fikrlar mavjudligiga qaramasdan, ko‘pchilik ekspertlar, olimlar va amaliyotchilar chet tilini erta o‘qitishni zamonaviy taʼlimning umumeʼtirof etilgan fenomeni sifatida qo‘llab-quvvatlaydilar. Garton va Kopland Ellisning “Ingliz tilini erta o‘rganish butun dunyoda shu qadar keng tan olindiki, har qanday dalil, munozaralarga qaramay, bu jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi”, degan taʼkidga tayanadilar 7 . Lingvistik natijalarga nisbatan, tez-tez yangrayotgan siyosiy bayonotlar xorijiy tilni egallashning Umumevropa kompetensiyalari negizida shakllangan, til sohasida erishilishi kutiladigan yutuqlar uchun mo‘ljallangan o‘rgatish, o‘qitish, baholash (CEFR)dan iborat tavsifiy darajalarga suyanadi. CEFRni boshlang‘ich maktab darajasidan joriy etish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganarkan, S.Rikson 8 64 mamlakat mutaxassislari ishtirok etgan so‘rov natijalarini keltiradi. Bunda 33% javoblar ko‘rsatadiki, qabul qilingan standartlarga yaqin orada kiritilgan o‘zgarishlar, CEFRga asoslangan. Umuman olganda, so‘rovda qatnashgan 44% davlatlarda ingliz ti li taʼlimning boshlang‘ich bosqichi yakuni bo‘yicha rasman baholanmaydi. O‘zbekiston Davlat taʼlim standartlari (DTS)da A1 darajasiga erishish o‘quvchilar tomonidan boshlang‘ich maktabning 4-sinfini yakunlashi bilan belgilanadi. Bu xulosa CEFR joriy qilinishi dastlabki bosqichining eng avvalida, ushbu darajalar tildan foydalanish korpusi asosida kattalar tomonidan shakllantirilgani, bolalarga ChTni o‘rgatishning o‘ziga xosliklarini o‘zida aks ettirolmagani sababli paydo bo‘lgan. Bizning fikrimizcha, 4-sinf oxirigacha A1 darajasining barcha to‘rt xil til ko‘nikmalarini egallash, O‘zbekiston DTSlarida belgilanganidek, erishilish qiyin bo‘lgan natija. Binobarin, biz garchi, tilning ikki ko‘nikmasi – audiolashish va gapirishni o‘qitishning 4-yili oxiriga borib o‘zlashtirish mumkin bo‘lsa-da, mazkur darajaga o‘qish va yozish bo‘yicha erishib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘qish va yozish bo‘yicha A1 darajasini egallash uchun qo‘shimcha yana kamida ikki yil kerak bo‘ladi. Yaʼni, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faqat o‘qitishning oltinchi yili so‘ngiga boribgina, A1 darajasiga barcha 4 ko‘nikma bo‘yicha erishishlari mumkin. Ko‘pgina Yevropa davlatlari orasida o‘quvchilar tomonidan A1 darajasiga erishish A1 deskriptorlari diapazoni oralig‘ida kutiladi. Masalan, Shvetsiya A1 darajasiga yetishni o‘qitishning to‘qqizinchi yilidan keyin kutadi, Angliya va Polsha esa 11 yildan so‘ng. Niderlandiya va Italiya 11 yilgacha ancha yuqori - A1+ darajasiga erishilishini kutadi. Olimlar va us lubiyotchilar taʼkidlaydiki, ChTni o‘rganishni boshlashdan oldin bolalar o‘z ona tillari asoslarini egallashi shart. YUNESKO maʼlumotiga 9 ko‘ra, o‘qishni o‘z ona tilida boshlagan bolalar boshqa tillar bo‘yicha chuqur bilimiga ega bo‘lishda ham muvaffaqiyatga erishadilar. ChT va o‘qitilayotgan o‘quvchining ona tili o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni hisobga olish zarurati bolaning ChTni 7 Garton S. & F. Copland (Eds.) The Routledge Handbook of Teaching English to Young Learners. NewYork, NY: Routledge, 2019. 8 Rixon S. British Council Survey of Policy and Practice in Primary English Language Teaching Worldwide. London: BritishCouncil, 2013. 9 UNESCO. Pacific Education for all 2015 Review. Paris/Apia: UNESCO. 2015 13 o‘rganishi o‘zi o‘sayotgan shart-sharoitlarga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Parallel ravishdagi ko‘p tillilikdan, y aʼni bola bir vaqtning o‘zida ikki yoki ko‘proq tilni o‘zlashtirayotgan holatdan farqli o‘laroq, ko‘pchilik bolalar ko‘p tillikning ketma- ket shakli orqali o‘tishadi. Bunda ChT ona tilini o‘zlashtirgandan keyin o‘rganiladi. Olimlar taʼkidlashicha, ona tilini o‘zlashtirishda bolalar grammatika to‘plamining aksariyat qismini besh yoki olti yoshligida egallaydilar, garchi ayrim murakkab grammatik holatlar o‘qitishning birmuncha kechroq bosqichida o‘zlashtirilsa-da. O‘zbekistonda chet tilini o‘qitish joriy qilinishi siyosati ushbu yo‘nalishga mos keladi. Bizning fikrimizcha, alifboni o‘rganish va respublika davlat taʼlim standartlariga muvofiq, ChTni o‘qitishning ikkinchi yilida joriy etiladigan o‘qish hamda yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish tartibi saqlanib qolishi kerak, ayniqsa, respublika uzluksiz taʼlim tizimida maktabgacha komponenti kuchaytirilishi tendensiyasi mavjud bo‘lgan holatda. Ingliz tilini o‘rganishga bola umumiy rivojlanishining bir qismi sifatida qarash kerak. Shu bois, o‘quv materiali va o‘qitish metodikasi bola rivojlanishi bosqichi bilan mos tushishi lozim. Umumiy bilimdonlik rivojlanishi bilan birga ChTni o‘rganish bolalarning til zaxirasini kengaytiradi, tajribasini boyitadi va kognitiv, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar hamda XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun noyob kashfiyot va imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi. Bundan tashqari, xorijiy tilni erta o‘qitishni boshlashning o‘ziga xosliklarini o‘rganuvchi ko‘plab olimlar taʼkidlashicha, hatto, mitti bolakaylar ham, agar ular dars o‘tish jarayonini tushunsalar, o‘qishni muvaffaqiyatli olib borishadi. Dars o‘tish jarayonini ongli ravishda tushunishni rivojlantirish uchun til tushunchasini, kognitiv, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan rivojlantirish zarur. Dissertatsiya tadqiqotini bajarish doirasida biz tomondan kognitiv va metakognitiv strategiyalarni rivojlantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar, Kids‘ English 2-4 o‘quv- metodik majmuadagi maʼlumotlar tizimi ishlab chiqildi. Mashq va topshiriqlar spetsifik axborotni tushunish uchun eshitish, tegishli xususiyatga ega predmetni aniqlash, so‘zlarni raqamlar bilan nisbatlash, tushunishni namoyish etish uchun og‘zaki axborotni rasm shakliga o‘tkazish, so‘zlarni mazmunan guruhlarga tasniflash/taqsimlash, tushunish/tusmollash, nisbatlash uchun umumiy mazmunni tushungan va vizual hamda ovozli bildirishlar yordamida eshitish kabi strategiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. «Malaka oshirish jarayonida ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini takomillashtirishning ilmiy-amaliy asoslari» deb nomlangan ikkinchi bobda O‘zbekistonda boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish shart-sharoitlari, har bir bosqichda paradigmal transformatsiyalarni muhokama qilgan holda, o‘rganildi va tahlil etildi. Bobning birinchi qismida MO tizimi transformatsiyasi paradigmasi paradigmal-kompetentli yondashuvni aks ettiruvchi turli jihatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Bobning asosiy qismida MO kurslari samarasizligi muammolari, o‘qitishning eski “anʼanaviy” uslubidan o‘quvchilarga yo‘naltirilgan faol tadqiqiy uslubiga muvaffaqiyatli o‘tishini taʼminlaydigan shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. MO tizimida boshlang‘ich maktabdagi ChT o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga faqat kompleks yondashuv orqaligina 14 erishish mumkin. Bunday yondashuv paradigmal-kompetentli yondashuvni aks ettiruvchi turli jihatlar inobatga olinadigan muayyan fenomenni nazarda tutadi. ChT o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishning mazkur izlanishda taklif etilgan metodikasi paradigmal-kompetentli yondashuvga asoslangan (1- rasmga qarang). Bunda taʼlimning o‘qitishning barcha darajalaridagi shaxsiy- yo‘naltirilgan paradigmasi: sinf, MO kurslari, murabbiylarni tayyorlash kurslari (3-rasmga qarang), o‘qituvchi va murabbiyning roli transformatsiyasi paradigmasi, MO tizimida yetakchilik transformatsiyasi paradigmasi, topshiriqni amaliyotga joriy etish paradigmasi kabi paradigmalari hisobga olinadi (1-rasmga qarang). Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling