Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalarini joriy etish.
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy
ahamiyati shundaki, ular MO tizimini takomillashtirishga muayyan hissa qo‘shadi, izlanish materiallari va xulosalaridan boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun MO tizimini paradigmal-kompetentli yondashuvni qo‘llash orqali takomillashtirishda, boshlang‘ich maktabda ingliz tilini o‘qitish metodikasini qo‘llashning farqli parametrlarini ochishda, refleksiv-kommunikativ komponentning mohiyatini aniqlashda, uzluksiz taʼlim tizimidagi boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirishning maqsad va vazifalarini ilmiy asoslashda, shuningdek, boshlang‘ich maktab ChT o‘qituvchisini rivojlantirishning samarali strategiyasini aniqlashda foydalanish mumkin. Izlanish natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiya tadqiqoti davomida taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan, boshlang‘ich maktabda ingliz tili o‘qitishning milliy xususiyatga ega metodikalaridan, ingliz tili o‘qituvchilari uchun kurslar dastur va materiallaridan o‘quv- metodik majmualar yaratishda, hamda uzluksiz taʼlim tizimining ingliz tili o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimida o‘quv rejalari va dasturlarni takomillashtirishda foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarini joriy etish. Ilmiy natijalar va boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari MO tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy taklif va tavsiyalar asosida quyidagilar joriy etildi: xorijiy tillarni o‘qitishni erta joriy etish tajribasiga asoslangan protsessual- mazmunli va refleksiv-kommunikativ tuzilmali komponentlarning tanqidiy omillari empirik tadqiqotning amal qilish muddati va natijalari ishonchliligini oshirishga xizmat qiluvchi ko‘plik triangulyatsiyasi metodiga oid xulosalardan Xalq taʼlimi tizimi rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining boshlang‘ich sinfda ingliz tili o‘qitish bo‘yicha MO kurslari materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar xodimlari va mutaxassislari 10 malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining 2020 yil 19 noyabrdagi 01/09-842- son raqamli maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiya darajasini takomillashuviga xizmat qilgan; boshlang‘ich taʼlimda ingliz tilini o‘qitishda refleksiya, o‘z-o‘zini refleksiya qilish, motivatsion tayyorgarlik, ichki salohiyatni rivojlantirish ko‘nikmalari MO kurslarini tashkil etishga qo‘yiladigan uslubiy va mazmuniy talablar asosida boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini oshirish mexanizmi paradigmal yondashuvning komponentlariga oid xulosalardan respublika boshlang‘ich maktablarining 2-,3-,4-sinflari uchun Kids‘ English o‘quv- metodik kompleksini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-214- son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar va o‘quv qo‘llanmalari takomillashtirilgan; boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uslubiy qo‘llab-quvvatlash va malakasini oshirish tizimining ilmiy- didaktik taʼminoti ijobiy motivatsion, refleksiv- kommunikativ komponentlarni joriy etish samaradorligi asosida refleksiv aylana, kooperativ, kommunikativ va shaxsiy refleksiyali mashqlar tipologiyasi o‘qituvchilar malaka oshirishining muqobil usuliga oid natijalardan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini Respublika boshlang‘ich maktablari o‘quvchilarining A1 darajasiga erishish mezoni bo‘yicha baholash yo‘riqnomasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 02/6-248- son maʼlumotnomasi), shuningdek (Learning stations) o‘quv markazlarida ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalarda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitish metodikasini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 18 maydagi 10-06/21- sonli maʼlumotnomasi). Natijada bilim va ko‘nikmalarni baholashda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmasi oshishiga xizmat qilgan; boshlang‘ich sinflar ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari dasturlari refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiya qilish usullari asosida takomillashtirishga qaratilgan metodik va didaktik taʼminotini refleksiv texnologiya komponentlarining eng samarali usullarini integratsiya qilishga oid tavsiyalar boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kursida (O‘zbekistonda Britaniya Kengashining OS 21-88- son maʼlumotnomasi), shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-214- son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarini metodik qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish tizimining ilmiy va didaktik imkoniyatlarini kengayishiga xizmat qilgan. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling