1-rasm. Paradigmal-kompetentli yondashuv.
Shaxsiy-yo‘naltirilgan o‘qitish paradigmasi ko‘pchilik mamlakatlarda lokal
kontekstni dunyoviy globalizatsiya vazifalari bilan nisbatlash maqsadida
maydonga chiqarilgan. Mazkur paradigma kommunikativ jihatining muhimligi
fundamental xususiyatga ega, chunki o‘quvchilar nafaqat grammatika qoidalarini
o‘rganishlari zarur, balki, eng avvalo, ular tushunishlari va o‘zlari ham
tushunilishlari lozim. Ingliz tilini egallash darajasi bo‘yicha Education First
English Proficiency Index (EF EPI) indeksi 2021 yilda davlatlar ishtirokida ingliz
tilini bilish darajasi asosidagi reytingni tuzib chiqdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston
reytingi 95 (2017 yil) o‘rindan 88 o‘ringa ko‘tarildi. Natijalarga ko‘ra, ushbu
davlatlarning 56 foizida ayni daraja past yoki juda past baholangan, 18 foizi
meʼyoriy va faqat 26 foizi yuqori va juda yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Bunday
sust o‘sishning sababi qisman diqqatning anʼanaviy tarzda grammatika qoidalarini
o‘rganish va eslab qolishga qaratilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ko‘p
izlanuvchilar, xususan, De Mejia A.
10
ham, chet tilini o‘rganish muammolarini
aniqlashga urinarkan, chet tillarni o‘rgatish va o‘qitishda kommunikativ
yondashuvga 1980 yillardan boshlab o‘tila boshlanganiga qaramasdan, ko‘pgina
maktablarda hali ham grammatikani formal o‘rganishga asoslangan anʼanaviy
yondashuv maʼqul ko‘rilishini taʼkidlaydi. Izlanishlarimiz davomida biz shuni
aniqladikki, ushbu masala O‘zbekiston maktablarida ham muammoli hisoblanadi.
10
De Mejia A.M. Teaching English to young learners in Columbia: Policy, practice and challenges. MEXTESOL
Journal. 2009.33. 103-114.
Shakhsiy
yo’naltirilgan
o’qitish
paradigmasi
Oqituvchi va
murabbiyninig
roli
transforma-
tsiyasi
paradigmasi
МО tizimida
yetakchilik
transforma-
tsiyasi
paradigmasi
МО kurslari
transforma-
tsiyasi
paradigmasi
Topshiriqni
amaliyo’tga
joriy etish
paradigmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |