Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

3b diagramma
QN N
R
MR


25 
imkonini beradi
18
. Anketa maʼlumotlari muhokamasida xalq taʼlimi tizimida 
ishlaydigan o‘qituvchilar va murabbiylardan iborat ikkita ekspertlar guruhi ishtirok 
etdi. Anketa natijalari muhokamasidan so‘ng o‘qituvchi va murabbiylar o‘z 
g‘oyalarini aytishdi va MO kurslarida o‘qitish sifatini yaxshilash bo‘yicha 
tavsiyalar berishdi. 
O‘qituvchi va murabbiylar fikridagi umumiyliklar shundan iboratki, har ikki 
guruh o‘qitish sifatini yaxshilash uchun o‘qituvchi talab va ehtiyojlariga iloji 
boricha ko‘proq yo‘naltirilgan va mo‘ljallangan kurslar zarur ekanligiga qatʼiy 
ishonadi. Fikrimizcha, masalaga refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash texnologiyalari 
bilan paradigmal-kompetentli yondashuv MO sifatini oshirish va 
transformatsiyalash yo‘llaridan biridir. Bunda barcha darajalar integratsiyalashadi 
va birgalikda ishlaydi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlash 
tamoyillarini chuqurroq o‘rganish uchun mo‘ljallangan amaliy topshiriqlar Kids‘ 
English o‘quv-metodik majmuasidan olingan. Bu sinfdagi o‘qitish darajasining 
MO kurslaridagi o‘qitish darajasi bilan bog‘liqligini taqozo etadi (3-rasmga 
qarang) va amalda treningga singdirilgan tamoyillarni tasvirlaydi. 
XULOSALAR 
Shunday qilib, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish 
imkonini berdi: 
1. Jahon tajribasini o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, chet tilini o‘qitishni erta 
boshlash jahon hamjamiyati zamonaviy taʼlim islohotlari xususiyatini belgilab 
beradigan XXI asr fenomeni hisoblanadi. Yevropa, Janubiy-Sharqiy va Markaziy 
Osiyo mamlakatlari taʼlim tizimi tahlili rang-barang jihatlar qatori bir umumiy 
tendensiya xususiyatiga ham ega ekani kuzatilayotganini ko‘rsatad
i. Yaʼni, bu 
hududlarda ChTni o‘rganishni boshlayotgan o‘quvchilar yoshi borgan sari 
pasaymoqda. 
2. 
Taʼlim paradigmasining sifat nuqtai nazaridan o‘zgarishi ko‘p jihatdan, 
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yondashuvlar, metodlar, materiallar, konsepsiyalar, 
tamoyillar transformatsiyasi, jumladan, zamonaviy dinamik sinfdagi o‘qituvchi 
rolining o‘zgarishi paradigmalarining integratsiyalashtirilgan holda joriy etilishi 
bilan bog‘liq. 
3. O‘qitishning dastlabki bosqichida ChTni o‘qitish jarayoni samaradorligi 
nafaqat dasturlar va o‘quv materiallari sifati, balki ko‘p jihatdan kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchilar tayyorgarligi va malakasiga 
ham bog‘liq. 
4. MO tizimi sifatini oshirish uchun o‘qituvchilarni o‘qitishning mazmuni, 
mexanizmlari va kontekstlari ustida konseptual ish olib borish va MO tizimining 
asoslangan strategiyalarida maktab va o‘quvchilar ehtiyojlari bilan bog‘lash zarur. 
5. Boshlang‘ich maktabda ingliz tilini o‘qitadigan o‘qituvchilarga, umumiy 
pedagogika, ingliz tilini o‘qitish nazariyasi va metodikasi bilan bir qatorda, kichik 
18
Churchill S.D., Wertz F.J. An introduction to phenomenological research in psychology. In: K. Schneider, 
J.F.T. Bugenthal, J.F. Pierson (Eds.), The handbook of humanistic psychology: Leading edges in theory, research 
and practice. London: Sage, 2001. pp. 247–262. 


26 
maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashning o‘ziga xosliklari, jumladan, 
ularning psixologik va yosh bilan bog‘liq xususiyatlarini ham bilish zarur. Xorijiy 
tilni erta o‘qitish o‘ziga xosligini amaliyotdan olingan aniq misollarni qo‘llash 
orqali o‘rganish ChT o‘qituvchilariga nazariyani amaliyotga joriy etishda yordam 
beradi. 
6. Boshlang‘ich maktab ChT o‘qituvchisi rolining shakllanishi va 
transformatsiyalanishi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining yosh bilan bog‘liq, 
psixologik-
pedagogik xarakteristikasi taʼsirida yuz beradi. Bu omillar natijasida 
MO tizimi jarayoni samaradorligi shart-
sharoitlarini taʼminlashning eng zarur 
omili boshlang‘ich maktab ChT o‘qituvchilarining til va metodik tayyorgarligi 
darajasini hisobga olishdan iborat. 
7. 
ChTni o‘qitish sifatini taʼminlash uchun kichik maktab yoshidagi 
o‘quvchilar bilan ishlaydigan ChT o‘qituvchilariga o‘qitish spetsifikasidan kelib 
chiqib, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ChT o‘qitish bo‘yicha MO 
kurslarini paradigmal-kompetentli yondashuvni va refleksiya hamda o‘z-o‘zini 
refleksiyalash texnologiyalarini inobatga olgan holda tashkil etish zarur. 
8. MO tizimi sifatini oshirishning eng muhim yo‘llaridan biri o‘qitish 
jarayonini ongli ravishda tushunishni rivojlantirishdir. O‘qitishni ongli ravishda 
tushunishga o‘quvchilarning metakognitiv va kognitiv strategiyalarini rivojlantirish 
sharoitida erishish mumkin. O‘quvchilarning metakognitiv va kognitiv 
strategiyalarini rivojlantirish MO kurslari materiallarida ham va, xuddi 
shuningdek, o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan o‘quv materiallarida ham aks 
ettirilishi lozim. 
9. 
O‘qitish sifatini oshirish uchun taʼlimning barcha darajalarida paradigma-
kompetentlik o‘zgarishlarini hisobga olish va o‘qituvchilarning o‘qitish va 
o‘qitis
hga oid asosiy taxminlari va eʼtiqodlarini hisobga olish kerak, ular kasbiy 
o‘zgarishlarning asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. 
10. 
Garchi, taklif etilganga o‘xshash dasturning uzoq muddatli taʼsirini 
baholash anchayin qiyin bo‘lsa-da, murabbiylar, uslubchilar va o‘qituvchilar 
O‘zbekistonda tilni o‘qitishning global maqsadlarini ko‘zda tutishlari kerak. Uzoq 
muddatli qo‘llab-quvvatlash sxemasi o‘qituvchilar va murabbiylarga 
ko‘maklashish, shuningdek, dasturning taʼsirini baholash uchun mo‘ljallangan. 
Ko‘zda tutiladigan samara O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish standartlarini 
yaxshilash, o‘quvchilar tomonidan tilni egallanishi darajasini oshirish va MO 
tizimini kuchaytirishdan iborat bo‘ladi. 



Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling