how to ...) baholaganlar, to‘rtinchi blokda respondentlar o‘zlarining kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlash mahoratini (I can …) baholashgan. Barcha to‘rt
blokda o‘qituvchilar jadval asosida taqdim etilgan tasdiqnomalarga qay darajada
qo‘shilishlari yoki qo‘shilmasliklari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan. Bunda ular
quyidagi baho mezonlaridan foydalanishgan: Mutlaqo qo‘shilmayman (MQ);
Qo‘shilmayman (Q-); Qo‘shilaman (Q+); To‘liq qo‘shilaman (TQ).
Eksperiment davomida olingan natijalar eksperimental va nazorat guruhlari
o‘rtasida, ayniqsa, «To‘liq qo‘shilaman» mezoni bo‘yicha sezilarli tafovut borligini
namoyon etmoqda. Eksperimental guruhida tasdiqnomalarga to‘liq qo‘shilgan
o‘qituvchilar soni nazorat guruhidagi xuddi shunday fikrga ega mutaxassislar
soniga nisbatan ancha ko‘p. Binobarin, barcha nuqtalarda tasdiqnomalarga
qo‘shilgan eksperimental guruh o‘qituvchilari soni nazorat guruhidagi
hamkasblariga nisbatan ikki, uch barobar ko‘p. Bu holat ularning boshlang‘ich
maktab o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan o‘qituvchilar malakasini oshirish
kurslarini o‘taganlaridan so‘ng kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘qitishda
o‘z bilim va ko‘nikmalariga nisbatan ishonchi ancha ortganini namoyon etgan.
Har bir blokdagi taʼkidlarning oxirida respondentlar o‘z fikrlarini ifodalash,
tushuntirish uc
hun erkin shaklda izoh qoldirish yoki qo‘shimcha maʼlumot berish
imkoniga ega bo‘lishgan. Nazorat guruhidan farqli o‘laroq, eksperimental guruh
o‘qituvchilari tomonidan yozilgan izohlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich maktab
ingliz tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan treningda qatnashgan ko‘pchilik
murabbiylar ishini yuqori baholagan va treninglar ularning o‘qitish ko‘nikmalarini,
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlash mahoratini yaxshilaganini qayd
etgan.
0%
20%
40%
60%
80% 100% 120%
Dastur mening ishonchimni oqladi
Materiallar foydali, qiziqarli va mazmunli edi.
Trenerlar bilimdon, tajribali va e’tiborli
edilar.
Ochiq darslar (The microteaching) foydali
bo'ldi.
Nazariya va amaliyot o'rtasida yaxshi
muvozanat mavjud edi.
Kurs davomiyligi va tempi juda mos edi.
1a diagramma
QN
N
R
MR
22
Do'stlaringiz bilan baham: |