Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

Paradigmal-kompetentli yondashuv 


15 
Bu esa mazkur muammoni o‘qitishning barcha bosqichlarida, jumladan, MO 
tizimida ham hal etishga nisbatan kuchli zaruratni keltirib chiqargan. 
Kumaradivelu B. taʼkidlashicha, o‘qituvchining roli passiv texniklikdan 
transformatsiyalashayotgan intellektual darajasigacha o‘zgarishi, ko‘tarilishi 
jarayonida o‘qitish maqsadlari va yo‘nalishlariga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib 
boradi va jarayon ishtirokchilari safiga o‘quvchilar va jamoatchilik ham 
qo‘shiladi
11
. Jamoatchilik, jumladan, ota-onalar roli, bizning fikrimizcha, ayniqsa 
chet tilini o‘qitishning ertangi bosqichida kuchayadi. O‘zbekiston misolida shu 
faktni keltirish mumkinki, garchi passiv texnik rolidan chiqib ketgan bo‘lsa-da, 
o‘qituvchilar hali transformatsiyalashayotgan intellektual darajasiga yetish uchun 
uzoq yo‘lni bosib o‘tishlari lozim. Hozirgi vaqtda zamonaviy ingliz tili sinflarida 
o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchining roli, asosan, til hodisalarini 
tushuntirish va ushbu modellarni o‘zlashtirilishini nazorat qilishga asoslangan 
anʼanaviy sinflardagiga qaraganda ancha yuqori. Zamonaviy yuqori surʼatga ega 
sinfda o‘qituvchi o‘z zimmasiga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, sinfni 
boshqarish (management), rejalashtirish, o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqaga kirishish 
va boshqa qator rollarni bajaradi. 
O‘zbekiston MO tizimi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘qituvchilar, asosan, 
o‘z bilim va ko‘nikmalari zaxirasini boyitish va to‘ldirishdan manfaatdor va 
shunga yo‘naltirilgan. Bu yo‘l ko‘p hollarda murabbiylarda o‘qituvchilar 
seminarlar va amaliyot jarayonida olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda 
qo‘llamasliklarini ko‘rganlari ortidan muammolar, umidsizliklar kelib chiqishiga 
sabab bo‘ladi. MO kurslari transformatsiyasi paradigmasida o‘qituvchilarning 
rivojlanishi va o‘qituvchining uzluksiz kasbiy rivojlanishi orasidagi farqni aniqlab 
olish muhim jihat hisoblanadi. 
O‘zbekistonda mavjud o‘qituvchilarni rivojlantirish dasturini tahlil etish 
natijalari sohadagi quyidagi qator asosiy muammolarni aniqlab berdi: 1) jarayonga 
jalb etilgan tomonlar o‘rtasida aniq muvofiqlashtirish va hamkorlik yo‘qligi; 2) bilim 
va ko‘nikma egallashga urg‘u berilishi; 3) o‘qitishga nisbatan yondashuvlarni 
tanlashda yangi murabbiylar uchun muammolar tug‘diradigan noaniqliklar. 
Ko‘pgina murabbiylar o‘z o‘qituvchilari trening davomida barcha yangi 
o‘rganganlarini qo‘llashga uringanlarini kuzata turib, umidsizlikka tushishini 
sababi shunda bo‘lishi mumkinki, ular ko‘pincha o‘zlari nima qilayotganlarini 
chuqur tushunmasdan harakat qiladilar. Imitatsiya yoki ko‘chirmaning
12
bu rejimi 
yuzada ro‘y beradi va go‘yoki oyna kabi harakatni aks ettiradi yoki ko‘chiradi. 
Imitatsiya rejimini real qo‘llash rejimidan chegaralash zarur. O‘z-o‘zini anglashni 
va real qo‘llash rejimini rivojlantirishga tomon o‘zgarish yuz berishi uchun biz 
«yuzaning ostida» topshirig‘i bilan ishlashimiz kerak: yuzani ochish, tahlil qilish, 
keyin uni individuallikka va o‘quvchining kontekstiga nisbat berishimiz va nihoyat 
yana yuzaga qaytarishimiz lozim. Mashqni qo‘llash jarayonini quyidagicha 
tasavvur etish mumkin (2-rasmga qarang):
11
Kumaradivelu B. BeyondMethods: Macrostrategies for Language Teaching. New Haven, CT: Yale University 
Press, 2003. 
12
Kontra E.H. Reflections on the purpose of methodology training ELT Journal. 1997. 51/3 


16 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling