Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy 
ahamiyati shundaki, ular MO tizimini takomillashtirishga muayyan hissa qo‘shadi, 
izlanish materiallari va xulosalaridan boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari 
uchun MO tizimini paradigmal-kompetentli yondashuvni qo‘llash orqali 
takomillashtirishda, boshlang‘ich maktabda ingliz tilini o‘qitish metodikasini 
qo‘llashning farqli parametrlarini ochishda, refleksiv-kommunikativ 
komponentning mohiyatini aniqlashda, uzluksiz taʼlim tizimidagi boshlang‘ich 
maktab ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirishning maqsad va vazifalarini 
ilmiy asoslashda, shuningdek, boshlang‘ich maktab ChT o‘qituvchisini 
rivojlantirishning samarali strategiyasini aniqlashda foydalanish mumkin. 
Izlanish natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiya tadqiqoti 
davomida taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan, 
boshlang‘ich maktabda ingliz tili o‘qitishning milliy xususiyatga ega 
metodikalaridan, ingliz tili o‘qituvchilari uchun kurslar dastur va materiallaridan 
o‘quv-
metodik majmualar yaratishda, hamda uzluksiz taʼlim tizimining ingliz tili 
o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimida o‘quv rejalari va dasturlarni 
takomillashtirishda foydalanish mumkin. 
Tadqiqot natijalarini joriy etish. Ilmiy natijalar va boshlang‘ich sinf ingliz 
tili o‘qituvchilari MO tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy 
taklif va tavsiyalar asosida quyidagilar joriy etildi: 
xorijiy tillarni o‘qitishni erta joriy etish tajribasiga asoslangan protsessual-
mazmunli va refleksiv-kommunikativ tuzilmali komponentlarning tanqidiy omillari 
empirik tadqiqotning amal qilish muddati va natijalari ishonchliligini oshirishga 
xizmat qiluvchi ko‘plik triangulyatsiyasi metodiga oid xulosalardan Xalq taʼlimi 
tizimi rahbar xodimlari va mutaxassislari malakasini oshirish va ularni qayta 
tayyorlash institutining boshlang‘ich sinfda ingliz tili o‘qitish bo‘yicha MO kurslari 
materiallarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi 
A.Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi tizimi rahbar xodimlari va mutaxassislari 


10 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash institutining 2020 yil 19 noyabrdagi 
01/09-842-
son raqamli maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf ingliz tili 
o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiya darajasini takomillashuviga xizmat qilgan; 
boshlang‘ich taʼlimda ingliz tilini o‘qitishda refleksiya, o‘z-o‘zini refleksiya 
qilish, motivatsion tayyorgarlik, ichki salohiyatni rivojlantirish ko‘nikmalari MO 
kurslarini tashkil etishga qo‘yiladigan uslubiy va mazmuniy talablar asosida 
boshlang‘ich sinf ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini oshirish 
mexanizmi paradigmal yondashuvning komponentlariga oid xulosalardan 
respublika boshlang‘ich maktablarining 2-,3-,4-sinflari uchun Kids‘ English o‘quv-
metodik kompleksini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim 
vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-214-
son maʼlumotnomasi). Natijada 
boshlang‘ich sinflarda ingliz tilini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlar va o‘quv 
qo‘llanmalari takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini uslubiy qo‘llab-quvvatlash va malakasini 
oshirish tizimining ilmiy-
didaktik taʼminoti ijobiy motivatsion, refleksiv-
kommunikativ komponentlarni joriy etish samaradorligi asosida refleksiv aylana, 
kooperativ, kommunikativ va shaxsiy refleksiyali mashqlar tipologiyasi 
o‘qituvchilar malaka oshirishining muqobil usuliga oid natijalardan kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini Respublika boshlang‘ich maktablari 
o‘quvchilarining A1 darajasiga erishish mezoni bo‘yicha baholash yo‘riqnomasi 
ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 
30 noyabrdagi 02/6-248-
son maʼlumotnomasi), shuningdek (Learning stations) 
o‘quv markazlarida ishlarni tashkil etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalarda 
foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni 
o‘qitish metodikasini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 
18 maydagi 10-06/21-
sonli maʼlumotnomasi). Natijada bilim va ko‘nikmalarni 
baholashda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida o‘z-o‘zini baholash 
ko‘nikmasi oshishiga xizmat qilgan; 
boshlang‘ich sinflar ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari 
dasturlari refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiya qilish usullari asosida 
takomillashtirishga qaratilgan metodik va didaktik taʼminotini refleksiv 
texnologiya komponentlarining eng samarali usullarini integratsiya qilishga oid 
tavsiyalar boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish 
kursida (O‘zbekistonda Britaniya Kengashining OS 21-88-
son maʼlumotnomasi), 
shuningdek, ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etishda 
foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 
676-214-
son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich maktab ingliz tili 
o‘qituvchilarini metodik qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish 
tizimining ilmiy va didaktik imkoniyatlarini kengayishiga xizmat qilgan. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling