Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: 
o‘rganilgan kasbiy talablar asosida boshlang‘ich maktab ingliz tili 
o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslari dasturlari va materiallari yaratildi; 
boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarini kasbiy qo‘llab-quvvatlashning 
metodik-didaktik imkoniyatlarini kengaytirish va ularning mahoratini oshirish 
maqsadida boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish kurslari 
uchun trening materiallari hamda yosh o‘qituvchilar uchun «Lesson Planning and 
Management Trainee’s Guidebook» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqildi; 



paradigmal-kompetentli yondashuv asosida refleksiya va o‘z-o‘zini 
refleksiyalash ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun beriladigan topshiriqlar 
majmuasi takomillashtirildi; 
boshlang‘ich maktabda ingliz tilini o‘rganadigan 2-, 3-, 4-sinflari o‘quvchilari 
uchun kognitiv va metakognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha Kids‘ 
English o‘quv-metodik majmua (Darslik, Ish daftari, O‘qituvchi uchun kitob va 
multimedia resursi) joriy etildi; 
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning individual faoliyatini baholash 
bo‘yicha muqobil tizimni joriy etish maqsadida refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalash 
texnikasi yordamida «Innovative Toolkit for Assessing Young Learners Progress» 
loyihasi doirasida «Learning Stations» materiallar to‘plami ishlab chiqildi. 
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi 
paradigmal-kompetentli yondashuv tamoyillarining amaliyotga tatbiq etilishi; 
maʼlumotlarni statistik va grafik qayta ishlash yo‘li bilan tadqiqot natijalarining 
tahlili va ilmiy asoslanganligi; takomillashtirilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga 
joriy etilganligi, shuningdek, tadqiqot davomida olingan natijalarning tegishli 
vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlanishi bilan asoslangan. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling