Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

metodik shart-sharoitlari» deb nomlangan birinchi bobda jahon hamjamiyati va 
O‘zbekiston Respublikasida erta chet tili taʼlimini shakllantirishning bosqichlari va 
o‘ziga xosliklari yoritilgan. Ushbu bobda kichik maktab yoshidagi bolalarning 
psixologik-pedagogik o‘ziga xosliklari va O‘zbekiston Respublikasida chet tilni, 
jumladan, ingliz tilini, erta o‘qitishda o‘rgatish jarayonini dasturiy-pedagogik 
taʼminlash yoritilgan. 
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga (young learners) ingliz tilini o‘rgatish 
bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, jahon hamjamiyatining 
juda ko‘p mamlakatlari taʼlim tizimida, dunyo iqtisodiyoti globalizatsiyasi va 
taraqqiyot
i talablariga javob bergan holda, til siyosatida, umuman, taʼlim tizimida, 
va, xususan, chet tillar o‘qitishda sifatni oshirish bo‘yicha islohotlar o‘tkazmoqda
4

2010-2011 yillar mobaynida yer yuzining 77 davlatida o‘tkazilgan tadqiqot 
natijalari ko‘rsatib turibdiki, 82% mamlakatlar (77 tadan 63 tasi) chet tilni erta 
o‘rgatishni joriy qilgan. Binobarin, 66 foizi (77 tadan 51 tasi)da CHT o‘qitish 
tartibi 1-3 sinflardan, va 16 foizi (77 tadan 12 tasi)da esa 4-6-sinflardan 
belgilangan
5
. Yevropa komissiyasi
6
 
hisobotida keltirilgan maʼlumotga ko‘ra, chet 
tilini erta o‘rganishga qiziqish paydo bo‘lishi ko‘pincha ota-onalarning o‘z 
farzandlarini shunga ishontira olishlari bilan bog‘liq ekan. Bunda CHTni o‘rganish 
nafaqat bolalarda kognitiv qobiliyatni uyg‘otishi, balki ularning shaxs sifatida 
o‘sish istiqbolini va hayotda yutuqlarga erishishini ham taʼminlashi taʼkidlangan. 
4
Little D. The Common European Framework of Reference for Languages: Content, purpose, origin, reception and 
impact. Language Teaching. 2006. 39, 167-190. 
5
Paula de Naggy. Issues & Contexts in Teaching Young Learners-Unit I. Philselfsupport.com/young learners.htm 
[retrieved on 27.10.2020] 
6
European Commission. Working paper. Language learning at pre-primary school level: Making it efficient and 
sustainable. A policy handbook. Brussels: European Commission.2011. 


12 
Bu borada, yaʼni erta taʼlim olishning foydali jihatlari to‘g‘risida turlicha 
qarashlar, qarama-qarshi fikrlar mavjudligiga qaramasdan, ko‘pchilik ekspertlar, 
olimlar va amaliyotchilar chet tilini erta o‘qitishni zamonaviy taʼlimning 
umumeʼtirof etilgan fenomeni sifatida qo‘llab-quvvatlaydilar. Garton va Kopland 
Ellisning “Ingliz tilini erta o‘rganish butun dunyoda shu qadar keng tan olindiki
har qanday dalil, munozaralarga qaramay, bu jarayonni to‘xtatib bo‘lmaydi”, 
degan taʼkidga tayanadilar
7
.  
Lingvistik natijalarga nisbatan, tez-tez yangrayotgan siyosiy bayonotlar 
xorijiy tilni egallashning Umumevropa kompetensiyalari negizida shakllangan, til 
sohasida erishilishi kutiladigan yutuqlar uchun mo‘ljallangan o‘rgatish, o‘qitish, 
baholash (CEFR)dan iborat tavsifiy darajalarga suyanadi. CEFRni boshlang‘ich 
maktab darajasidan joriy etish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganarkan, S.Rikson
8
64 mamlakat mutaxassislari ishtirok etgan so‘rov natijalarini keltiradi. Bunda 33% 
javoblar ko‘rsatadiki, qabul qilingan standartlarga yaqin orada kiritilgan 
o‘zgarishlar, CEFRga asoslangan. Umuman olganda, so‘rovda qatnashgan 44% 
davlatlarda ingliz ti
li taʼlimning boshlang‘ich bosqichi yakuni bo‘yicha rasman 
baholanmaydi. O‘zbekiston Davlat taʼlim standartlari (DTS)da A1 darajasiga 
erishish o‘quvchilar tomonidan boshlang‘ich maktabning 4-sinfini yakunlashi bilan 
belgilanadi. Bu xulosa CEFR joriy qilinishi dastlabki bosqichining eng avvalida
ushbu darajalar tildan foydalanish korpusi asosida kattalar tomonidan 
shakllantirilgani, bolalarga ChTni o‘rgatishning o‘ziga xosliklarini o‘zida aks 
ettirolmagani sababli paydo bo‘lgan. Bizning fikrimizcha, 4-sinf oxirigacha
A1 darajasining barcha to‘rt xil til ko‘nikmalarini egallash, O‘zbekiston DTSlarida 
belgilanganidek, erishilish qiyin bo‘lgan natija. Binobarin, biz garchi, tilning ikki 
ko‘nikmasi – audiolashish va gapirishni o‘qitishning 4-yili oxiriga borib 
o‘zlashtirish mumkin bo‘lsa-da, mazkur darajaga o‘qish va yozish bo‘yicha erishib 
bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga o‘qish va 
yozish bo‘yicha A1 darajasini egallash uchun qo‘shimcha yana kamida ikki yil 
kerak bo‘ladi. Yaʼni, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faqat o‘qitishning 
oltinchi yili so‘ngiga boribgina, A1 darajasiga barcha 4 ko‘nikma bo‘yicha 
erishishlari mumkin. Ko‘pgina Yevropa davlatlari orasida o‘quvchilar tomonidan 
A1 darajasiga erishish A1 deskriptorlari diapazoni oralig‘ida kutiladi. Masalan, 
Shvetsiya A1 darajasiga yetishni o‘qitishning to‘qqizinchi yilidan keyin kutadi, 
Angliya va Polsha esa 11 yildan so‘ng. Niderlandiya va Italiya 11 yilgacha ancha 
yuqori - A1+ darajasiga erishilishini kutadi. 
Olimlar va us
lubiyotchilar taʼkidlaydiki, ChTni o‘rganishni boshlashdan oldin 
bolalar o‘z ona tillari asoslarini egallashi shart. YUNESKO maʼlumotiga
9
ko‘ra, 
o‘qishni o‘z ona tilida boshlagan bolalar boshqa tillar bo‘yicha chuqur bilimiga ega 
bo‘lishda ham muvaffaqiyatga erishadilar. ChT va o‘qitilayotgan o‘quvchining ona 
tili o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlarni hisobga olish zarurati bolaning ChTni 
7
Garton S. & F. Copland (Eds.) The Routledge Handbook of Teaching English to Young Learners. NewYork, NY: 
Routledge, 2019. 
8
Rixon S. British Council Survey of Policy and Practice in Primary English Language Teaching Worldwide. 
London: BritishCouncil, 2013. 
9
UNESCO. Pacific Education for all 2015 Review. Paris/Apia: UNESCO. 2015 


13 
o‘rganishi o‘zi o‘sayotgan shart-sharoitlarga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Parallel 
ravishdagi ko‘p tillilikdan, y
aʼni bola bir vaqtning o‘zida ikki yoki ko‘proq tilni 
o‘zlashtirayotgan holatdan farqli o‘laroq, ko‘pchilik bolalar ko‘p tillikning ketma-
ket shakli orqali o‘tishadi. Bunda ChT ona tilini o‘zlashtirgandan keyin 
o‘rganiladi. Olimlar taʼkidlashicha, ona tilini o‘zlashtirishda bolalar grammatika 
to‘plamining aksariyat qismini besh yoki olti yoshligida egallaydilar, garchi ayrim 
murakkab grammatik holatlar o‘qitishning birmuncha kechroq bosqichida 
o‘zlashtirilsa-da. O‘zbekistonda chet tilini o‘qitish joriy qilinishi siyosati ushbu 
yo‘nalishga mos keladi. Bizning fikrimizcha, alifboni o‘rganish va respublika 
davlat taʼlim standartlariga muvofiq, ChTni o‘qitishning ikkinchi yilida joriy 
etiladigan o‘qish hamda yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish tartibi saqlanib qolishi 
kerak, ayniqsa, respublika uzluksiz taʼlim tizimida maktabgacha komponenti 
kuchaytirilishi tendensiyasi mavjud bo‘lgan holatda. 
Ingliz tilini o‘rganishga bola umumiy rivojlanishining bir qismi sifatida 
qarash kerak. Shu bois, o‘quv materiali va o‘qitish metodikasi bola rivojlanishi 
bosqichi bilan mos tushishi lozim. Umumiy bilimdonlik rivojlanishi bilan birga 
ChTni o‘rganish bolalarning til zaxirasini kengaytiradi, tajribasini boyitadi va 
kognitiv, ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalar hamda XXI asr ko‘nikmalarini 
rivojlantirish uchun noyob kashfiyot va imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi. Bundan 
tashqari, xorijiy tilni erta o‘qitishni boshlashning o‘ziga xosliklarini o‘rganuvchi 
ko‘plab olimlar taʼkidlashicha, hatto, mitti bolakaylar ham, agar ular dars o‘tish 
jarayonini tushunsalar, o‘qishni muvaffaqiyatli olib borishadi. Dars o‘tish 
jarayonini ongli ravishda tushunishni rivojlantirish uchun til tushunchasini
kognitiv, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan rivojlantirish zarur. Dissertatsiya 
tadqiqotini bajarish doirasida biz tomondan kognitiv va metakognitiv 
strategiyalarni rivojlantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar, Kids‘ English
2-4 o‘quv-
metodik majmuadagi maʼlumotlar tizimi ishlab chiqildi. Mashq va 
topshiriqlar spetsifik axborotni tushunish uchun eshitish, tegishli xususiyatga ega 
predmetni aniqlash, so‘zlarni raqamlar bilan nisbatlash, tushunishni namoyish etish 
uchun og‘zaki axborotni rasm shakliga o‘tkazish, so‘zlarni mazmunan guruhlarga 
tasniflash/taqsimlash, tushunish/tusmollash, nisbatlash uchun umumiy mazmunni 
tushungan va vizual hamda ovozli bildirishlar yordamida eshitish kabi 
strategiyalarni rivojlantirishga qaratilgan. 
«Malaka oshirish jarayonida ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetentligini 
takomillashtirishning ilmiy-amaliy asoslari» deb nomlangan ikkinchi bobda 
O‘zbekistonda boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy 
kompetensiyasini takomillashtirish shart-sharoitlari, har bir bosqichda paradigmal 
transformatsiyalarni muhokama qilgan holda, o‘rganildi va tahlil etildi. Bobning 
birinchi qismida MO tizimi transformatsiyasi paradigmasi paradigmal-kompetentli 
yondashuvni aks ettiruvchi turli jihatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi. 
Bobning asosiy qismida MO kurslari samarasizligi muammolari, o‘qitishning eski 
“anʼanaviy” uslubidan o‘quvchilarga yo‘naltirilgan faol tadqiqiy uslubiga 
muvaffaqiyatli o‘tishini taʼminlaydigan shart-sharoitlar ko‘rib chiqilgan. 
MO tizimida boshlang‘ich maktabdagi ChT o‘qituvchisining kasbiy 
kompetensiyasini takomillashtirishga faqat kompleks yondashuv orqaligina 


14 
erishish mumkin. Bunday yondashuv paradigmal-kompetentli yondashuvni aks 
ettiruvchi turli jihatlar inobatga olinadigan muayyan fenomenni nazarda tutadi. 
ChT o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishning mazkur izlanishda 
taklif etilgan metodikasi paradigmal-kompetentli yondashuvga asoslangan 
(1-
rasmga qarang). Bunda taʼlimning o‘qitishning barcha darajalaridagi shaxsiy-
yo‘naltirilgan paradigmasi: sinf, MO kurslari, murabbiylarni tayyorlash kurslari
(3-rasmga qarang), o‘qituvchi va murabbiyning roli transformatsiyasi paradigmasi, 
MO tizimida yetakchilik transformatsiyasi paradigmasi, topshiriqni amaliyotga 
joriy etish paradigmasi kabi paradigmalari hisobga olinadi (1-rasmga qarang). 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling