Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


-rasm. Paradigmal-kompetentli yondashuv


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

1-rasm. Paradigmal-kompetentli yondashuv. 
Shaxsiy-yo‘naltirilgan o‘qitish paradigmasi ko‘pchilik mamlakatlarda lokal 
kontekstni dunyoviy globalizatsiya vazifalari bilan nisbatlash maqsadida 
maydonga chiqarilgan. Mazkur paradigma kommunikativ jihatining muhimligi 
fundamental xususiyatga ega, chunki o‘quvchilar nafaqat grammatika qoidalarini 
o‘rganishlari zarur, balki, eng avvalo, ular tushunishlari va o‘zlari ham 
tushunilishlari lozim. Ingliz tilini egallash darajasi bo‘yicha Education First 
English Proficiency Index (EF EPI) indeksi 2021 yilda davlatlar ishtirokida ingliz 
tilini bilish darajasi asosidagi reytingni tuzib chiqdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston 
reytingi 95 (2017 yil) o‘rindan 88 o‘ringa ko‘tarildi. Natijalarga ko‘ra, ushbu 
davlatlarning 56 foizida ayni daraja past yoki juda past baholangan, 18 foizi 
meʼyoriy va faqat 26 foizi yuqori va juda yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Bunday 
sust o‘sishning sababi qisman diqqatning anʼanaviy tarzda grammatika qoidalarini 
o‘rganish va eslab qolishga qaratilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ko‘p 
izlanuvchilar, xususan, De Mejia A.
10
ham, chet tilini o‘rganish muammolarini 
aniqlashga urinarkan, chet tillarni o‘rgatish va o‘qitishda kommunikativ 
yondashuvga 1980 yillardan boshlab o‘tila boshlanganiga qaramasdan, ko‘pgina 
maktablarda hali ham grammatikani formal o‘rganishga asoslangan anʼanaviy 
yondashuv maʼqul ko‘rilishini taʼkidlaydi. Izlanishlarimiz davomida biz shuni 
aniqladikki, ushbu masala O‘zbekiston maktablarida ham muammoli hisoblanadi. 
10
De Mejia A.M. Teaching English to young learners in Columbia: Policy, practice and challenges. MEXTESOL 
Journal. 2009.33. 103-114. 
Shakhsiy 
yo’naltirilgan 
o’qitish 
paradigmasi 
Oqituvchi va 
murabbiyninig 
roli 
transforma-
tsiyasi 
paradigmasi 
МО tizimida 
yetakchilik 
transforma-
tsiyasi 
paradigmasi 
МО kurslari
transforma-
tsiyasi 
paradigmasi 
Topshiriqni 
amaliyo’tga
joriy etish 
paradigmasi 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling