Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish
Murabbiylarni tayyorlash
Sinfda o’qitish МО kurslari Kuzatilgan vazifa Amaliyotda sinovdan o‘tkazilgan vazifa 17 yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish doirasidan chiqishga imkon yaratishi mumkin. S.Brukfild (S.Brookfield), T.G. Rigan (T.G.Reagan), J.V.Bruxacher (J.W.Bruhacher), G.V.Keys (G.W.Case) kabi taniqli uslubiyatchi olimlarning ishonchi komilki, kasbiy o‘sishga faqat refleksiyaning o‘zgarishlarga olib boradigan, o‘qituvchini passiv texnik (passive technicians)dan transformatsiyalashayotgan intellektual (transformative intellectuals) darajasigacha transformatsiyalay oladigan faol shakllari va texnikalaridan foydalanibgina erishish mumkin. Bizning fikrimizcha, o‘qitishning barcha bosqichlaridagi paradigmal o‘zgarishlar refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalashning rivojlangan tizimisiz yuz bermaydi. Refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalash ko‘nikmalari nafaqat o‘qituvchilarda, balki o‘quvchilarda ham rivojlanishi kerak. Refleksiya ko‘nikmalari rivojlanishi I can (Kids‘ English 2, 3, 4) topshiriqlar majmuasida, Charlie the Chick o‘quv-metodik qo‘llanmasida aks ettirilgan. Ushbu darsliklarda o‘quvchilar nafaqat bajarilgan mashqlarni, balki o‘zlarining topshiriqni bajarish jarayoniga munosabatini ham baholaydilar. A.Kolbning o‘qitish jarayonining empirik modelini rivojlantirarkan, V.P.Bespalko o‘quv axborotini o‘zlashtirish bo‘yicha quyidagi besh asosiy komponentdan iborat o‘z modelini taklif etadilar: 1) Tushunish, 2) Tanish, 3) Takrorlash, 4) Qo‘llash, 5) Ijod. Bu o‘quvchilar bilishdan yaratishgacha bo‘lgan bosqichlardan o‘tadigan Blum taksonomiyasiga juda yaqin 14 . Kids‘ English o‘quv-metodik majmuasida mashqlarning tuzilishi va tizimi ham alohida olingan bo‘limlar ichida va ham darslar ichidagi shunday modellarni inobatga olgan holda asoslanadi. Darslar tuzilishi o‘quv jarayonini bilishdan yaratishgacha qurish imkonini yaratadi. L.S.Kojuxovskaya va I.V.Poznyak masalalar mezonlariga mos keladigan tarzda tuzilmalashtirilgan va refleksiya turlari bilan nisbatlanadigan mashqlarning quyidagi tipologiyasini taklif etadi: 1) kooperativ, 2) kommunikativ, 3) shaxsiy va 4) intellektual 15 . Dissertatsiya ishini bajarish chog‘ida biz MO tizimi uchun moslashtirilgan, refleksiya turlariga mos tarzda nisbatlangan mashqlar tanlamasini tizimlashtirdik. Ko‘p mashqlar refleksiyaning, masalan, mashq singari bir necha turlari bilan o‘zaro bog‘liq. Aylana bo‘ylab kartina, refleksiv aylana, refleksiv eshitish, Istaklar zanjiri esa ham kooperativ, ham shaxsiy refleksiya turlari sirasiga kiradi. Bular, shuningdek o‘z-o‘zini reflekslash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. MO uchun adaptatsiyalashgan refleksiv aylana mashqi kooperativ, kommunikativ va shaxsiy refleksiyali mashqlar tipiga o‘tadi, chunki ishtirokchilar guruhda refleksiya uchun qo‘yilgan savollar muhokamasi bo‘yicha ishlaydilar. Binobarin, savollar ishtirokchilarni o‘z-o‘zini reflekslash bilan refleksiyani integratsiyalashga majbur qiladi. Bundan tashqari, kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilarga o‘z his- tuyg‘ularini erkin ifodalash va mazkur mashq uchun ajratilgan vaqtni tejash imkonini beradi. O‘z-o‘zini reflekslash va refleksiya ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif etilgan mashqlarni murabbiy mashg‘ulotlar va kursning turli 14 Беспалько В.П. Теория создания и применения. - М.: 2006. – 188 с. 15 Л.С.Кожуховская, И.В.Позняк. Рефлексивные техники, методы и приемы. - © «Народная асвета», 2009, №4 http://www.n-asveta.com/dadatki/kozuhovskaya.pdf 18 bosqichlarida, bajariladigan topshiriqlar maqsadiga mos tarzda o‘tadi. Shartli ravishda ularni to‘rt tipga bo‘lish mumkin: 1) kurs, modul yoki mashg‘ulot boshida berish uchun tavsiya etiladigan mashqlar; 2) muayyan sikl yoki mashg‘ulot tugagandan so‘ng o‘tiladigan mashqlar; 3) kurs, modul yoki mashg‘ulot oxirida berish uchun tavsiya qilinadigan mashqlar; 4) murabbiy istalgan vaqtda o‘tishi mumkin bo‘lgan mashqlar. Refleksiv aylana yoki Iborani tugatib qo‘y singari ayrim mashqlar turli bosqichlarda, masalan, kurs, modul yoki mashg‘ulotning boshida yoxud oxirida o‘tilishi mumkin. «Malaka oshirish tizimida boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyani tajribaviy-eksperimental takomillashtirish metodikasi» deb nomlangan uchinchi bobda eksperimental tekshirishning asoslanganligi va natijalari keltirilgan. Mazkur izlanishning maqsadi boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimida boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarida kasbiy kompetensiyani ertangi xorijiy til taʼlimi bosqichida paradigmal-kompetentli yondashuv va refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash metodikasidan foydalanish yo‘li bilan takomillashtirishdan iborat. Bizning empirik tadqiqotimiz validligi va natijalari ishonchliligini oshirish maqsadida ijtimoiy reallikka turlicha qarashlarni shakllantirish uchun interpretatsiyalarni intersubyektiv tekshirish tamoyillariga tayangan bir necha sifatli o‘lchovlarni uyg‘unlashtirish uchun ko‘plik triangulyatsiyasi metodi qo‘llandi. Bundan tashqari, maʼlumotlar yig‘ishning turli xil usullariga majmuaviy yondashuv yo‘li bilan tadqiqot natijalarining ishonchliligi va to‘g‘riligini taʼminlash maqsadida keys-stadi usulidan foydalanildi. Bu usul pedagogika va metodika sohasidagi tadqiqotlarning murakkabligi va ko‘p omilligini tasavvur qilishga imkon bermaydigan miqdoriy maʼlumotlarning cheklanganligini yengib o‘tishga imkon beradi. Tadqiqot oldiga qo‘yilgan vazifalarini bajarish maqsadida biz tomondan boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqildi. Ushbu chora-tadbirlar majmuasiga quyidagi bosqichlar kiradi: Birinchi bosqich (prognostik yoki tayyorlov)ning maqsadi boshlang‘ich maktabda ingliz tili o‘qitilishi holatining birinchi diagnostikasidan iborat bo‘ladi. Mazkur bosqichdagi vazifalar sirasiga chet tilini erta o‘rgatishni joriy etish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish; ingliz tili o‘qituvchilari boshlang‘ich maktabda duch keladigan muammolarni o‘rganish (uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish); MO muntazam kurslari va boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar dasturlari kontentini solishtirma-qiyosiy tahlildan o‘tkazish kiritildi. Ikkinchi bosqich (asosiy)ning maqsadi o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish omillari va ehtimoliy yo‘llarini o‘rganish, olib borilayotgan tadqiqotga oid ilmiy-metodik adabiyotlarni o‘rganish va paradigmal- kompetentli yondashuvni joriy etish uchun materiallar va vositalar yaratishdan iborat bo‘ldi. Mazkur bosqichni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajarildi: boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun Kids‘ English o‘quv-metodik majmua ishlab chiqish; boshlang‘ich maktab o‘quvchilarini baholashning muqobil tizimini 19 paradigmal-kompetentli yondashuvni, refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash metodikalari va texnologiyalarini hisobga olgan holda tashkillashtirish uchun Charlie the Chick vositalar paketini ishlab chiqish; O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining “O‘qitish sifati va mazmuni monitoringini olib borish maqsadida o‘quvchilar faoliyatini identifikatsiyalash va harakatlari xronologiyasini qayd etish markazlashgan test tizimini joriy etish” loyihasi doirasida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda refleksiya va o‘z-o‘zini reflekslash shakllanishi darajasini aniqlash uchun o‘z-o‘zini baholash vositasini ishlab chiqish, treninglar va seminarlar o‘tkazish; paradigmal-kompetentli yondashuvni va boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun MO kurslarida refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalashni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ishlab chiqish. Uchinchi bosqich: paradigmal-kompetentli yondashuvning va refleksiya hamda o‘z-o‘zini reflekslash texnologiyalarining samaradorligini o‘rganish. Eksperiment ishi bir necha bosqichda bo‘lib o‘tdi: prognostik bosqich, tayyorlov bosqichi va ishlab chiqilgan amaliyot bosqichi (uning yakunida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan). Birinchi bosqichda boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilarining muammolarini o‘rganish va aniqlash bo‘yicha qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun Toshkent shahrining 7 ta tumanidagi 13 ta maktab metodik birlashmalari rahbarlari ishtirok etgan fokus-guruh munozarasi o‘tkazildi. Dissertatsiya ishida biz ushbu munozara chog‘ida belgilab olingan asosiy muammolar, ularni keltirib chiqaruvchi ehtimoliy sabablar va muammolarni hal etish yo‘llarini yoritib berdik. Bularning bari kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar uchun o‘quv materiallari (Kids‘ English)da ham, boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan dasturda ham va xuddi shuningdek, ushbu dastur bo‘yicha kurslar o‘tkazilishi jarayonida joriy etilgan refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalash vositalarida ham aks ettirilgan. Tadqiqotning ushbu bosqichidagi navbatdagi masalani bajarish uchun boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari va muntazam MO kurslari uchun ishlab chiqilgan kurslar orasida solishtirma-qiyosiy tahlil o‘tkazildi. Tahlil natijalari ko‘rsatishicha, 144 soatlik majburiy kurs dasturidagi 28 modul (80 soatlik)dan bor-yo‘g‘i bittagina modul (4 soat) boshlang‘ich maktabda ingliz tili o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan. Bizningcha, bu kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish sifatini oshirish bo‘yicha amaliy natijalar kutish uchun yetarli emas. Muntazam MO kurslaridan farqli o‘laroq, boshlang‘ich maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan kurslar soatlari to‘lig‘icha (36 soatlik kursdan 36 soati) chet tilini erta o‘qitishning metodik asoslarini o‘rgatish, jumladan, o‘qituvchilar olgan bilimlarini amalda qo‘llaydigan “micro teaching”da ishtirok etishga bag‘ishlangan. Kurslarning maqsad va vazifalari kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish spetsifikasini o‘rganishga to‘la mo‘ljallangan. Amaliy mashqlar va misollar respublikada amalda bo‘lgan Kids‘ English o‘quv- metodik majmuadan olindi. Murabbiylar o‘qituvchilarni nafaqat kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining pedagogik va psixologik o‘ziga xosliklari bilan tanishtirishdi, balki ularga dars bosqichlarini to‘g‘ri rejalashtirish, darslik, ish 20 daftari, multimedia ilovalari va o‘qituvchi kitobi bilan to‘g‘ri ishlash, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining yosh bilan bog‘liq xususiyatlarini inobatga olishga amalda o‘rgatishdi. MO tizimini o‘rganuvchi mahalliy olimlar fikricha, parallel guruhlar (eksperimental va nazorat)da MO jarayoni mohiyati spetsifikasidan kelib chiqib, eksperiment o‘tkazishning iloji yo‘qligi bois, eksperiment yuqorida keltirilgan bir necha bosqichda olib borildi 16 . Oxirgi bosqichda paradigmal-kompetentli yondashuv samaradorligini, refleksiya va o‘z-o‘zini refleksiyalash metodikasini, o‘qituvchilarning kompetentligi va o‘z bilim va ko‘nikmalariga ishonchi darajasi (self-efficacy)ni o‘rganish maqsadida o‘qituvchilar, jumladan, boshlang‘ich maktabda ishlaydigan ingliz tili o‘qituvchilari uchun maxsus kurslarni o‘tagan o‘qituvchilar orasida so‘rov, shuningdek fokus-intervyu (focus group discussion) o‘tkazildi. Tadqiqotda Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumtaʼlim maktablarining bir yuz sakson nafar o‘qituvchisi ishtirok etdi. Tadqiqot jarayonida adekvat tarzda o‘qitishni taʼminlaydigan quyidagi metodlar majmuasidan foydalanildi: nazariy (tahliliy-statistik, solishtirma, analogik, modellashtirish), diagnostik (so‘rov, intervyu, anketalash, kuzatish), prognostik (ekspertli baholash, mustaqil baholarni umumlashtirish), pedagogik eksperiment va matematik metodlar (maʼlumotlarni statistik qayta ishlash, natijalarni jadval va grafika ko‘rinishida taqdim etish). Tadqiqotda paradigmal-kompetentli yondashuvning o‘qituvchilarning o‘qitish sifatini oshirish va o‘z kasbiy kompetensiyasini o‘zlari baholashlariga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan parametrlari o‘rganildi. Eksperiment chog‘ida tadqiqot uchun zarur axborotlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan boshlang‘ich maktabda ingliz tilini o‘qitish tajribasi, malaka oshirish bo‘yicha xorijiy tajriba, tilni egallaganlik darajasini belgilaydigan sertifikat mavjudligi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha qatnashgan treninglar soni, trening va loyihalarda ishtirok etish kabi jihatlar haqidagi maʼlumotlar to‘plandi va tahlil qilindi. Olingan maʼlumotlarga muvofiq, nazorat guruhidagi boshlang‘ich maktabda ishlaydigan o‘qituvchilar orasida bir yildan to‘rt yilgacha ish tajribasiga ega mutaxassislar soni (57%) eksperiment guruhidagi o‘qituvchilar soni (26%)ga nisbatan sezilarli darajada ko‘p ekani maʼlum bo‘ldi. Bunday vaziyatda muammolar mavjudligi yaqqol ko‘rinib turibdi: juda ko‘p sonli yosh, tajribasiz o‘qituvchilar tegishli tayyorgarlikdan o‘tmasdan turib kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlaydi. Bu, bizning fikrimizcha, dars sifatini taʼminlashga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Biz bu toifadagi o‘qituvchilar uchun kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha kurslar tashkil etilishi lozim, deb hisoblaymiz. So‘rov natijalariga ko‘ra aniqlandiki, eksperimental guruhi o‘qituvchilari MO ning xorijiy trening va loyihalarda ishtirok etish, tilni egallash darajasi bo‘yicha sertifikatlar, shu jumladan, Test Markazining (USTAMA) va IELTS sertifikatlar mavjudligi singari turli shakllari bo‘yicha boy tajriba to‘plagan. 16 Ибрагимов А.А. Совершенствование системы повышения квалификации работников народного образования на основе многовекторного подхода: Автореф. дисс…док. филос. (PhD). – S., 2018. – 51 c. 21 Anketaning birinchi blogida respondentlar o‘zlari qatnashgan treninglar haqida maʼlumot berishgan, ikkinchi blokda respondentlar o‘qituvchilar MO kurslari ularga kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan ishlashda qay darajada yordam berganini baholaganlar, uchinchi blokda respondentlar o‘qituvchilar malakasini oshirish kurslari ularning bilim qay darajada yaxshilaganini (I know Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling