Zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi


Download 1.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana24.03.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1293547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
malaka oshirish tizimida boshlangich maktab ingliz tili oqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish

J.A. Yakubov
 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash 
raisi v.b., ped.f.d., professor 
 
X.B. Samigova 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash 
ilmiy kotibi, filol.f.d., dotsent 
 
L.T. Axmedova 
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash 
qoshidagi Ilmiy seminar raisi, ped.f.d., 
professor 
 
 



KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
 
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish 
boshlang‘ich maktab chet tillari o‘qituvchilarini tayyorlash maqsadida 
quyidagilarni inobatga olgan holda zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni joriy 
etish zaruriyatini ko‘rsatadi: xorijiy tillarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari, 
kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik va yosh xususiyatlari
ikkinchi tilni o‘zlashtirish nazariyasi tamoyillari (Second Language Acquisition), 
kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning o‘rgatishga psixologik, lingvistik va 
madaniy tayyorgarligi, shuningdek, o‘rgatishning madaniy va ijtimoiy-madaniy 
mazmuni. YUNESKO ning kompetentlik modeliga ko‘ra taʼlimning to‘rtta asosiy 
komponenti quyidagi malakalar bilan bog‘liq; bilimlarni egallashga va kasbiy 
hamda uslubiy kompetensiyani shakllantirishga o‘rganish, faoliyatli 
kompetensiyani shakllantiradigan va hamjamiyat hayotida samarali ishtirok 
etishning zaruriy sharti bo‘lgan bilimlarni qo‘llashni o‘rganish, bo‘lishni va 
shaxsiy kompetensiyani shakllantirish o‘rganish hamda jamiyatda yashashga va 
ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga o‘rganish. 
Yevropa malakalar tizimida kompetensiya tushunchasi kognitiv, funksional, 
shaxsiy va axloqiy tarkibiy qismlarning birligi orqali ochiladi. Yevropa malakaviy 
ramkasi (European Qualifications Framework) bo‘yicha, kompetensiya shaxs o‘z 
faoliyatida namoyish etishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlar yoki natijalarni tavsiflash 
bilan belgilanadi, kompetentlik esa shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, shaxsning 
xususiyatlari va fazilatlari bilan belgilanadi hamda sifatli faoliyat uchun zarur 
shart-sharoitlarni yaratadi.
Hozirgi bosqichda taʼlim mazmuniga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib 
chiqish va takomillashtirish hamda kontekstli til taʼlimini optimallashtirish 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida chet tillarni o‘qitish sohasidagi taʼlim 
islohotlar identiklikni shakllantirish maqsadida lingvistik, ijtimoiy-madaniy va 
siyosiy xususiyatlarni hamda va o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishidagi ijtimoiy 
o‘zgarishlarni hisobga olish muhimligini tushunishga asoslangan. Muhim 
masalalardan biri deb quyidagilar hisoblanadi: taʼlim va o‘qitish o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni belgilovchi taʼlim paradigmasining o‘ziga xos xususiyatlarini 
tushunish; rivojlantiruvchi taʼlimni joriy etish va muloqot, tanqidiy fikrlash, 
hamkorlik hamda ijodkorlik kabi XXI asrning ko‘nikmalarini rivojlantirish, 
shuningdek, ham malaka oshirish (MO) kurslari materiallarida, ham 
o‘qituvchilarning o‘quv materiallarida o‘quvchi va o‘qituvchilarning metakognitiv 
va kognitiv strategiyalarni rivojlantirish sharti bilan o‘quv jarayonining ongli 
tushunish. Chet tili taʼlimining maqsad va vazifalariga zamonaviy qarashlarga 
javob beradigan chet tili o‘qituvchilarining ijtimoiy va fuqarolik faolligi hamda 
milliy umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga katta ahamiyat 
berilmoqda. 
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan 
ilmiy tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi va O‘zbekiston 
Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi yangi Qonunida, O‘zbekiston 



Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini 
yana-da rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son, 
2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq taʼlimi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son 
Farmonlarida, 2019 yil 20 fevraldagi “Prezident maktablarini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4199-son, 2021 yil 19 maydagi “O‘zbekiston 
Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan 
yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son 
qarorlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 
5 apreldagi “Umumtaʼlim maktablari uchun muqobil darsliklarni yaratish va 
ulardan foydalanish tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mexanizmini joriy etish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 281-son qarori, hamda t
aʼlim sohasiga oid boshqa 
qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga 
xizmat qiladi. 

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling